O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Download 1.46 Mb.
bet180/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

Amaliy mashg‘ulotlari
Amaliy mashg‘ulotlar radiorele stansiyalarini ekspluatatsiya qilish, me’yorlarni hamda o‘quv vazifalar elementini mashq qilishda ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlar maxsus o‘quv sinf xonalarida va o‘quv-dala maydonlarida yoyilgan aloqa stansiyalarning bevosita moddiy qismida o‘tkaziladi. Harbiy tajribani va amaliyotni o‘tash mobaynida o‘z qobiliyati hamda ko‘nikmalari takomillashtiriladi.
Mashg‘ulotlarni individuallashtirish va o‘qitish sifatini oshirish maqsadida radiorele stansiyalarning soniga qarab guruhlar bo‘linadi va ular o‘quv joylariga taqsimlanadi. Mashg‘ulot samaradorligini oshirish hamda turli baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda guruhni guruhchalarga bo‘lgan holda, ikkita o‘qituvchi yoki o‘qituvchi va yo‘riqchi tomonidan o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kursantlar apparaturalarni sozlash va to‘g‘rilash bo‘yicha har bir elementlarni bir necha marta bajaradilar, undan keyin sozlash va to‘g‘rilash amallari to‘liq o‘tkaziladi. O‘rganuvchilarning aniq turdagi apparaturalardagi bilim va ko‘nikmalar mazmuni aloqa qo‘shinlari uchun yagona me’yorlar va topshiriqlar to‘plamiga hamda aloqa qo‘shinlari uchun jangovar tayyorgarlik bo‘yicha dasturga maksimal ravishda mos kelishi lozim.
Amaliy mashg‘ulotlarda kursantlar me’yorlarni bajarishda faol ishtirok etishi maqsadida bellashuv, musobaqa va sog‘lom raqobat elementlarini kiritish lozim.
Aloqa texnikasida barcha turdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqtida, mashg‘ulot rahbari xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazishi, jurnalga o‘rganuvchilarni imzosi bilan hujjatlarni rasmiylashtirishga majbur, baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishi va qo‘llashi lozim.
O‘quv dasturini kursantlar tomonidan o‘zlashtirilishining joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar orqali amalga oshiriladi. Joriy nazorat seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish davomida olib boriladi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling