O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:
–ta’lim tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarni;
–jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv reja, o‘quv dasturi va boshqa
o‘quv-metodik hujjatlarning mazmuni hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini;
–darslarni tahlil qilish va pedagoglarga amaliy yordam berish shakllarini;
–ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, innovatsion va
interfaol usullarni qo‘llashni;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli
mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va
unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga
Tartib raqami
3700
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
2310
Xodimlar toifasi
Mutaxassis


ega bo‘lishi;
–katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovdan o‘tishi;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini bilishi va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
- mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik amaliy ish staji.
91-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti o‘qituvchisi
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni
yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
–o‘ziga biriktirilgan dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tishini ta’minlash;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda
tasdiqlashga taqdim etish;
–institutning ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish;
–o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, o‘quv dasturlarini
tayyorlashda ishtirok etish;
–iqtidorli tinglovchilarni aniqlash va ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish;
– tinglovchilarning malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, malaka (bitiruv) ishlari,
shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
–tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tajriba va bilim ko‘nikmalarini
orttirish maqsadida ularning darslariga kirish va tahlil qilish;
–pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan pedagoglarga pedagogik mahoratni
egallashda yordam berish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling