7.
|
O‘R MV Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan
|
8.
|
Fan/modul uchun ma’sul:
U.R. Kayumov - O‘R MV AKT va AHI Taktika, umumqo‘shin tayyorgarligi va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.
|
9.
|
Taqrizchilar:
katta leytenant B.Z. To‘rayev - O‘R MV AKT va AHI kafedra boshlig‘i, p.f.n, dotsent.
Sh. Imamova - O‘R QK Akademiyasi “Tillar” kafedrasi dotsenti.
|
MAXSUS ALOQA VA DAVLAT SIRLARINI
MUHOFAZA QILISH KAFEDRASI
DAVLAT SIRLARINI HIMOYA QILISH VA QO‘SHINLARNI YASHIRIN BOSHQARISH ASOSLARI
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
|
1000 000– Xizmatlar
|
Ta’lim sohasi:
|
|
1030 000– Xavfsizlik xizmati
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
|
61030700 – Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonlik muhandisligi (aloqa qo‘shinlari)
|
Fan/modul kodi
DSH2
|
O‘quv yili
2021-2023
|
Semestr
7
|
Kreditlar
2
|
Fan/ modul turi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
2
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami uklama (soat)
|
Davlat sirlarini himoya qilish va qo‘shinlarni yashirin boshqarish asoslari
|
30
|
30
|
60
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘modonlik – muhandisligi, aloqa qo‘shinlari taktik qo‘modonlik– muhandisligi yo’nalishida ta’lim olayotgan kursantlarni mustahkam harbiy bilimga ega bo’lgan, davlat sirlarini himoyalash va qo’shinlarni yashirin boshqarishni rahbariy hujjatlar nazariy va amaliy asoslariga ko’ra turli jangovar holatlarda qo’llay oladigan, fan va texnikaning yangi yutuqlarini biladigan, rahbariy boshqaruv hujjatlarini tahlil qilib to’g’ri qo’llaydigan, yangi va ilg’or kashfiyotlarni amaliyotga tadbiq etadigan, o’z lavozimida majburiyatlarini bajarishda mustaqil fikrlab tashkilotchilik qobiliyatiga ega ofitser mutaxasislarni tayorlash.
Fanni o’rganish natijasida kursantlar bilmog’i darkor:
tasavvurga ega bo’lishi kerak:
davlat sirlarini himoyalash, qo’shinlarni yashirin boshqarish, ma’lumotlarni kodlashtirish, axborot tizimlarida ma’lumotlarni himoyalash va maxfiylik tizimi rahbariy boshqaruv hujjatlar talablarini;
bilish va qo’llash:
davlat sirlarini himoyalash, qo’shinlarni yashirin boshqarish, ma’lumotlarni kodlashtirish, axborot tizimlarida ma’lumotlarni himoyalash va maxfiylik tizimi rahbariy boshqaruv hujjatlar talablarini;
harbiy qism va muassasalarda davlat sirlarini himoyalash holatini aniqlash, o’tkazilayotgan tadbirlarni samaradorligini baholash. Harbiy qism komandiriga, muassasa boshlig’iga davlat sirlarini himoyalash tadbirlarini takomillashtirish, maxfiy ma’lumotlar oshkor bo’lishi oldini olish majmuaviy rejalarni ishlab chiqishda ishtirok etishni;
qo’shinlarni yuqori jangovar holatga keltirilgan holatlarda mahfiylik tizimini tashkillashtirishni.
malakalarga ega bo’lmog’i darkor:
axborotlashtirish vositalarini, aloqa va ma’lumotlarni uzatish texnikalarini ishlatayotgan vaqtda davlat sirlarini himoyalash bo’yicha tadbirlarni tashkillashtirish;
maxfiy hujjatlarni ishlab chiqish, qayd qilish, saqlash, yo’q qilish tartibi va axborotlashtirish vositalarida ma’lumotlar himoyasini ta’minlashni;
qo’shinlarni yuqori jangovar shaylik darajalariga keltirish vaqtidagi maxfiylik tizimini ta’minlash tartibi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |