O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:
–ta’lim tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarni;
–jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari o‘quv reja, o‘quv dasturi va boshqa
o‘quv-metodik hujjatlarning mazmuni hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini;
–darslarni tahlil qilish va professor-o‘qituvchilarga amaliy yordam berish shakllarini;
–ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, innovatsion va
interfaol usullarni qo‘llashni;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
Tartib raqami
3694
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
2310
Xodimlar toifasi
Mutaxassis


3. Malaka talablari:
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli
mutaxassis) bo‘lishi;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini bilishi va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik amaliy ish staji.
92-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti axborot-resurs markazi rahbari
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–axborot-resurs bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish, bo‘lim xodimlarining ish rejalarini
tasdiqlash;
–bo‘limning istiqbol va joriy rejalarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini
nazorat qilish;
–axborot-kutubxona, bibliografiya hamda kitob tarixi sohasida, shuningdek axborot-
kutubxona oldida turgan vazifalar va yo‘nalish rejalariga daxldor boshqa sohalarda tadqiqot olib
borish;
–davlatimiz va xorijiy davlatlar axborot-kutubxonalarining ishini tashkil etish bo‘yicha
ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni joriy etish bo‘yicha rahbariyatga tegishli takliflar tayyorlash;
–elektron katalogdan foydalangan holda, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning
yangi turlarini, ulardan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha yangi texnologiyalar, boshqarish
metodlarini yaratishni ko‘zda tutuvchi yangiliklarni joriy etish;
–kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish,
ularning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
–jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, kutubxonaning ichki tartib-
qoidalarini belgilash, uni xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
–xodimlarning mehnat qilishi va malakasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda,
ularni attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini
ta’minlashda ishtirok etish;
–kutubxonaning ish faoliyatida mavjud bo‘lgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish
choralari haqida rahbariyatga takliflar kiritish hamda uning mulkiga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lish;
–vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini,
ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling