5- kurs 10- semestr
8- mavzu. Dala axborot kommunikatsiya majmuasida amaliy ishlash.
Dala axborot kommunikatsiya majmuasi (DAKM)da amaliy ishlash. DAKM yoyish tartibi. DAKMini yoyishda xavfsizlik qoidalari va choralari. DAKM yoyish uchun joy tanlash. DAKM yoyish tartibi, elektrta’minotini ulash. Apparaturalarni ishga tayyorlash va ish qobiliyatini tekshirish. Muxbir bilan aloqaga chiqish. Apparatxonaga liniyalarni yotqizish, ularni yaroqligini tekshirish. DAKM yoyish. DAKM yoyish, elektrta’minotini ulash. Apparaturalarni ishga tayyorlash va uning ish qobiliyatini tekshirish. Xizmat aloqasini tashkil qilish. Muxbir bilan aloqaga chiqish. Apparatxonaga liniyalarni yotqizish, ularni yaroqligini tekshirish. DAKMda amaliy ishlash. RADWIN qurilmasini ekspluatatsiya qilish. Raqamli radiorele stansiyani ishga tayyorlash. Radiorele stansiyani berilgan chastotalarga sozlash. Muxbir bilan aloqaga chiqish. Radiorele liniya bo‘yicha aloqa o‘rnatish. 1511MAX multipleksorini ishga tayyorlash. Kross-kommutatsiyalarni amalga oshirish. Kanallarni ekspluatatsiyaga topshirish. Ichki bog‘lama kabellarini yoyish. ATS yordamida abonentlarga aloqani ta’minlash. Kanallarni ekspluatatsiyaga topshirish.
III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yich ko‘rsatma va tavsialar
Seminar mashg‘ulotlari
Seminar mashg‘ulotlari ma’ruzalarda olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashni, o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, mustaqil ishlash vaqtida izlanuvchanlik, o‘quv materiallarni umumlashtirish, mantiqiy fikr-mulohaza yuritish, aniq va qisqa javoblarni tuza olish va ifodalash qobiliyatlarini shakllantirishni maqsad qiladi. Seminar davomida kursantlarni mustaqil va yerkin fikr yuritishga, nutq mahoratini oshirishga, u yoki bu muammoga nisbatan o‘z nuqtai nazarini aniq va ravshan ifoda yetishga chorlaydigan yangi pedagogik texnologiyalardan, interfaol metodlardan foydalanilish zarur.
Seminar yakuni bo‘yicha kursantlarning bilim va ko‘nikmalari baholaniladi.
Seminarlarga tayyorgarlik uchun topshiriqlar beriladi, guruhlar bilan konsultatsiyalar, individual ishlar tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |