O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Nazorat savollari: 
1. ―Vegetativ buzilish sindromi‖ qanday bilinadi?
2. ―Astenik sindrom» qanday bilinadi? 
3. ―Fobiya sindrom» qanday bilinadi? 
4. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari nimalarni bilishi va nimalarga 
ahamiyat qilishi lozim? 


389 
5. Shifokorlar operatsiyadan oldingi va keyingi davrda bolalarning qanday 
psixologik muammolariga duch kelishadi? 
6. Tibbiyot xodimini bemor bola yaqinlari va qarindoshlari bilan muloqot 
qilish taktikasi qanday?
4.14. Shifokor tomonidan operatsiyadan keyingi davrda bajariladigan 
muolajalar ahamiyati. Ichak va siydik oqmasi bo’lgan bemorlarni 
parvarishlash 
Operatsiyadan so‟nggi davr to‟g‟risida tushuncha. Operatsiyadan so‘nggi 
davr – bu operatsiya tugagandan to bemorning kasalxonadan tuzalib chiqib, 
mehnat faoliyati tiklanguncha bo‘lgan davri hisoblanadi. Operatsiya hajmi, 
xarakteri va bemor umumiy holatiga ko‘ra bu davr bir necha kundan bir necha 
oygacha cho‘zilishi mumkin. Xirurgik operatsiya natijasi operatsiyadan so‘nggi 
davr qanday olib borilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu davrda bemorlarni parvarishda 
o‘rta tibbiyot xodimi o‘rni juda katta. Shifokor ko‘rsatmasini to‘g‘ri va o‘z 
vaqtida bajarish, bemorga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish bemorni tezroq 
sog‘ayishi garovi hisoblanadi.
Kichik operatsiyalardan keyin, asosan mahalliy og‘riqsizlantirilib qilingan 
operatsiyalardan keyin bemor bolani umumiy palataga qo‘yiladi. Ko‘krak 
yoshidagi bolani onasi qo‘liga beriladi. Katta operatsiyalardan keyin bemor 
maxsus 
jihozlangan, 
reanimatsion 
yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan 
operatsiyadan keyingi palatalarga o‘tkaziladi. Operatsiya xonasidan bemor 
bolani operatsiyadana keyingi palataga o‘tkazish shifokor-anesteziolog yoki 
operatsiyadana keyingi palata hamshirasi yordamida amalga oshiriladi. Bu 
vaqtda bemorga qo‘shimcha jarohat yetkazmaslik, bog‘lamni surib yubormaslik, 
gipsni sindirmaslikka katta ahamiyat berish lozim. Operatsion stoldan bemorni 
katalkaga o‘tkaziladi va unda operatsiyadana keyingi palataga olib boriladi. 
Katalka zambili bilan krovatni oyoq tomoniga to‘g‘rilab qo‘yiladi. Keyin 
katalkadan bemorni qo‘lda olib krovatga yotqiziladi. Bemorni boshqa holatda, 
ya‘ni zambilni krovatni bosh tomoniga to‘g‘rilab ham yotqizsa bo‘ladi  


390 
Hozirgi 
vaqtda 
umumiy narkoz stida o‘tkazilgan murakkab 
operatsiyalardan keyin bemor 2-4 kunga reanimatsiya bo‘limiga o‘tqaziladi. 
Keyinchalik bemor ahvoli yaxshilanishiga qarab operatsiyadan so‘nggi palataga 
yoki umumiy palataga o‘tkaziladi. Operatsiyadan so‘nggi palata katta 
bo‘lmasligi lozim (ko‘pi bilan 2-3 bemorga mo‘ljallangan). Bu 
palatada 
markazlashgan kislorod berish tizimi va reanimatsion yordam ko‘rsatishga kerak 
bo‘ladigan hamma instrumentlar jamlanmasi, apparatlar, dori vositalari bo‘lishi 
shart.
Asosan bemorga ma‘qul joylanishni amalga oshirishga imkon beradigan 
fuksional krovatlar bo‘ladi. Krovatga tagidan kleyenka qo‘yilgan toza oqlik 
solingan bo‘ladi. Bemorni krovatga yotqizishdan oldin oqliklar isitgich bilan 
isitiladi. 
Bemorni kuzatish va parvarishlash. Operatsiyadan keyingi davrda 
bemorni kuzatish va parvarishlashda shifokor roli katta ahamiyat kasb etadi. 
Bemor shikoyatini tinglash, bemorni yuzi holatiga (stradalgik, xotirjam, tetik va 
h.o.), teri rangiga (rangpar, qizargan, ko‘kargan) va tana haroratiga (tushishi, 
normal, ko‘tarilishi) ahamiyat qilish lozim. Har kuni bemorni umumiy 
ko‘rikdan o‘tkazish kerak. Hayotiy muhim a‘zolar faoliyatini doimo kuzatib 
turish lozim. Har xil asoratlarni oldini olish – bu to‘g‘ri tashkil qilingan bemorni 
parvarishidir. 
Yurak qon-tomir faoliyatini puls, arterial bosim, teri rangi baholaydi. Puls 
sekinlashib to‘liqligini kuchayishi (daqiqada 40-50 zarba) markaziy nerv 
sistemasini buzilishi (bosh miya shishi yoki bosh miyaga qon quyilishi),
meningit sababli bo‘lishi mumkin. Puls tezlashib to‘liqligini susayishi 
(daqiqada 100 zarba) ikkilamchi shokdan yoki qon ketishdan dalolat beradi. 
Agarda ushbu holat birdan, ko‘krak qafasida og‘riq va qon tuflash bilan 
boshlansa o‘pka arteriyasi emboliyasi to‘g‘risida o‘ylash mumkin. Bu holda 
bemor bir necha soniyada o‘lib qoladi.


391 
Operatsiyadan so‘nggi davrda operatsiya turi, hajmidan qat‘iy nazar o‘pka 
ventilyatsiyasi kamaydi (yuzaki, tez nafas olish). Bu holat o‘pka nafas 
ekskursiyasini kamayishi (og‘riq, bemorni majburiy holati), bronxlarga suyuqlik 
to‘planishi (balg‘amni yaxshi ko‘chmasligi) bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday 
holatlar nafas yetishmovchiligiga va o‘pka yallig‘lanishiga olib keladi. Nafas 
yetishmovchiligi va operatsiyadan keyingi davrda o‘pka yallig‘lanishini 
profilaktikasi: bemorni erta aktiv harakatlantirish, davolovchi fizkultura, 
massaj, davriy ravishda kislorod ingalyatsiyasi, antibiotikoterapiya, balg‘am 
ko‘chiruvchi dorilar berish.
Har bir operatsiya hazm qilish a‘zolari faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi, hattoki 
ushbu a‘zolarda operatsiya o‘tkazilmagan bo‘lsa ham. Markaziy nerv 
sistemasini tormozlovchi ta‘siri, operatsiyadan keyingi davrda bemor harakatini 
cheklanishi hazm qilish a‘zolari disfunksiyasiga olib keladi. Hazm qilish a‘zolari
―oynasi‖ – tildir.
Til qurishi organizmni ko‘p suv yo‘qotishini va suv almashinuvini 
buzilganini bildiradi. Zich oq karash bilan qoplangan quruq, yorilgan til esa 
qorin bo‘shlig‘i a‘zolari patologiyasi – peritonit, ichaklar parezini bildiradi.
Og‘iz quriganda og‘iz bo‘shlig‘ini nim tuzli suv, yoriqlar bo‘lganda esa 
soda eritmasi (bir stakan suvga 1 choy qoshiq), 2% bor kislotasi, vodorod 
pereoksid eritmasi (bir stakan suvga 2 choy qoshiq), 0,05-0,1% kaliy 
permanganat eritmasi bilan chayish, glitserin surtish tavsiya etiladi. Og‘iz qurish 
fonida stomatit (og‘iz shilliq qavati yallig‘lanishi) yoki parotit (quloq orldi bezi 
yallig‘lanishi) rivojlanishi mumkin. Salivatsiyani kuchaytirish maqsadida suvga 
limon yoki klyukva soki qo‘shiladi.
Ko‘ngil aynish va qusish narkoz, intoksikatsiya, ichak tutilishi, peritonit 
tufayli kelib chiqadi. Ko‘ngil aynish va qusishni sababini aniqlash lozim. 
Birinchi yordam: boshni yon tomonga buriladi, burundan ingichka zond 
o‘tkaziladi va oshqozon yuviladi.


392 
Meteorizm sababi bo‘lib ichak parezi yoki ichaklarda gaz yig‘ilishi 
hisoblanadi. Meteorizmni bartaraf etish uchun bemorni tez-tez turg‘azish, gaz 
chiqaruv naycha qo‘yish, tozalovchi yoki gipertonik klizmalar qilish tavsiya 
etiladi.
Bemorni aktiv hvrvkatlantirish qabziyatni oldini oladi. Ovqat
kletchatkaga boy bo‘lishi, ichni yumshatish effektiga (prostokvasha, kefir, 
mevalar) ega bo‘lishi lozim. Huqna qilsa ham bo‘ladi.
Normada bemor sutkasiga 1500 ml siydik ajratadi. Ba‘zi holatlarda 
buyraklar faoliyati buziladi (intoksikatsiya, nerv-reflektor va h.o. sabablar), to 
siydik ajratishni to‘xtashigacha – anuriyagacha. Ba‘zan buyrak normal ishlashi 
fonida siydik ajralishi vaqtincha to‘xtaydi – ishuriya, asosan nerv-reflektor 
sababga ko‘ra. Ishuriyada bemor ahvoli ko‘tarsa bemor turg‘iziladi, o‘tqiziladi, 
qorin pastki sohalariga isitkich qo‘yiladi, isitilgan tuvakka o‘tqaziladi, tog‘oraga 
suv tomiziladi (reflektor ta‘sir). Bu muolajalar natija bermasa siydik qopiga 
kateter qo‘yiladi.
Operatsiyadan so‘nggi davrda psixika holati katta ahamiyatga ega. Injiq 
bemor rejim va ko‘rsatmalarni yomon bajaradi. Shu sababli ham ularda yara 
bitishi asoratli bo‘ladi. Operatsiyadan so‘nggi davrda nerv-psixik zo‘riqishni 
kamaytirish lozim. Bu esa nafaqat dori bilan, balki yaxshi parvarish bilan 
amalga oshiriladi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling