O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet157/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Predmetni har tomonlama o‘rganish prinsipi. Predmetni har tomonlama o‘rganish, uning muhim xususiyatlarini, munosabatlarini aniqlash, ularni o‘zaro bog‘liq holda tasvirlashni predmetni uning harakatida, taraqqiyotida olib tadqiq etgandagina oshirish mumkin. Chunki predmetning hozirgi holatini tushunib yetish uchun uning shakllanish jarayonini, unga shart-sharoit yaratgan omillarni, vujudga kelish xususiyatlarini bilish zarur. Xuddi shuningdek, predmetning o‘tmishdagi va hozirgi holatini bilmasdan turib, uning kelajakda qanday bo‘lishini, xususan, qanday qonuniyatlariga binoan rivojlanishini aytib bo‘lmaydi. Bu holat predmetni uning rivojlanishda olib o‘rganishni, ya’ni taraqqiyot predmetini bilish jarayonining muhim usuliga, predmet mohiyatini anglashning zaruriy vositasiga aylantiradi.

Taraqqiyot prinsipini qo‘llashning muhimligi shundaki, harakat, rivojlanish moddiy predmetlarning mavjudlik usuli hisoblanadi. Ana shuning uchun ham taraqqiyot jarayonida moddiy olamdagi predmet va hodisalarning mohiyatini anglash mumkin bo‘ladi. Chunki bu taraqqiyot predmetda sodir bo‘ladigan ichki, qonuniy jarayonlar hisobiga sodir bo‘ladi, ular bilan taqozolanadi. Shunday ekan, predmetni bilish jarayoni ham taraqqiyotda bo‘lishi kerak, aks holda hosil qilingan bilimlar, mulohazalar predmet rivojlanishini o‘zida ifoda qilmay qoladi. Buni tushunchalar taraqqiyotida ko‘rsatish mumkin. Masalan, jamiyatning hozirigi bosqichini antik jamiyatga xos xususiyatlarni ifodalaydigan tushunchalar yordamida tavsiflar bo‘lmaydi. Yoki atomlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz Levkipp-Demokritlar yaratgan ta’limot darajasida to‘xtab qolganda, zamonaviy atomizm, elementar zarrachalar nazariyasi yaratilmagan bo‘lar edi.

Biznig tushunchalarimiz, nazariyalarimiz va umuman, bilimlarimiz-ning barcha mantiqiy shakllari borliqning ongimiz, tafakkurimizdagi in’ikosi ekan, ular o‘zlari ifoda etayotgan obyektlarni o‘zgarishi, rivojlanishiga mos ravishda taraqqiy etib borishi kerak. Bu o‘z ifodasini mavjud tushunchalar mazmunining bilish taraqqiyoti davomida o‘zgarib, boyib borishi, yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi, ular o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi, nazariyalarini qurilishi, eski nazariyalarning yangilari bilan almashinish va ayni paytda ular vorisiyligining saqlanib qolishida va shu kabi jarayonlarda topadi.

Biz yuqorida predmetni har tomonlama o‘rganish prinsipining taraqqiyot prinsipini taqozo etishini ta’kidlab o‘tgan edik. Endi ularning o‘zaro aloqasi xususiyatlariga e’tiborimizni qaratamiz. Predmetni har tomonlama o‘rganishning asosini borliq predmetlari va hodisalarining universal aloqalari, masalan, strukturaviy, genetik, diterminatsiya bog‘lanishlari tashkil etadi. Ular borliqning yaxlitligi, birligini hosil qilishadi. Borliqdagi taraqqiyot ana shunday bog‘lanishlar orqali, xususan, predmetlar strukturasining murakkablasha borishi, ularning bir-birini taqozo etishi, vujudga kelishi uchun mos bo‘lishi, predmetlar mavjudligining turli bosqichlari o‘rtasidagi vorisiylik (masalan, yangi sistemeda avvalgi sistema elementlarining juz’iy hollar sifatida saqlanib qolishi) ko‘rinishlarida sodir bo‘ladi. O‘z navbatida, olamdagi umumiy aloqadorlik predmet va hodisalar harakati, rivojlanishi hisobiga mavjud bo‘ladi. Zero, harakat moddiy predmetlarning mavjudlik usuli, rivojlanishi esa yo‘nalishga ega harakatdan iborat ekan, bu atributlarsiz moddiy dunyo predmetlari yashay olmaydi va, demak, aloqalarga kirisha olishmaydi. Bundan mazkur ikki prinsipning o‘zaro uzviy bog‘lanishda ekanligi, ularning dialektik metodini muhim jihatlarini tashkil etish to‘g‘risida xulosaga kelish mumkin.

Pedmetni har tomonlama o‘rganish va taraqqiyotida olib qarash borliqni bilishga turlicha, aytish mumkinki, qarama-qarshi jihatlaridan yondashishni taqozo etadi. Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, olam, bir tomondan, turli xil predmet va hodisalardan tashkil topgan, turlicha ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi, ikkinchi tomondan, ular o‘zaro bog‘lanishda bo‘lib, yaxlitlik birlikni hosil qiladi. Boshqacha aytganda, borliq o‘zida birlik va kunlik qarama-qarshiligini, dialektik munosabatini namoyon qiladi. Bunday dialektik munosabatni alohida olingan har bir predmetda ham ko‘rishimiz mumkin: unda yakkalik (predmetning o‘ziga xos belgilari) va umumiylik (predmetning boshqa predmetlar bilan o‘xshash, umumiy belgilari) ya’niy qarama-qarshilik birligini kuzatamiz.

Bu holat predmetni har tomonlama o‘rganish va taraqqiyot prinsiplarining ziddiyat prinsipi bilan uzviy aloqada ekanligidan dalolat beradi. Ziddiyat prinsipi, taraqqiyot prinsipini muayyan darajada aniqlashtiradi ham.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling