Axborot tushunchasi xavfsizlik


Download 0.72 Mb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1587161
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Axborot tushunchasi xavfsizlik
Xavfsizlik va himoya qilish informatika sohalaridan biri sifatida. Axborot xavfsizligi tizimi. Xavfsizlik tizimi.
Axborot xavfsizligi tizimlarini taqqoslash
Qasddan xavfsizlikka tahdid turlari. Buzg‘unchilar tomonidan olinadigan ma’lumot turlari: oshkor qilish, sizib chiqishi, ruxsatsiz kirish.


Butun dunyoda globallashuv jarayonining tezkor rivojlanishi, jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi insoniyatning ma’lumot olish darajasini amalda cheksiz oshi­rish imkoniyatini yaratdi. Shu bilan bir qatorda Internet tizimida konfidensial ma’lumotlaming oshkor etilishi ham oshib bormoqda.
Masalan, 2015-yilda jahonda 1,5 mingdan ziyod, ya’ni oldingi yilga nisbatan 7,8 foizga ko‘p yashirin ma’lumotlaming oshkor bo‘lishi kuzatildi. Ushbu ko‘rsatkich, jum- ladan, AQSHda 859 ta, Rossiyada 118 ta va Buyuk Britaniyada 112 tani tashkil etdi. Bunga asosiy sabab sifatida inson omili va tashqi tajovuzlar e’tirof etiladi. Tashqi tajovuz natijasida ko‘plab ma’lumotlar olib ketilsa-da, eng qimmatbaho ma’lumotlaming chiqib ketishini shaxsiy manfaatdorlik asosida ofis xizmatchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Keltirilgan diagrammadan ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlar eng ko‘p yo‘qotilgan sohalar jumlasiga yuqori texnologiyalar, sanoat va transport so- halari kiimoqda. 2015-yilda ushbu sohalarda asosiy yo‘qotish Internet tizimi orqali amalga oshirilgan bo‘Isa, ta’lim, moliya va bank sohalarida inson omili 25 - 30 foizni tashk qilmoqda. 90% hollarda to‘lov va shaxsiy ma’lumotlar tashqaiiga chiqib ketishi aniqlandi.
1.Axborot tushunchasi . Xavfsizlik va himoya qilish informatika sohalaridan biri sifatida.
Tarmoq hujumlari turlari va ularni bartaraf etish haqida ma’lumot va yordam beruvchi hamda o‘rgatuvchi bir qator jamoat tashkilotlari mavjud. Quyida ularning bir qismi veb‑saytlari bilan berilgan
Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari
Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin:
axborotni tarqab ketishi, o‘g‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish;
– shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;
– axborotni yo‘q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;
– axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk ob’ekti sifatida huquqiy rejimni ta’minlash;
– axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash;
– davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta’minlash;
– axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llashda sub’ektlarning huquqlarini ta’minlash.
Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‘z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‘tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo‘lgan xavfli kanallarni yo‘q qilishni ta’minlaydi. Ma’lumki, birgina ochiq qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi.
Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, muhofaza qilishning to‘liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:
– sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‘ta takomillashgan texnik vositalari;
– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjudligi;
– ushbu muammoga oid etarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;
– etarlicha amaliy tajriba va boshqalar.
Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‘ra ma’lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib borayotgani yo‘q, aksincha barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib bormoqda.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling