O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Zond orqali ovqatlantirish


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Zond orqali ovqatlantirish. 
 Kerak bo‟ladigan anjomlar: 
-Diametri 0,5-0,8 smli rezinkali zond 
-Vazelin yoki glitsirin 
-Varonka yoki shprits Jane 
-Suyuq ovqat (bulyon, choy, kisel‘) 
Ketma – ketligi: 
-Perchatka kiyiladi 
-Zond o‘lchaniladi (burundan, quloq suprasi, xanjarsimon o‘simtagacha) metka 
qo‘yiladi. 
-Zond moylanadi, vazelin yoki glitserin bilan. 
-Burun pastki yo‘lidan zondni 15-18 sm yuboriladi, orqa devori bo‘ylab. 
-Boshni biroz ko‘tariladi, zondni metkagacha kiritiladi. Agar havo 
chiqmayotgan bo‘lsa, bemor ovozi saqlangan bo‘lsa demak zond oshqozonda. 
-Zondni bir uchini varonkaga yoki Janega ulanadi. 
-Ovqatni asta yuboriladi. 
-Zondni toza suv bilan chayiladi va varonka olinadi. 
-Zond uchiga qisqich qo‘yiladi va halaqit bermasligi uchun bosh tomonga 


401 
mahkamlanadi. 
-Zondni sun‘iy ovqatlantirish davri tugamaguncha olinmaydi (taxminan 2-3 
xafta)
Nazarat savollari: 
1. Operatsiyadan keyingi muddatda ovqatlantirish tushunchasi? 
2. Operatsiyadan keyingi muddatda ovqatlantirish turlari qanday? 
3. Parenteral ovqatlanish haqidagi tushuncha? 
4. Enteral ovqatlanish haqidagi tushuncha? 
4.16. Terminal holatdagi bemorlarga yordam ko’rsatish 
Terminal holat (lat. terminalis ohirgi, chegara holat) – bu hayot va o‘lim 
o‘rtasidagi chegara holat bo‘lib, hayotiylik ko‘rsatkichlarini kritik darajada 
buzilishi qon bosimining keskin tushib ketishi, metobolizm va havo 
almashinishining chuqur buzilishi bilan kechadigan holat. Terminal holatlarni 
keltirib chiqaruvchi omillaridan jarohatlar, kuyishlar, elektr bilan jarohatlanish, 
cho‘kish, mexanik asfiksiya, miokard infarkti, yurak ritmini o‘tkir buzilishi, 
anafilaksiya (hashoratlarni chaqishi, dorilarni yuborilishi) bo‘lib hisoblanadi. 
Yurak to‘xtashini patogenezi bitta etiologik faktor ta‘sirida bo‘lishi mumkin. 
Sirtmoq xiqildoqni yuqori sohasida siqilishi sababli mexanik asfiksiyada dastlab 
nafas olishni reflektor to‘xtashi to‘g‘ridan to‘g‘ri karotid sinuslarni bosilishi 
sababli kelib chiqadi. Boshqa holatlarda bo‘yinni yirik tomirlari, traxeyani 
bosilishi, ayrim xollarda bo‘yin umurqalarini sinishi, yurak to‘xtashiga bir 
muncha boshqacha patogentik ko‘rinish beradi. Cho‘kish vaqtida suv tezda 
nafas yo‘llarini to‘ldirishi mumkin, bu alveolalardagi oksigenatsiya jarayonini 
to‘xtatadi. Boshqa holatlardagi o‘limlarda ovoz tirqishini kritik spazmi sabali 
gipoksiyani kritik darajasi kelib chiqadi. Tana orqali elektr tokini o‘tishida, 
hayotiy funksiyalarni kritik buzilishi mexanizmi kuzatiladi.
Terminal xolatni uch bosqichli tasnifi keng tarqalgan: predagoniya, 
agoniya, klinik o‘lim. Undan tashqari, reanimatsion muolajalardan keyingi holat 
ham kiritiladi.


402 
Predagonal holat: umumiy karaxtlik, hushida emas, qon bosimi 
aniqlanmaydi, pereferik qon tomirlarda puls aniqlanmaydi, lekin son va uyqu 
arteriyalarida aniqlanadi; nafas olishni buzilishi xansirash, sianoz va teri 
qoplamlari va shilliq qavatlarini rangparligi kuzatiladi.
Agonal holat: quyidagi simptomokompleks asosida aniqlanadi: hushini 
yo‘qligi va ko‘z reflekslarini yo‘qligi, qon bosimi aniqlanmaydi, yirik 
arteriyalarda juda sust va pereferik tomirlarda aniqlanmaydi; auskultatsiyada 
yurak tonlari sust eshitiladi; EKGda yurak ritmini buzilishi va gipoksiya 
belgilari qayd qilinadi.
Klinik o‟lim: qon aylanishini butunlay to‘xtashidan keyin, nafas va 
markaziy nerv sistemasini funksional aktivligini yo‘qolishi bilan qayd qilinadi. 
O‘pkalarni ishlashini to‘xtashidan so‘ng almashinuv jarayonlari keskin susayadi, 
lekin anaerob glikoliz hisobiga to‘liq to‘xtamaydi. Shu sababli klinik o‘lim 
holatidan qaytarish mumkin, uni davomiyligi nafas va qon aylanishini to‘liq 
to‘xtashidan keyingi bosh miyani yashashi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shu o‘rinda miya va biologik o‘lim tushunchalarini eslatib o‘tish mumkin.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling