O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Download 68.78 Kb.
bet2/6
Sana21.06.2023
Hajmi68.78 Kb.
#1641178
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mohinur K ishi

Tadqiqot maqsadi : Kar bolalar maktabida ta’lim-tarbiya jarayonida eshitishida nuqsoni bo’lgan nutqdan foydalanish
Tadqiqot obekti : eshitishda nuqsoni bòlgan o‘quvchilar
Tadqiqot pridmeti : eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar nutqini rivojlantirish jarayonida foydalaniladigan usullar
Tadqiqot vazifalari :
- muammo bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish;
- eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar nutqining o‘ziga xosligini o‘rganish;
- eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishda vizual apparatning o‘rnini o‘rganish
Tadqiqotning metodologik asoslari : “Ta‘lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Kontsitutsiyasi to‘g‘risida qonun”, “Ta'lim hamma uchun” Davlat dasturlari, Sharq mutafakkirlarining ta'lim — tarbiya va komil inson to‘g‘risidagi ta‘limotlari, ham do‘stlik mamlakatlari hamda Respublikamiz olimlarining mazkur muammoga oid tadqiqot ishlari bitiruv ishimizning metodologik asosini tashkil etadi
I BOB ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY — NAZARIY ASOSLARI
1.1 Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishning pedagogik psixologik adabiyotlarda yoritilish holati
Ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolaning zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib jamiyat ishlarida faol qatnashishiga nutqning rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Chunki, nutq-bu kishilararo muloqot vositasi, milliy boylik hamda ta’lim-tarbiya, maorif va ijodiyot uchun qudratli vositadir. Shu bois har bir insonni nutqni puxta egallash, o‘z fikrini to‘liq ifoda etishga o‘rgatish muhimdir.. Ma’lumki, bolalar nutqi kattalar va atrofdagilar nutqining taʼsiri ostida rivojlanib boradi. Muloqot jarayonida nutqning eng oddiy ko’rinishlari keyinchalik rivojlanib murakkabroq ko‘rinishlarga aylanadi va mukammal nutq shakllanishiga puxta zamin yaratadi. Go‘dakning atrofidagi odamlar nutqini idrok qilishi tom ma’noda uning nutq faoliyatini tarkib toptiradi. Nutqning shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga,nutqiy muhit va ta’lim-tarbiyaga bog‘liqdir.
Nutqiy qobiliyatni rivojlantirish — nutqiy bilish, anglash, qayta tasvirlash va psixofizik mexanizmlarini shakllantirishga imkon yaratish demakdir. Maxsus o‘qitishning birinchi kunlaridanoq bolalarga ma‘lum predmetli vaziyatdagi ularga qaratilgan nutqga ta’sirlanishni, predmetli harakatlarni tuzilishiga qarab ulardan nima talab qilinayotganini payqash shartlari qo‘yiladi. Bolalar o‘qituvchi yoki tarbiyachining predmetli va nutqiy harakatlariga kattalar tomonidan berilgan nutqiy na’muna asosida taqlid qilishga o‘rganadilar. Talaffuzga o‘rgatish va saqlangan eshitish qoldig‘ini rivojlantirish mashg‘ulotlari jarayonida idrokni rivojlantirish ishlari olib boriladi. Nutq materiallarini idrok etish va qayta bayon etish malakasini rivojini tezlashtirish maqsadida daktilalogiyadan foydalaniladi. Maktabgacha tayyorlovga ega bo‘lmagan bolalarni tilga o‘qitish jarayonida daktilalogiya dastlabki nutq shakli bo‘ladi. Unga o‘rgatish og‘zaki nutqga o‘rgatish bilan parallel holda olib boriladi. Amaliy faoliyatda o‘yinda darsni tashkillashtirish jarayonida turli xil kuzatuvlarda muloqot qilish mazkur bosqichdagi bolalarning butun o‘quv faoliyatini tashkil qiladi. Chunki, nutqiy qobiliyat faqat muloqotda paydo bo‘lib, muloqotdagina rivojlanadi. Nutqiy qobiliyat faqatgina nutqiy idrok qilishda emas, nutqni qo’llashda ham rivojlanadi. Shuning uchun bolani fonetik qiyinchiliklariga qaramay, o‘qitish boshidanoq butun materialni so‘zlash hamda har bir so‘zni ham og‘zaki, ham daktil holda aytishga o‘rgatiladi. Murakkab tovushlarni talaffuzida bola tovushni fonemalar qisqartirilgan sistemasi talablariga muvofiq o‘sha tovushga yaqin qilib aytishi mumkin. Boshidanoq yetakchi idrok o‘rnini eshituv ko‘ruv idroki egallaydi. Tanish vaziyatlarda qo‘llaniladigan so‘zlashuv nutqining bir qismi bolalarga eshittiriladi bosqichda bolalar nutqini rivojlantirish ishlarining ikkinchi yo‘nalishi — nutqiy faoliyat turlarini shakllantirishdir. Bolalar daktillashtirish, eshituv-ko‘ruv idroki, so‘zlash, o‘qish, yozuv ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. Biroq o‘qtishni asosiy vazifasi — kommunikativ akt natijalari: buyurilgan topshiriqni bajrish, murojaatni, iltimosni, istakni, savolni ifodalay olish, murojaat qilingandagi nutqni tushunish bo‘lgan tufayli, nutq faoliyatining har bir shaklini texnik tomoni o‘qitishning maqsadi bo‘la olmaydi. Nutqiy faoliyat motivlari ishga doir, shaxsiy va xususan nutqiydir. Tayyorlov bosqichida bolalar nutqiy vositalarni ma’lum natijalarga erishishni, o’qituvchi yoki do’sti bilan bir-birini tushunishni istaganligi uchun foydalaniladi. Biroq buning uchun nutqiy vositalarni o‘zlashtirish so‘z va gaplarni o‘rganish, yod olish hamda to‘g‘ri talaffuz qilish har bir bola uchun maqsad bo‘lib qolmaydi. Mazkur nutqga ijobiy munosabatda bo‘lish motivini nutqiy vositalarni to‘plash jarayonini o‘ziga xos mazmun bilan boyitish, nutqiy muloqotni maxsus emotsional munosabatlar bilan jor qilish kabilar bilan maxsus rivojlantirish darkor.
Hozirda kar o‘quvchilarning bog‘langan nutqini rivojlantirish zamonaviy maxsus ona-tili o‘qitish metodikasini eng dolzarb muammolaridan biridir. Bog‘langan nutq mantiq, grammatika, kompozitsiya qonunlari asosida tuzilgan bo‘lib, o‘zida bir butunlikni aks ettiradi, u mavzuga ega ma’lum vazifani bajaradi. Yozma va o‘gzaki nutqni tuzilishi va vazifalari ularni rivojlantirish yo‘llari haqidagi psixologik ma‘lumotlar kar bolalarni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilishi shart. Karlar maktabida bog‘langan (monologik) nutqni rivojlantirishni asosiy vazifasi - bolalarni o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini istaklarini bir nechta gaplarda ifodalab berishga o‘rgatish, shuningdek bolalarni o‘z taassurotlari, kechinmalari, ko‘rgan filmini, bajargan ishlari va hayotlaridagi barcha hodisalar haqida bir muncha kengaytirilgan monologni qurishga, yani matn tuzishga, fikr bildirishga o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Bunda monologik nutqni asosiy 3 turi ishlatiladi. Bayon etish tasvirlash, mulohaza. Ommaviy maktablarda ham, maxsus maktablarda ham boshlang‘ich sinflarda aralash shakl ustunlik qiladi, unda tasvirlash va bayon etish elementlari, bayon etish va mulohaza elementlari birgalikda uchraydi, chunki kichik o‘quvchilardan faqat tasvirlash yoki mulohazani talab qilib bo‘lmaydi, bayon etish, tasvirlash mulohaza bir-biridan tuzilishi, mazmuni va tili bilan farq qiladi. Bayon etishda o‘zaro bog‘langan izchil voqealar haqida gapiriladi. Lavhaga ega voqealar bayonining izchilligini odatda ularning tabiiy yo‘nalishi bilan aniqlanadi. Asosiy diqqat faktlarga, ishtirok etayotgan shaxslarning harakatlariga ajratiladi, shuning uchun bayon etish matn fe’l va ot turkumiga oid so‘zlarga, insho boy bo‘ladi. Bolalar uchun eng hayotiy va eng qulay bog‘langan fikrlar janridir. Shuning uchun Thomas Arnold etiroficha, voqeani bayon etishdan ishni mustaqil yozma insholardan boshlashini tavsiya etadi.. Tasvirlashda - lavha, ishtirok etayotgan shaxslar, voqealar bo‘linmaydi. Ularda tabiat rasmlari, alohida predmetlar va hodisalar, harakatlar va jarayonlar tasvirlanadi. Tasvirlash ma’lum kompozitsion sxema asosida quriladi: avval odatda predmetga nisbatan umumiy taasurot beriladi, so‘ng uning alohida belgilari nomlanadi, ular bu umumiy taassurotni tasdiqlaydi va nihoyat baho beriladi. Muallifni tasvir obektiga nisbatan munosabati bildiriladi. Tasvirlash uchun iboralarning, sifatlarning mavjudligi, ko‘pligi xosdir.
T.A.Ladijenskaya, N.I.Jimkinning bog‘langan nutq nazariyasiga tayanib o‘quvchilar matn tuzish jarayonida egallab olishlari zarur bo‘lgan quyidagi bilimlarni ajratadi: Matn mavzusini yoritish. Matnning asosiy fikrini yoritish Matn uchun ma‘lumot yig‘ish Yig‘ilgan ma‘lumotlarni tizimlashtirish. Ma‘lum kompozitsion shaklga ega matnlar qurish Fikrlarini to‘g‘ri ifodalash Adabiy til normalariga ko‘ra aniq tushunarli va iloji boricha yorqin matn tuzish uchun birinchi uchta bilimlarni shakllantirish matn mazmuni ustida ishlash bilan bog‘liq, qolgan uchtasi esa - uning tuzilishi va nutqiy “bezatilishi” ishlari bilan bog‘liq. Mavzuni va matn (iboralarni) asosiy mazmuni yoritib berish bilimlari kar bolalar maktabida nutq rivojlantirish dasrlarida shakllantiriladi va shu birinchi navbatda matn sarlovhasi mazmuni bilan bog‘langan bo‘ladi. So‘zlab berish va bayon etish ishlarida o‘quvchilar matn mazmunini uning sarlavhasi bilan solishtiradi va nima uchun bunday nomlanganini aytishadi bu bilan ular matnning asosiy mazmunini umumiy ajratib beradilar so’ng uning qismlarini ham. Insho yozishda o‘quvchilar mavzuni nomini o‘qib, unda mo‘ljal olishi, uning chegaralari va mazmunini aniqlashni asosiysini ajratib uni yoritib berishi o’rganiladi. Matnlar uchun ma’lumot yig‘ish bilimlarini shakllantirish bolalarini faol fikrlash va nutqiy faoliyati bilan bog‘liq. Rasmlar mazmunini yoki o‘qib bo‘lingan matnni, o‘zlarining tabiati kuzatishlari natijalari va hokazolarni analiz qilib, ular bilimlar, taasurotlar bilan boyishadi bularning bari esa ularga mavzuni yoritishda yordam beradi. Ammo birgina ma’lumot toplash bilimlarini o‘zi kamlik qiladi, chunki hali kar o‘quvchilarning mustaqil monologik nutqi rivojlanmagan. Aynan shuning uchun kar bola material to‘plab ham, “atrof-muhit haqida ko’p narsani tushinib, uni so‘zida ifodalab bera olmaydigan” holatiga tushib qoladi. Kar va eshita oladigan o‘quvchilarni bog‘langan nutqini rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishda eng. qiyini va eng asosiysi - umumiy hikoyaga taaluqli bo’lgan fikrni yetkazishga o‘rgatishdir. Hikoyaning mazmuni rejalashtirish jarayonida boshi, asosi va oxiri ajratib olinadi. Ma’lumotlarni tizimlashtirish bilimlari va ma’lum kompozitsion shaklga ega matnlarni tuzish reja ustida ishlash bilan bog‘liq, reja matnning turiga ko‘ra tuziladi (tasvirlash bayon etish, mulohaza). Matnda gaplarni va ularni alohida qismlarini bog’lashda leksik va morfologik vositalar ishlatiladi (bog‘lovchilar qo‘shimchalar, so‘zlar va kirish o‘rnida keluvchi iboralar va o‘zining ahamiyatiga ko’ra bog‘lovchilarga yaqin bo’lgan so‘zlar). Fikrlarni taqqoslashda pedagog doimiy ravishda bolalar diqqatini hikoya qismlarini, gaplarni o’zaro bog’lanishga qaratadi, ikkita gapni o’zaro to‘g‘ri bog’lash uchun gaplardagi so‘zlarni qanday joylashtirish kerakligiga ham loqayd bo‘lmaydi, sintaksis tuzilmalarni boyitishga e’tibor qaratadi, chunki bir turdagi gaplar tuzilishi bog‘langan nutq uchun xos bo’lgan mantiqni chegaralaydi. O‘quvchilar ishlarini analiz qilayotganda, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llanilishi inobatga olinadi. Natijada bularning bari matn tuzishda o‘quvchilarga bir vaqtning o‘zida bir necha gaplarni o‘ylab olishga va ikki gaplar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga matnni to‘g‘ri tuzishga yordam beradi

Download 68.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling