IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim jarayonida tinglovchi va kursantlar tomonidan tayyorlanadigan yakuniy ishlar shakli turli ko‘rinishlarda (referat, prezentasiya, esse, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Mustaqil ta’lim mavzulari
Mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida kursantlar tomonidan yakuniy ishlar shakli referat yoki muammoli ma’ruza quyidagi mavzular bo‘yicha tayyorlanadi:
Paketli tarmoqlarda xizmat sifati ko‘rsatkichlari. Videokonferensiya tashkil etishning apparat va dasturiy yechimlarini tanlash. Maxfiy axborotga ega xodim bilan ishlash xususiyatlari. Kompyuterda axborot xavfsizligi. Kompyuter fayllaridan foydalanishni cheklash usullari va vositalari. Axborotlar chiqadigan texnik kanallar va ularning turkumlanishi. Axborotlarni kanallardan chikishidan ximoyalash. Ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot himoyasini ta'minlash.
Kriptografiyaning asosiy qoidalari va ta’riflar. Kriptotizimning klassik sxemalari va ishlash modellari. Simmetrik kriptotizimlar. Nosimmetrik kriptotizimlar. Shifrlash algoritmlarini klassifikasiyasi. O’rniga qo’yish shifrlash algoritmlari. O’rin almashtirish shifrlash algoritmlari. Gammalashtirish shifrlash algoritmlari. Ma’lumotlarni shifrlash standartlari.
Keltirilgan mavzular bo‘yicha bajarilgan ishning namoishi taqdim qilinadi va himoyasi o‘tkaziladi.
|
V. Ta’lim natijalar/ Kasbiy kompetensiylari
“Aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik mutaxassisligi” yo‘nalishi bo‘yicha “Axborotlarni ximoyalashning kriptografik tizimlari” fanni o‘rganish natijasida kursantlar:
qo‘yidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
ko‘chmas mahfiylashtiruvchi aloqa stansiyalarini joylashtirish va montaj qilish;
elektrmanba va aloqa kanallarining abonentlik liniyalarini shovqinlashtirish;
kalitli xujjatlar bilan ishlash;
avtomatik mahfiylashtiruvchi aloqa stansiyalarini zaminlashdagi qarshiligini o‘lchash.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |