O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Forobiyning xulosa chiqarish haqidagi ta’limoti


Download 1.78 Mb.
bet201/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Forobiyning xulosa chiqarish haqidagi ta’limoti. Markaziy Osiyo mutafakkirlari xulosa chiqarishni «qiyos» so‘zi bilan ifodalashgan. Bu atamani birinchi bo‘lib Forobiy qo‘llagan.

«Qiyos» taqqoslash, o‘lchash degan ma’noni anglatadi. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, xulosa chiqarish ikki yoki undan ortiq mulohazalarni taqqoslash orqali xulosa ko‘rinishidagi yangi mulohazaning hosil bo‘lishini ifodalaydi. Bu atamani Forobiy, Ibn Sino va ularning izdoshlari ham keng (xulosa chiqarish), ham tor (sillogizm) ma’nosida qo‘llaganlar. Ular bu haqda alohida risolalar yozganlar. Bu risolalarda Aristotelning xulosa chiqarish haqidagi ta’limotini yanada rivojlantirganlar.

Forobiy «sillogizm birdan ortiq mulohazalardan tashkil topgan muhokama bo‘lib, ular o‘zaro aksidental emas, balki mohiyatiga ko‘ra birlashtirilsa, zaruriy ravishda boshqa bir mulohazani keltirib chiqaradi»177, -deb yozadi.

Mutafakkir mantiqni o‘rganishdan asosiy maqsad chin xulosa chiqarishni bilishdir, xulosaning chinligi esa asoslarning chinligiga bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi.

Forobiyning fikricha, sillogizm ma’lum bir talab qilingan fikrdan boshlanadi. Bu fikr oldindan nazarda tutilgan, qandaydir maqsadga yo‘nalgan bo‘ladi va sillogizmda chinligini tasdiqlashga intiladi. Talab qilingan fikr ayiruvchi so‘roq gap shaklida ifodalanadi: «Barcha jismlar harakat qiladimi yoki barchasi harakat qilmaydimi?». Shunga ko‘ra, talab qilingan fikrning tarkibiy qismlaridan biri haqiqiy hisoblanadi. Bunda tasdiqlovchi qismning yoki inkor etuvchi qismning haqiqat bo‘lishi hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Muhimi, bu fikrlardan biri chin bo‘lsa, ikkinchisi, albatta, xato bo‘ladi. Bu kabi xulosa chiqarishda biz, dastlab, mavjud bo‘lgan bilimga ega bo‘lamiz. Sillogizm bo‘lishi uchun mavjud mulohazalar uning tarkibiy qismlarini tashkil etishi yoki shunga munosib bo‘lishlari shart. Shundagina ular xulosa asoslari deb ataladi. Xulosa asoslarining bir qismi (u yoki subyekt bo‘lsin, yo predikat) termin (tushuncha, so‘z) deb ataladi.

Ko‘p mulohazalar mantiqiy ravishda sillogizmlardan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, ular sillogizmning tarkibini tashkil etadi. Mulohazalar sillogizmning natijasi bo‘lsa, xulosa, boshqa sillogizmlar uchun tarkibiy qism bo‘lsa – xulosa asoslari, deb ataladi. Demak, bir sillogizmning xulosasi boshqa sillogizm uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Forobiy sillogizmni ham asoslardagi terminlarning o‘zaro bog‘lanishi, ham asoslar va xulosaning o‘zaro bog‘lanishi sifatida ko‘rib chiqdi. U oddiy sillogizmlar qat’iy mulohazalardan, shartli sillogizm esa shartli mulohazalardan tashkil topadi deydi. Sillogizm uch terminni o‘z ichiga olgan xulosa asoslaridan tashkil topadi, bulardan biri har ikki asos uchun umumiy bo‘lsa, qolganlari o‘zaro farq qiladi. Masalan “inson-hayvon” va “hamma hayvonlar sezish xususiyatiga ega” degan ikki mulohazada “hayvon” tushunchasi umumiy bo‘lsa, “inson va sezish xususiyatiga ega” tushunchalari esa farq qiluvchi tushunchalardir.

Shunga ko‘ra, Forobiy sillogizm terminlariga quyidagicha ta’rif beradi: ikki o‘zaro birikuvchi asoslardagi umumiy qism o‘rta termin deb ataladi. O‘zaro farq qiluvchi qismlar esa chetki terminlar deb ataladi. Xulosaning predikati bo‘lgan qismi birinchi yoki katta chetki termin deb ataladi, xulosaning subyekti bo‘lgan qismi esa oxirgi yoki kichik chetki termin deb ataladi.178

Forobiy xulosaning predikatini tashkil etuvchi terminni o‘z ichiga olgan asosni katta asos, xulosaning subyektini tashkil etuvchi terminni o‘z ichiga olgan asosni kichik asos deb ataydi. O‘rta termin xulosa asoslarida uch xil: har ikkala asosning predikati yoki har ikkala asosning subyekti yoki birining predikati va boshqasining subyekti bo‘lib joylashadi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling