O‘zbekiston respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi


Yarim sfera bilan uchburchakli to‘g‘ri prizmaning o‘zaro kesishishi


Download 494.38 Kb.
bet5/13
Sana21.04.2023
Hajmi494.38 Kb.
#1374732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Adilova Sayyora

Yarim sfera bilan uchburchakli to‘g‘ri prizmaning o‘zaro kesishishi.
Sfera bilan prizma sirti fazoda siniq egri chiziq bo’yicha kesishadi. 7.6rasmda yarim sfera va qirralari H tekislikka perpendikulyar bo’lgan uchburchakli prizma tasvirlangan. Yordamchi kesuvchi tekisliklar frontal tekisliklardan iborat bo’ladi. Bu tekisliklar sferani parallellari bo’yicha, prizmani esa yon qirralariga parallel to’g’ri chiziqlar bo’yicha kesadi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, prizma sirti sharni to’la kesadi va uchta aylanalar hosil bo’ladi. Ularning V dagi proyeksiyalari ellipslar va aylana bo’lib proyeksiyalanadi. Shar va prizma sirti o’zaro kesishish chizig’ining xarakterli 1,4,5,6 va 3 nuqtalari frontal V1(V1H), V4(V4H) va V3(V3H) tekisliklar yordamida yasaladi. 1,4,5 nuqtalar kesishish chizig’ining sinish nuqtalari bo’lib, prizma qirrasining sfera bilan kesishgan nuqtalaridir. V3 tekislik sharning simmetriya tekisligidir, undagi 3 va 6 nuqtalar frontal proyeksiyada kesishish chizig’ining ko’rinadigan qismini ajratib turuvchi nuqtalardir. Qolgan yasashlar rasmdan k o’rinib turibdi. Yordamchi parallel kesuvchi tekisliklarni gorizontal tekislik qilib olsa ham bo’ladi5.

7.6-rasm.
№ O’zbekcha nomi va uning ta‘rifi Ruscha nomi Inglizcha nomi



  1. Kesishish chizig‘i – sirtlar uchun Линия Line of the umumiy bo’lgan nuqtalarning пересечения intersection geometrik o’rni .

  2. kesuvchi tekislik usuli- ikki sirtni Метод секущих Method kesib o’tuvchi o‘zaro parallel плоскостей secanting kesuvchi tekisliklar o’tkazish planes.

II BOB SIRTLARNING YOYILMALARINI BAJARISH USULLARI. YOYILMAYDIGAN SIRTLARNING TAQRIBIY YOYILMALARINI YASASH

2.1 Sirtlarning yoyilmasi haqida umumiy ma’lumlot.


Sirtni egilish deformasiyasi yordamida tekislikka aylantirish mumkin bo‘lsa, bunday sirt yoyiladigan sirt deyiladi. Sirtning biror bo‘lagi tekislikning ma’lum bir sohasiga yoyilishi mumkin. Masalan, silindrik sirt tekislikning o‘zaro parallel ikki to‘g‘ri chizig‘i orasidagi sohasida yoyiladi. Konus sirti esa tekislikka tegishli ikki kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlar orasidagi sohada yoyiladi.


Ta’rif. Sirtning biror bo‘lagining cho‘zilmasdan, yirtilmasdan tekislikka yoyilishidan hosil bo‘lgan tekis shakl uning yoyilmasi deyiladi.
Yoyiladigan sirtlarga to‘g‘ri chiziqli sirtlardan faqat yondosh yasovchilari xos yoki xosmas nuqtalarda kesishadigan sirtlar kiradi.
Torslarda yondosh yasovchilarning kesishish nuqtalari qaytish qirrasida, konus sirtlarda esa uning uchida va silindrik sirtlarda cheksiz uzoqlikdagi nuqtada bo‘ladi.
Sirtlarning yoyilmalarini yasash muhandislik amaliyotida katta ahamiyatga ega. Mashinasozlik, samolyotsozlik va qurilishda turli-tuman konstruksiyalarning shakllarini hosil hilish uchun yaxlit listlarda sirtlarning yoyilmalari yasalib, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan turli andozalar yasaladi.
Sirtlarning yoyilmalarini yasashda uchburchaklar, dumalatish va normal kesim usullari mavjud6.
Uchburchaklar usuli bilan qirrali sirtlar, konus va tors sirtlarning yoyilmalari yasaladi. Dumalatish usuli bilan proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan og‘ma vaziyatda berilgan qirrali, konus va silindrik sirtlarning yoyilmalarini yasash qulaydir. Yasovchilari yoki qirralari proyeksiya tekisliklariga nisbatan og‘ma vaziyatda bo‘lgan silindrik yoki prizmatik sirtlarning yoyilmalarini normal kesim usulida yasash osonroqdir.



rasm
Yoyilmaydigan sirtlarning yoyilmalari taqriban yasaladi.
Sirt va uning yoyilmasi elementlari orasida qo‘yidagi o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, ya’ni sirtga tegishli har bir nuqta va shaklga, shu sirt yoyilmasiga tegishli nuqta va shakl mos keladi yoki aksincha, yoyilmaga tegishli har bir nuqta va shaklga sirtga tegishli nuqta va figura mos kelishi kerak (13.1-rasm). Bu moslikka asosan qo‘yidagi xossalarni keltirish mumkin.

Download 494.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling