O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Kolostomiyani parvarishlash


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Kolostomiyani parvarishlash 
Axlatli oqma (kolostoma) – bu notabiiy orqa teshik bo‘lib, axlat 
massalarini chiqarish uchun xizmat qiladi. Asosan chap yonbosh sohaga 
qo‘yiladi.
Maqsad. Kolostoma atrof terisini yallig‘lanishini oldini olish.
Ko‟rsatma. Har gal axlat kelgandan keyin tozalash maqsadida.
Kerakli anjomlar. Steril doka salfetkalar va paxta shariklar; steril pinset
shpatel; qaychi; steril vazelin moyi; sink mazi yoki Lassar pastasi; 3 % vodorod 


395 
peroksid eritmasi; 96% spirt; steril va ishlatilgan shariklar uchun buyraksimon 
tog‘orachalar. 
Kolostomiyani parvarishlash texnikasi 
Muolaja rezina qo‘lqopda bajariladi.
1. Tog‘oraga bir nechta sharik solinadi va vodorod peroksid quyiladi.
2. Sharik pinset bilan olinadi, kolostoma atrof terisi pereferiyadan ichak teshigi 
tomon tozalanadi. Tozalash bir necha bor takrorlanadi.
3. Kolostoma atrof terisi spirtli sharik bilan artiladi.
4. Kolostoma atrofiga shpatel bilan qalin qilib maz yoki pasta surtiladi.
5. Kolostomaga vazelin bilan namlangan salfetka, ustidan yana paxta bilan salfetka 
qo‘yiladi.
6. Bog‘lam bint bilan yoki bandaj, maxsus tasma bilan mahkamlanadi. 
Izoh. Maz yoki pasta terini ichak hosilasi bilan zararlanishi oldini olar ekan, uni 
har kuni artib tashlash kerak emas. Aksincha ustiga har kuni yangidan surtish 
lozim. Bu maz juda ifloslanib ketsagina artib tashlanadi va o‘rniga qayta 
surtiladi.
Tsistostomani parvarishlash 
Tsistostoma – siydik qopini qov usti sohasi oqmasidir va siydik qopi, siydik 
yo‘llari jarohatida, prostata bezi gipertrofiyasida, chanoq a‘zolari funksiyasi 
buzilishi bilan kechuvchi orqa miya jarohatlarida qo‘yiladi.
Maqsad. Tsistostoma atrof terisi yallig‘lanishini oldini olish.
Ko‟rsatma. Har kuni siydik qopini yuvgandan so‘ng.
Kerakli anjomlar. Furatsilinning 1:5 000 eritmasi, kumush nitratning 1:5 
000 yoki kaliy permanganatning och-pushti rang eritmasi; 3 % vodorod 
peroksid eritmasia; 96% spirt; Jane shpritsi; steril pintset; steril paxta shariklar 
va doka salfetkalar; siydik yig‘gich; suvli hammom idishi; siydik yig‘ish uchun 
konteyner; leykoplastir yoki maxsus teshikli kamar; rezina qo‘lqop. 
Tsistostomani parvarishlash bosqichlari: 


396 
Siydik qopiga oqma orqali Petsser yoki Maleko kateteri o‘tkaziladi. Bu 
kateterlar uchida kengayish bo‘lib, tushib ketishini oldini oladi. Manipulyatsiya 
rezina qo‘lqopda bajariladi.
1. Furatsillin yoki kumush nitrat eritmasi idishdagi suvli hammomda +38 °S 
isitiladi va Jane shpritsiga 100-150 ml olinadi.
2. Petsser kateteri siydik yig‘adigan konteynerdan uziladi.
3. Kateterga Jane shpritsi ulanadi va siydik qopi antiseptik eritma bilan 
yuviladi, siydik yig‘gichga chiqariladi.
4. Siydik yig‘gich konteyner yuviladi yoki yangisiga almashtirib kateterga 
ulanadi.
5. Kateter atrofi perikis vodorodga namlangan paxta bilan artiladi.
6. Tsistostoma atrof terisi spirt bilan artiladi.
7. Quruq aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Bunda salfetka o‘rtasigacha kesiladi va 
kateter atrofidan aylantirib joylashtiriladi. Ustidan ikkinchi salfetkani ham 
shunday kesib qarama-qarshi tomondan qilib joylashtiriladi.
8. Salfetkalar leykoplastir yoki bandaj bilan mahkamlanadi.
Izoh. Tsistostomadan (epitsistostoma) siydik yaxshi chiqishi uchun bemorni yon 
tomonga aylantirib turish tavsiya etiladi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling