O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Xantal qo’yish. Ta‟sir mehanizmi: xantaldagi efir moyi qon aylanishini 
yaxshilaydi, teri retseptorlarini qitiqlaydi, to‘qima va a‘zolar qon tomirlarini 


378 
kengaytiradi, so‘rdiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir 
etadi.
Ko’rstama: 
• Ko‘krak qafasi a‘zolari yallig‘lanish kasalliklari. 
• Gipertonik kriz. 
• Yurak sohasidagi og‘riqlar (stenokardiya xurujini bartaraf etish). 
• Radikulit. 
• Mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar. 
Qarshi ko‟rsatma: 
• Xantal qo‘yiladigan sohada teri kasalliklari yoki jarohatlari. 
• O‘pkadan qon ketish. 
• Xantalga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik. 
• Yuqori tana harorati. 
• Yomon va yaxshi sifatli o‘smalar. 
Kerakli anjomlar: 
• Xanatal va xantal paketchalari. 
• Lotok, iliq suv (harorat 40-45 °C). 
• Ko‘rpa, papiros qog‘oz yoki doka salfetka. 
• Paxtali tamponlar, sochiq, vazelin. 
• Ishlatilgan anjomlar uchun lotok. 
Bajarilish ketma-ketligi: 
1. Xantal yaroqliligini tekshirish: ishlab chiqarilgan sana, xantal sochilib 
ketmasligi kerak, xantalni namlaganda o‘tkir xidning paydo bo‘lishi. 
2. Xantal qo‘yish joyini aniqlash, teri qoplamlarini ko‘zdan kechirish. 
3. Bemorni yotqizamiz (rasm.1). 
4. Xantalni 5-10 daqiqa iliq suvga solamiz (harora 40-45 °C), suvni chayqatamiz 
va xantal tomoni bilan teriga yopishtiramiz (terida yuqori sezuvchanlik bo‘lsa va 
chaqaloqlarda xantal ostiga pipiros qog‘oz yoki doka salfetka qo‘yiladi yoki 
ikkita xantalni bir-biriga ichki tomoni bilan yopishtiriladi). 


379 
5. Bemorni avval sochiq bilan, keyin ko‘rpa bilan o‘raymiz. Bir necha 
daqiqadan so‘ng bemor terisida issiq va ozgina jizillashni sezishi kerak. 
6. 5-15 daqiqadan keyin xantal olinadi (terida giperemiya bo‘lishi kerak). 
7. Teridagi xantal qoldiqlari nam salfetka bilan artiladi va sochiq bilan teri 
quritiladi.
8. Teridagi qizargan sohalar vazelin yog‘iga namlangan paxta tamponlar bilan 
artiladi.
9. Bemor issiq qilib o‘raladi. 
10. 
O‘tkazilgan protseduradan keyin bemor 30-40 daqiqa yotishi lozim. 
Asorati: 
• Uzoq vaqt xantal terida qolib ketsa pufakchalar hosil qilgan holda teri 
kuyishini chaqiradi. 
• Xantalni bir necha bor bir xil joyga qo‘yilsa terini Shu sohasida pigmentatsiya 
yuzaga keladi. 
Izoh: ko‟krak yoshidagi bolalarga muolaja davomiyligi – teri 
qizarishigacha bo‟lishi lozim (5-7 daqiqa); - Xantal qo‟yish sohalari – yurak, 
ensa, yelka, ko‟krak sohalari, boldir mushaklari. 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling