O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Arterial bosimni o’lchash texnikasi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Arterial bosimni o’lchash texnikasi 
Maqsad: yurak-qon tomir tizimining holatini baholash. 
Zarur ashyolar: 
• Tonometr. 
• Fonndoskop. 
• Harorat varag‘i. 
Bajarish tartibi: 
1. Bemorni o‘tirg‘izib, xotirjam holatda ekanligiga ishonch hosil qiling. 
2. O‘ng qo‘lni kiyimdan ozod qilishni taklif qiling. 
3. Bemorning qo‘lini stol ustiga ko‘targan holda, taxminan yurak darajasida 
joylashtiring. 
4. Tanometr manjetasini tirsak bo‘g‘imidan 2-3 sm yuqorida, bunda 
tanometrning rezina manjetasi yelka arteriyasining markazida joylashishiga 
ishonch hosil qiling. 
5. Manjetani asbob bilan ulaydigan rezina bemorning tashqi tomonida 
turganligiga ishonch hosil qiling. 
6. Bemorning tirsak arteriyasidagi pul‘sni paypaslang, bir vaqtning o‘zida 
grusha yordamida manjetaga havo yuboring. 


374 
7. Tanometrning o‘qiga e‘tibor bering va pul‘s zarbasi yo‘qolguncha paypaslab 
turing, shundan so‘ng havo bosimini yana 20 mm ga oshiring. 
8. Fonendoskop membranasini bemor tirsak arteriyasi sohasida bosib turing va 
grushadagi vintni ohistalik bilan ochib havoni chiqara boshlang, bunda 
manjetadagi bosim bir sekundda 2 mm sim.ustunida pasayishi shart. 
9. Arteriyani etshita turib, tonometr o‘qi yoki raqamlarini kuzatib turing. 
10. Birinchi tovush eshitilishida sistolik bosimni qayd eting. 
11. Tovush yo‘qolishida diastolik bosimni qayd eting. 
12. Agar tonometrning o‘qi ikkita belgi orasida bo‘lsa bu holda yuqoridagi 
raqamni qayd eting. 
13. Manjetadagi havoni bosim diastolik bosimdan 20 mm gacha pasayguncha 
havoni chiqaring. 
14. 5 daqiqadan so‘ng qon bosimi o‘lchashni takrorlang, bunda tanometr 
manjetasidagi havoning to‘liq chiqqaniga, tanometr o‘qi yoki raqami "0" ga 
tushganiga ishonch hosil qiling. 
15. Ikki marta o‘lchov o‘tkazilgandan keyin eng kichik raqamlarni qayd eting 
(arterial bosimi 120/80 mm.sim.ustunidan kam bo‘lsa tekshiruv bir marta 
o‘tkaziladi). 
16. Tekshiruv natijasini bemorning tibbiy yoki ambulator daftariga raqam 
ko‘rinishidagi yozuv bilan (arterial bosim 120\80 mm sim.ust) va harorat 
varqg‘ida esa grafik ustun ko‘rinishida qayd qiling (bir katakchaning bo‘linish 
qiymati 5 mm.sim.ust. teng). 
17. Qon bosimini o‘lchash natijalarini baholang. 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling