O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Tana haroratini o’lchash texnikasi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Tana haroratini o’lchash texnikasi 
Maqsad: bemorning holatini kuzatish. Kasalxonada davolanayotgan 
barcha bemorlar kuniga 2 marta tana harorati o‘lchanadi: ertalab soat 6-8 da va 
kech soat 16-18 larda, va yana zarurat bo‘lganda ham o‘lchanadi. 


371 
Zarur ashyolar: 
• Tibbiy termometr. 
• Buyrak shaklidagi idish (lotok yoki maxsus tog‘ora). 
• Sochiq. 
• Harorat qayd qilinadigan daftar. 
• Harorat varag‘i. 
• Dezinfeksiyalovchi eritma uchun idish. 
• Toza termometrlarni saqlash uchun idish. 
• Momiq paxta. 
Qo’ltiq ostidagi haroratni o’lchash 
Amalni ketma-ketligi: 
1. Termometrni ehtiyotkorlik bilan 34ºCgacha silkiting. 
2. Bemor o‘tirtiriladi yoki yotqiziladi, bemor yonida issiq suvli shisha, muz 
to‘plami yoki isitish asboblari (grelka) yo‘qligiga ishonch hosil qiling. 
3. Mahalliy yallig‘lanish jarayonini inkor qilish uchun qo‘ltiq sohasini ko‘zdan 
kechiring, chunki o‘lchov natijalari ortiqcha baholanishi mumkin. 
4. Qo‘ltiq sohasini quruq sochiq bilan arting, chunki namlik simobni sovutishi 
mumkin. 
5. Termometrni qo‘ltiq ostiga qo‘ying, simob rezervuarining tana terisiga har 
tomonda tegib turganligiga ishonch hosil qiling. 
6. Kuchsizlangan, holsiz bemorlarni yelkasini tanasiga biroz siqib turishga yordam 
bering. 
7. 10 daqiqadan so‘ng termometr ko‘rsatgichini ko‘ring va bemor haroratini 
aniqlang. 
8. Agar harorat 37°C yoki undan yuqori bo‘lsa, o‘lchov natijasini haroratni qayd 
qilish daftariga yozib qo‘ying. 
9. Ishlatilgan termometrni dezinfeksiyalang. 
10. Termometrni suv bilan dezinfeksiyalovchi hid yo‘qolguncha yuvib tashlang va 
toza sochiq artib quriting. 


372 
11. Termometrni tagiga paxta qatlami mavjud toza quruq idishga solib qo‘ying. 
Idishga "Toza termometrlar" degan yozuvni yozing. 
12. Harorat jadvalidagi o‘lchov natijasini grafik yozuv ko‘rinishida kiriting (bitta 
katakchanin farqi 0,2°C). 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling