O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi lozim


Download 1.46 Mb.
bet149/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi lozim:
axborot xavfsizligi asoslari xaqida (milliy xavfsizlik tizimi, O’zbekiston Respublikasida axborot soxasidagi xavf, axborot quroli va axborot urushi tushunchalari, davlatda axborot sohasidagi ustivorlik);
O‘zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash sohasidagi me’yoriy xuquqiy bazasi haqida;
axborot xavfsizligini ta’minlash usullari haqida (himoyalanuvchi ma’lumotlarni turlari, tashuvchilari va manbaalari, ma’lumotlarni konfidensialligi, butligi va kirish xuquqi buzilishlari, tashqi elektromagnit tarqalishlar va yo‘nalishlar, texnik kanallardan ma’lumotlar chiqib ketishining asosiy xususiyatlari, turlari va tuzilishlari, chet davlatlarining texnik razvedka turlari va ularni imkoniyatlari, chet davlatlarining texnik razvedkasiga qarshi tizim);
avtomatik mahfiylashtiruvchi aloqa tizimi haqida.
quyidagilarni bilishi va qo‘llay olishi lozim:
aloqa xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlarni himoyalash haqidagi boshqaruv xujjatlar talablarini va nizomlarini;
mahfiylashtiruvchi apparaturalarni, boshqaruv, texnik va kalitli xujjatlarni tashish, hisobga olish, saqlash va yo‘q qilish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi aloqa xavfsizligini va avtomatik mahfiylashtiruvchi aloqani ta’minlashga oid boshqaruv xujjatlar va nizomlari talablarini bajarilishini;
ko‘chmas va harakatlanuvchi mahfiylashtiruvchi telefon aloqa stansiyalarini joylashtirish va montaj qilishga oid asosiy maxsus talablarini;
elektrmanba va aloqa kanallarining abonentlik liniyalarida shovqinlashtirishga oid boshqarish xujjatlar talablarini;
aloqa kanallariga noqonuniy kirishdan himoyalash prinsiplarini.
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
ko‘chmas mahfiylashtiruvchi aloqa stansiyalarini joylashtirish va montaj qilish;
elektrmanba va aloqa kanallarining abonentlik liniyalarini shovqinlashtirish;
kalitli xujjatlar bilan ishlash;
avtomatik mahfiylashtiruvchi aloqa stansiyalarini zaminlashdagi qarshiligini o‘lchash.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling