O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Isituvchi kompress 
Ta‟sir mehanizmi: Qon tomirlarni uzoq vaqt kengayishini ta‘minlaydi. Bu 
teri va teri osti a‘zolariga qon kelishini ko‘paytiradi, natijada yallig‘lanish 
o‘chog‘larida so‘rilish va og‘riq qolishi kuzatiladi.
Ko‟rsatma: 

Halqum, bo‘g‘im, plevra, emizikli ayollarda sut bezlari, teri, o‘rta quloq 
yallig‘lanish jarayonlari. 

In‘yeksiyadan keyingi infiltratlar. 

Boylamlar cho‘zilishi va lat yeyishi (jarohatdan bir kun o‘tgandan keyin). 
Qarshi ko‟rsatma: 

O‘rta quloq yiringli yallig‘lanishi (otit). 

Teri qoplami butunligi buzilishi. 

Teridagi allergik va yiringli toshmalar (furunkul, karbunkul). 

Tana yuqori harorati. 
Kerakli anjomlar: 

Bint, doka, paxta. 

Kompress qog‘oz yoki kleyenka. 


382 

40 % etil spirt. 

Lotok. 

Qaychi. 

Ishlatilgan materiallar uchun lotok. 
Bajarilish ketma-ketligi: 
1. Kompress qo‘yiladigan tana sohasi hajmidagi 8 qavatli doka tayyorlanadi 
(nam qavat). 
2. Doka salfetkaaning har tomonidan 1-2sm chiqib turadigan qilib kompress 
qog‘oz yoki kleyonka kesib olinadi (izolyatsiya qavati). 
3. Kompressda qog‘ozdan 1-2 sm katta paxta tayyorlanadi (isituvchi qavat). 
4. Kompressni mahkamlovchi bint tayyorlanadi. 
5. Doka salfetka 40% etil spirt bilan namlanadi. 
6. Ehtiyotkorlik bilan yig‘irilma hosil qilmasdan salfetka bemor tanasiga 
qo‘yiladi. 
7. Ustidan kompress qog‘oz va paxta qo‘yiladi (kompress qog‘oz qochmasligi, 
paxta ikkala qavatni ham bosib turishi lozim). 
8. Kompress bint bilan o‘rab mahkamlanadi, bunda qon aylanishi va 
germetikligi buzilmasligi lozim (rasm.3). 
9. 1-2 soatdan keyin kompress effektivligi bog‘lam ostiga barmoq tiqib ko‘rish 
bilan tekshiriladi. Agar salfetka nam va issiq bo‘lsa, kompress to‘g‘ri qo‘yilgan 
hisoblanadi. 
10. Kompress 6-8 soatga qoldiriladi (asosan tunda). 
11. Kompress yechiladi va uning effektivligi tekshiriladi (salfetka nam va issiq 
bo‘lishi lozim). 
12. Kompress yechilgandan so‘ng teriga quruq iliq bog‘lam qo‘yiladi. 
Asorati: teri matseratsiyasi (ta‘sirlanishi), kuyish. 
Izoh: Quloqqa kompress qo‟yganda birinchi va ikkinchi qavatlarda quloq 
suprasi uchun teshik qilinadi; - Uzoq vaqt kompress qilinganda 1-2 kun tanaffus 
qilinadi; - Qayta kompress oldingi kompress yechilgandan kamida 1 soat 


383 
o‟tgandan so‟ng qo‟yiladi. Teri tirnalishini oldini olish maqsadida oldin teri 
45% etil spirti bilan tozalanadi, quruq qilib artiladi va teriga vazelin yoki 
kamfora moyi surtiladi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling