Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/110
Sana05.09.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1673144
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Bolalar gigiyenasi




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT 
VAZIRLIGI 
OʻZBЕKISTОN DAVLAT JISMОNIY TARBIYA VA SPORT 
UNIVERSITETI 
 
ZIYAMUXAMEDOVA SABOHAT ABDULLAYEVNA 
 
BOLALAR GIGIYENASI 
O`QUV QO`LLANMA 
(O‘quv qo‘llanma 5111000 - Kasb ta'limi (faoliyat turlari bo‘yicha), 
5210200 - Psixologiya (sport), 5610500 - Sport faoliyati (faoliyat turi 
bo‘yicha) yo‘nalishlari uchun
 
 
 
CHIRCHIQ – 2020 



BOLALAR GIGIYENASI 
O`QUV QO`LLANMA 
Muallif: 
Ziyamuxamedova Sabohat Abdullayevna – O‘zbekiston Davlat Jismoniy 
tarbiya va sport universiteti, Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasi dotsenti 
 
 Taqrizchilar:
S.N.Dolimova – O‘zbekiston Milliy Universiteti, Biologiya fakulteti, 
Biokimyo kafedrasi biologiya fanlari doktori, professor. 
Z.Y.Gazieva– O‘zDJTSU “Sport tibbiyoti va bioximiya” kafedrasi mudiri. 
Bolalar gigiyenasi o`quv qo‘llanma
Ziyamuxamedova S.A. Chirchiq : O‘zDJTSU, 2020, 
160 b.
******* 
O‘quv qo‘llanma 5111000 - Kasb ta'limi (faoliyat turlari bo‘yicha), 5210200 - 
Psixologiya (sport), 5610500 - Sport faoliyati (faoliyat turi bo‘yicha) yo‘nalishi 
bo‘yicha universitetlar, institutlar va jismoniy tarbiya va sport talabalari, 
shuningdek barcha oliy o‘quv yurtlari jismoniy tarbiya fakultеti talabalari, kollеj, 
litsey, o‘quvchilari va shu sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. 
_____________________________ 
 
 
 



KIRISH 
Ushbu o’quv qo’llanma maktab yoshigacha bo’lgan bolalar uchun tuzilgan 
bo`lib, gigiena va bolalar gigiyenasi kursining ma’ruza va amaliy mashg`ulotlarida 
asosiy qo`llanma vazifasini o`taydi. Talabalar amaliy mashg`ulotlar davomida 
bolalar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, ularni tekshirish, to`g`ri 
parvarish qilish, ovqatlantirish va bolalar bog`chasi, uning maydoni, binosi, 
xonalari, jihozlari, rejim, sog`lik holati, jismoniy etuklik, jismoniy tarbiya,yoshga 
oid sport turlari, sportbilan shug’ullananish xonalarining gigienik qoiadalari,
ovqatlanish, musobaqa davri va mashq davriga alohida yo’naltirilgan ovqatlanish 
ratsioni va uning gigienik me’yorlari, bolalar uchun zarur bo’lgan energiyaning 
gigienik me’yorlari, bolalarning yoshiga qarab uchrydigan kasalliklar va ularni 
oldini olish va boshqa shu kabi qator vazifalar gigiyenik tomondan chuqur tahlil 
qilinadi. 
Bolalar sporti gigiyenasi shuni , u atrof-muhitning o'sayotgan organizmga 
ta'sirini o'rganadi va shu asosda sog'liqni saqlashni va mustahkamlashni bola 
faoliyatining eng yaxshi darajasini va organizmni yayrab rivojlanishini 
ta'minlaydigan sharoitlarni yaratishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Bolalar 
sporti 
gigiyenasining 
asosiy 
maqsadi 
— 
bolalar 
sog'lig'i 
muvofiqlashtirilgan kun tartibini ishlab chiqishdan iborat. Bunga jismoniy tarbiya, 
maktabgacha tarbiya, chiniqtirish, maktabda ta'lim-tarbiyani gigiyenik nuqtayi 
nazardan tashkil qilish, mehnat, dam olish, ovqatlanish va hokazolarni tashkil 
etish, inson umrini uzaytirish, mehnat qobiliyatini saqlash, tetik va quvnoq bo'lish 
uchun ko'pgina masalalarni hal qilish kiradi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona usulini 
saqlash maqsadida avalgi tajribalar, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga 
olgan holda bolalar muassasalarining 2 tun: yasli va bolalar bog'chasini yagona 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kombinatiga birlashtiriladi. Bundan 
tashqari, yasli va bog'cha yoshidagi bolalarga oid tibbiy va pedagogika masalalar 
bir-biri bilan shu qadar bog'lanib ketganki, faqat gigiena fani mutaxassisi bilan 



pedagog hamkorlikda ishlagan taqdirdagina tarbiyaviy ishni to'g'ri amalga oshirish 
mumkin bo'ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar, ularga mo'ljallangan muassasalar xodimlari 
bola organizmi chidamliligini susaytirib yuboradigan barcha salbiy hodisalarning 
avj olib ketishiga yo'l qo'ymasliklari kerak. Agarda bosh miya po'stlog'i muayyan 
qo'zg'aluvchanligi buzilishlarining va ruhiy zo'riqishning oldini olish qiyin bo'lsa, u 
holda salbiy ta'sirlarni iloji boricha muddatini qisqartirish va susaytirish mumkin. 
Masalan, bola yasliga berilar ekan, unga asta-sekin o'rgata borish foydali bo'ladi, 
dastlab bolani yaslida tushgacha qoldiriladi, kunduzi uxlab qolgandan keyin olib 
ketiladi va h.k. Shunday qilib, bola uchun ancha qiyin bo'lgan dastlabki haftada 
bolalar muassasasida bo'lish muddatini kamaytirish bilan ko'nikish hosil qilish 
mumkin. Bolalar 
kombinatida bolalarning ma'naviy-ruhiy 
va jismoniy 
rivojlanishiga asos solinadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar katta yoshli 
bolalarga qaraganda yuqumli kasalliklarga tez-tez chalinadilar. Shuning uchun 
ham, bolalar kombinati tarbiyachilari, tibbiyot xodimlari sanitariya-gigiyena 
qoidalariga va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga juda mas'uliyat bilan 
qarashlari kerak. 
Mana shu vazifani ado etish turmush tarzining hamma jabhalarini 
takomillashtirish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, jismoniy tarbiya, 
sport turlari bilan shug'ullanishni odat tusiga aylantirishga bog'liq. 
Maktab yoshidagi bolalar tez o'sib, a'zo va sistemalari rivojlana boradi. Maktab 
o'quvchisining har tomonlama barkamol rivojlanishi, zuvalasi pishiq bo'lib o'sishi 
uchun to'g'ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va keyinchalik kasb tanlashda gigiyena 
qoidalariga ilmiy asosda yondashish talab etiladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling