Axborot tushunchasi xavfsizlik
Download 0.72 Mb.
|
Документ Microsoft Word
Kontsеptsiya – axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni zamonaviy tеndеntsiyalarni hisobga olgan holda еchish yo`llari.
Kontsеptsiyada ifodalangan maqsadlar, masalalar va ularni bo`lishi mumkin bo`lgan еchish yo`llari asosida axborot xavfsizligini ta'minlashning muayyan rеjalari shakllantiriladi. Axborot xavfsizligini ta’minlash doimiy jarayon bo‘lib, besh asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: xarajatlar smetasi; xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish; siyosatni amalga oshirish; mutaxassislarni malakali tayyorlash; audit. Axborot xavfsizligini ta’minlash jarayoni mulkni baholashdan, tashkilotning axborot aktivlarini, ushbu ma’lumotlarga tahdid soluvchi omillarni va uning zaifligini, tashkilot uchun umumiy xavfning ahamiyatini aniqlashdan boshlanadi. Mulkga qarab, ushbu aktivlarni himoya qilish dasturi tuziladi. Xavf aniqlangan va miqdori ochiqlangandan so‘ng ushbu xavfni kamaytirishning iqtisodiy jihatdan samarali qarshi choralari tanlanishi mumkin. Axborot xavfsizligini baholashning maqsadlari: axborot aktivlarining qiymatini aniqlash; ushbu aktivlarning maxfiyligi, yaxlitligi, mavjudligi va/yoki identifikatsiya qilinishiga tahdidlarni aniqlash; tashkilotning amaliy faoliyatidagi mavjud nnuqsonlarni aniqlash; tashkilotning axborot aktivlari bilan bog‘liq risklarini aniqlash; mavjud ish amaliyotida xavflar hajmini maqbul darajada kamaytiradigan o‘zgarishlarni taklif qilish; xavfsizlik loyihasini yaratish uchun asos yaratish. Baholashning beshta asosiy turi: Tizim darajasida zaifliklarni baholash. Kompyuter tizimlari ma’lum zaifliklar va oddiy muvofiqlik siyosatlari uchun tekshiriladi. Tarmoq darajasida baholash. Mavjud kompyuter tarmog‘i va axborot infratuzilmasi baholanadi, xavf zonalari aniqlanadi. Tashkilot ichidagi xavflarni umumiy baholash. Uning axborot aktivlariga tahdidlarni aniqlash uchun butun tashkilot tahlil qilinadi. Audit. Tashkilotning mavjud siyosati va ushbu siyosatga muvofiqligi tekshiriladi. Penetratsiya testi. Tashkilotning simulyatsiya qilingan kirishga javob berish qobiliyati o‘rganiladi. Baholash jarayonida quyidagi hujjatlar tekshirilishi lozim: Xavfsizlik siyosati; axborot siyosati; zaxira siyosati va protseduralari; ishchining ma’lumotnomasi yoki ko‘rsatmalari; ishchilarni yollash va ishdan bo‘shatish tartibi; dasturiy ta’minotni ishlab chiqish metodologiyasi; dasturiy ta’minotni o‘zgartirish metodologiyasi; telekommunikatsiya siyosati; tarmoq diagrammalari. Yuqoridagi siyosat va protseduralar amalga oshirilgandan so‘ng, har birining tegishliligi, qonuniyligi, to‘liqligi va dolzarbligi tekshiriladi, chunki siyosat va protseduralar hujjatda belgilangan maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Baholashdan so‘ng kutilayotgan xavfsizlik holati va zarur ishlar ro‘yxatini belgilaydigan siyosat va tartiblarni ishlab chiqish lozim. Chunki, hech qanday siyosat bo‘lmasa, tashkilot samarali UPS dasturini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan reja ham bo‘lmaydi. Axborot xafsizligini ta’minlashda quyidagi siyosat va tartiblarni ishlab chiqish lozim: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling