O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Nazorat savollari: 
1. Narkoz deganda nimani tushunasiz? 
2. Anesteziologiya – bu…? 
3. Narkozning qaysi turlari tafovut qilinadi? 
4. Narkozga ishlatiladigan dorilar tanaga qaysi yo‘llar bilan kiritiladi? 
5. Narkozning asoratlarini sanab o‘ting? 


375 
6. Tana haroratini o‘lchash texnikasini tartibini ayting? 
7. Pul‘sni aniqlash va tekshirish tartibini ayting? 
8. Arterial bosimni tekshirish tartibini ayting? 
4.12. Bemorni operatsiya oldi davrida shifokor tomonidan olib borilishi 
lozim bo’lgan muolajalarning ahamiyati. 
Bemor kasalxonada yotib operatsiyaga tayyorlanayotgan vaqti operatsiya 
oldi davri deyiladi. Bemorni operatsiyaga tayyorlayotganda operatsiya turi, 
og‘irlik darajasi, asosiy hayotiy a‘zolar holati (yurak, o‘pka, jigar, buyrak) va 
og`riqsizlantirish turini inobatga olish kerak.
Tibbiyot hodimi vazifasi – bemorni tinchlantirishdir. Tibbiyot hodimini 
bemorga yaxshi va o‘z vaqtida to‘gri muomalasi bemor bolani tez tuzalishini 
garovidir. Bolaga toza havo juda zarur. Qishda bolani issiq kiyintirib xonani 
shomollatib turish zarur. Yozda esa derazalarni doimo ochiq holda, iloji boricha 
setka bilan qo‘yish lozim. Ko‘rpa va choyshablarni toza tutish, qoqib turish 
lozim, ularda yig‘ilmalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, kamida 
haftasiga bir marta almashtirib turish zarur. Agar bolada siydik tuta olmaslik 
alomati bo‘lsa to‘shak usti kleyonka bilan qoplangan bo‘lishi, ustidan choyshab 
to‘shalishi lozim,Bolani har kuni cho‘miltirish, har ovqatdan oldin qo‘lini 
yuvish, ko‘p terlasa terini toza, quruq sochiq bilan artib turish va kiyimlarini tez-
tez almashtirib turish lozim. Tana harorati ko‘tarilib turadigan bolalarda doimo 
quruq lablar bo‘ladi. Shu sababli kuniga bir necha bor lablarni tuzsiz sariyog‘ 
yoki vazelin bilan namlab turish kerak bo‘ladi. Har ichi kelganda albatta bolani 
oraliq sohasini yuvish kerak.
Bemor bolalar ko‘pincha injiq va ta‘sirchan bo‘ladi. Gigienik va davo 
muolajalari, ovqatlantirishlar ko‘pincha bola tomonidan qarshilik bilan kutib 
olinadi. Shu sababli ham shifokor bolaga kamroq psixik va jismoniy jarohat 
yetkazmasdan muolajalarni bajarishi, sabrli bo‘lishi lozim. Bemor bolalarga 
operatsiya kerakligi to‘g‘ri tushuntirilishi, operatsiya natijasi yaxshi chiqishiga 


376 
ishontirish lozim. Misol tariqasida shunga o‘hshash operatsiyadan yaxshi bo‘lib 
tuzalgan bemorlarni keltirib o‘tish kerak.
Yuqoridagi holatlarni tushuntirishda hamshira ham shifokor bergan 
ko‘rsatmalarga mos holatda tushuntirish o‘tkazishi lozim. Moboda shifokor va 
hamshira tushuntirishlarida qarama-qarshilikni bemor sezsa, unda tibbiyot 
xodimiga nisbatan ishonchsizlik kuzatiladi. Kasallik tarixini bemor qo‘liga 
tushishidan saqlash lozim. Aks holda maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan 
bemor bola kasallik tarixidagi ma‘lumotlarni noto‘g‘ri tushunishi mumkin.
Teri qoplamlarini ko‘zdan kechirganda yiringdonlar, yallig‘lanish 
infil‘tratlari borligiga ahamiyat qilish lozim. Operatsiyadan oldin teridagi 
hamma yallig‘lanish o‘chog‘larnini davolash zarur, bo‘lmasa operatsiyadan 
keyingi davrda bu yiringdonlar endogen infeksiya o‘chog‘i bo‘lishi va og‘ir 
asortalarga olib kelishi mumkin, hattoki yiringli jarayonni butun organizmga 
tarqalishigacha. Operatsiyadan bir kun oldin bemor bola vanna qabul qilishi 
zarur. Operatsiya maydonidagi sochlarni operatsiya kuni tozalanadi. Sanitar 
tozalash ishlari issiq dush xonasida o‘tkaziladi. Agar vanna tavsiya etilgan 
bo‘lsa suv harorati 36-37°Cdan oshmasligi kerak. Organizm himoya funksiyasi 
pasaymasligi uchun bolani sovuq qotishdan asrash lozim. 
Kuniga ikki marta bemor tana haroratini o‘lchash lozim. Haroratni o‘lchash 
vaqti asosan ertalab uyqudan uyg‘ongach va kechqurun kunduzgi uyqudan keyin 
soat 16-17 larda. Mabodo tana haroratini tez-tez o‘lchash kerak bo‘lsa shifokor 
ko‘rsatma beradi. Xonada tinch holat hosil qilish lozim. Bolada kunduzi ham, 
kechasi ham tinch uyqu bo‘lishi lozim. Hamma kuzatuv natijalarini hamshira 
yozib borishi shart. Ushbu yozuvlar uchun bemorga alohida hamshira varag‘i 
ochiladi. Unda tana haroratini belgilash, ishtahasi, ichi kelishi, siyishi, qusish va 
h.o.lar to‘g‘risida ma‘lumotlar bo‘ladi.
Bemor bolada operatsiya o‘tkazish uchun albatta ota-onasidan yoki 
vasiylaridan yozma rozilik olinishi shart. Ularga operatsiya mohiyati, og‘irlik 
darajasi, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar to‘g‘risida tushuntirish o‘tkazish 


377 
lozim. Ushbu qoidaga faqat shoshilinch operatsiyaga muhtojlik bo‘lgan va Shu 
paytda ota-ona kelmagan holat bo‘lsa amal qilinmaydi. Bunday paytda 
operatsiyaga ko‘rsatma kamida ikkita shifokor konsiliumi asosida qabul qilinadi.
Bo‘lim boshlig‘i va bosh shifokor qabul qilingan qaror to‘g‘risida 
ogohlantiriladilar. 
Operatsiyani o‘tkazish muddati kasallik xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Operatsiya bolani turli yoshida, hattoki yangi tug‘ilgan paytida ham o‘tkaziladi. 
Operatsiyaga tayyorlash kasallik xarakteriga, bemor yoshiga va umumiy 
holatiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘ir operatsiyalardan oldin funksional diagnostika 
usullaridan foydalanib to‘liq tekshiruvlar o‘tkazilishi shart. Bemorni 
operatsiyaga tayyorlashda psixologik faktor katta rol o‘ynaydi. Bunda ota-ona, 
tarbiyachi va bolaning do‘stlari yordami zarur bo‘ladi.
Ko‘krak yoshidagi bolalar bir kun oldin soat 22:00 gacha 
ovqatlantiriladilar. Kattaroq yoshli bolalarga yengil kechki ovqat beriladi.
Operatsiyagacha 3 soat qolganda bolaga shirin choy berish mumkin. U 2 soatdan 
keyin so‘riladi va qusish chaqirmaydi. Operatsiya bo‘ladigan bemorlarga surgi 
dori berilmaydi. Bir kun oldin kechqurun va operatsiya kuni ertalab huqna 
qilinadi.
Bemorni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Qisqacha anamnez 
yig‘iladi, umumiy ko‘rik: perkussiya, auskultatsiya va paypaslash o‘tkaziladi. 
Umumiy qon, siydik tahlili, rentgenoskopiya yoki rentgenografiya, maxsus 
ko‘rsatmalar bo‘yicha boshqa tekshiruvlar qilinadi. Qabul bo‘limida bemor 
ahvoliga qarab chala yoki to‘liq sanitar tozalash o‘tkaziladi. Shoshilinch 
holatlarda bemor kiyimi yechiladi, nam gubka bilan tana artiladi, sochli qismi 
olinadi. Oshqozon to‘la bo‘lsa zond yordamida bo‘shatiladi. Huqna qilinmaydi. 
Siyishda qiyinchilik bo‘lsa siydik qopiga kateter qo‘yiladi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling