1.bob. Xavfsizlikka tahdid:
Mintaqaviy mojarolar.
Diniy ekstremizm va fundamentalizm.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik.
Etnik va millatlararo ziddiyatlar.
Korruptsiya va jinoyatchilik.
Mahalliychilik va urug’-aymoqchilik munosabatlari.
Ekologik muammolar.
Keltirib chiqaruvchi sabablar:
O’tish
davri islohotlaridagi iqtisodiy qiyinchiliklar.
Aholi ob’ektiv talabaqalanish jarayoni va mulkdorlik belgisidagi tafovutlar.
G’oyaviy bo’shliq.
Ayrim odamlar ongining sayozligi.
5.Siyosiy beqarorlik.
6.Ijtimoiy notenglik.
7.O’tish jarayonidagi muammolar.
8.O’zlikni to’la anglab olmaganlik.
9.Mamlakat ichki va tashqi muammolari va h.k.
Asarda ta’kidlaganidek, o’tgan yillar mantiqi hozirgi kunda 3 ta asosiy savolga murojaat qilishga
undamoqda. O’zbekistonning kelajagi ana shu savollarga qanday javob berishga bog’liq.
Xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozim.
Barqarorlikni qanday ta’minlash darkor?
Taraqqiyot yo’lidan sobitqadam rivojlanishga nimalar hisobiga erishish mumkin?
1.Xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozim? savoliga javob:
Xavfsizlik –
uzluksiz holatdir, hadsiz-hududsizdir. Bu milliy xavfsizlikni tashkil etadi.
“Sovuq urush” barham topgach, endilikda: yalpi xavfsizlikka asosiy tahdid: etnik, mintaqaviy, mahalliy mojarolar va davlatlar ichidagi jangovar separatizm.
O’zbekiston o’zining jug’rofiy – siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo’lga qo’yilmagan mintaqada joylashgan.
Mintaqaviy nizolar ko’pincha: terrorizm va zo’ravonlik, narkobiznes va qurol-yarog’ bilan qonunsiz savdo qilish, inson huquqlari buzilishi, bularning bari chegaralarni tan olmaydi.
Har bir davlat o’z milliy manfaatlariga muvofiq o’z mustaqilligini ta’minlash uchun kollektiv xavfsizlik shartnomasida qatnashish huquqini o’zi belgilaydi.
Ekologik va yadroviy xavfsizlik muammolari alohida e’tibor talab etadi va h.k.