Plyonkali rejimdagi qaynash jarayonida suyuqlikni issiqlik uzatish koeffitsiyentini aniqlash. Ishning maqsadi


Download 296.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi296.6 Kb.
#1628059
Bog'liq
3-laboratoriya mashg`uloti



3-LABORATORIYA ISHI 
PLYONKALI REJIMDAGI QAYNASH JARAYONIDA SUYUQLIKNI 
ISSIQLIK UZATISH KOEFFITSIYENTINI ANIQLASH. 
 
 
ISHNING MAQSADI: Plyonkali rejimdagi qaynashi va issiqlikni sirtga berish 
jarayoni hamda issiqlik uzatish koeffitsiyentini tajriba yo’li bilan aniqlash. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qaynashni plyonkali rejimi. 
 
17-rasm. Laboratoriya qurilmasining umumiy ko‘rinishi. 
 
1 Harorat T
4
datchigini ulash tuguni 16 Istishning 
elektr 
ta’minotini 
o’chirish kaliti 
2 Isitish yuzasining T5 harorat 
datchigini ulash tuguni 
17 Suv kondensatori 
3 Isitish moslamasini biriktirishning 
elektr ulagichi H 
18 Harorat datchigi 
4 Shisha silindr 
19 Saqlagich klapan 
5 Termo juftlik 
20 Quyish klapan 
6 Oqizib yuborish klapani 
21 Isitish P quvvati displeyi 
7 Harorat datchigi 
22 Bug’ harorati T3 displeyi 
8 Isitish moslamasi 
23 Kirishdagi sovutish suvi harorati 
T1 
9 Port USB 
24 Harorat datchigi 
10 Elektr tokini ulash tuynugi 
25 Suyuqlik harorati T4 
11 Kirish suv patrubkasi 
26 Chiqishdagi sovutish suvi harorati 
T2 
12 Chiqish suv patrubkasi 
27 Hajmlardagi oqim F1 displeyi 


13 Nazorat klapani 
28 Bug’ bosimi P1 displeyi 
14 Isitish quvvati nazoratchisi 
29 Isitish 
moslamasining 
yuza 
harorati T5 
15 Oqim 
sarfini (suv) o‘lchash 
datchigi 
30 Elektr ta’minotining bosh kaliti 
 
Ushbu uskunada bajarilishi mumkin bo’lgan bir nechta tajriba protseduralari 
misollar sifatida keltirib o’tilgan. Tanlangan tajribalar o’ta chuqur bilim berishga 
mo’jallanmagan. Ular sizning o’z tajribalaringizni o’tkazishda turtki bo’luvchi 
g’oyalar berish uchun xizmat qiladi. 
Qaynashning plyonkali rejimi 
18-rasm. Qaynashning plyonkali rejimi 
 
T
W
-T
f
=200…>1000 Kq =200…>1000 kVt/m

 
- Qaynashning plyonkali rejimini ko’rsatib berish uchun isitishni maksimal 
quvvatda belgilangan, taxminan 200 Vt. Avvaligi isitgichda hech qanday 
o’zgarishlar kuzatilmaydi. 
Ammo bir necha soniyadan so’ng pufakchalarning kichik to’plamlari hosil 
bo’ladi. Bundan so’ng tezda butun isitgich kichik va katta pufakchalar bilan qoplab 
olinadi. Yuza harorati sekin ko’tarila boshlaydi. 
Taxminan 50 
0
C ga yaqin qiymatda isitish elementi atrofida qaynashning 
plyonkali rejimi boshlanadi. Pufakchalar yo’qoladi va isitgichning tashqi yuzasi 
atrofida gaz qatlami hosil bo’ladi. Bu qatlam issiqlikning o’rab turuvchi suyuqlikka 
uzatilishiga to’sqinlik qiladi. Gaz qatlami isitgichning oxirgi qismigacha tarqaladi. 
Oxirgi qismda termojuftlik o’rnatilgan bo’lib, u yuza haroratini o’lchaydi. 


Butun isitgich gaz (yoki bug’) plyonkasi bilan o’rab olinganda, yuza harorati juda 
tez ko’tarildi. 
Harorati ko’rsatkichi 80 
0
C ga teng bo’lganida, isitgichi avtomatik ravishda 
o’chadi. Bunday chora yetarli bo’lmagan sovitish tufayli kelib chiqadigan 
shikastlanishning oldini olish uchun ko’riladi. 
Quyidagi yuzaga beriladigan issiqlik yuklanishi qo’llanilgan issiqlik quvvati 
va isitgich yuzasidaǜn kelib chiqadi: 
q
=
𝑄
𝐴
(1) 
Issiqlik uzatish koeffitsiyenti 
𝛼 quyidagi formulaga ko’ra hisoblaniladi: 
𝛼
𝑄
𝐴∙(𝑡𝑤−𝑡𝑓)
(2) 
Quyidagi qiymat issiqlik uzatishga nisbatan qarshilik R
ǜ 
ka mos keladi: 
𝑅
𝑢
=
𝑡𝑤−𝑡𝑓
𝑄
=
1
𝛼∙𝐴
(3) 
2. ISHNING BAJARISH TARTIBI. 
 
Laboratoriya qurilmasini elektr tokini ulash tuynugi orqali tokka ulanadi va
ishga tushiriladi. Qurilmaning ishchi displeyidan isitish quvvati 200…>1000  kvt/m
2
ga
sozlanadi. Harorat datchigi orqali ishchi suyuqlik va isitilayotgan suyuqlik 
temperaturalari va issiqlikni sirtga berish jarayoni hamda issiqlik uzatish 
koeffitsiyenti tajriba yo’li bilan aniqlanadi.
3. HISOBOTNING MAZMUNI. 
1. laboratoriya ishining nomi. 
2. Qisqacha nazariy ma’lumot. 
3. Tajriba yakunlari. 
4. Ishning yakuni bo’yicha xulosa. 
Nazorat savollari: 
 
1. Plyonkali rejim deb nimaga aytiladi? 
2. Plyonkali rejimida qaynashni tushuntirib bering? 
3. Plyonkali rejimidagi qaynash jarayonida suyuqlikni issiqlik uzatish koeffitsiyenti 
qanday aniqlanadi? 
 
 
 
 

Download 296.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling