O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


 Narkoz tushunchasi, turlari, asoratlari bo’yicha shifokorning bemor


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

4.11. Narkoz tushunchasi, turlari, asoratlari bo’yicha shifokorning bemor 
bilan muloqot qilishining ahamiyati 
Narkoz (yun. narcosis – karaxtlik) – sun‘iy yo‘l bilan (ba‘zi kimyoviy 
moddalar va boshqa omillar ta‘sirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, 
bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi 
butunlay yoki qisman yo‘qoladi. 
Qadim zamonlardan beri bemorlarni jarrohlik usulida davolash vaqtida 
insonning yuqori og‘riq sezgisini yengib o‘tish muammosini hal qilish zarurati 
olimlar va shifokorlarni tashvishga solib kelgan. Qadim zamonlardan buyon 
insoniyat og‘riqsizlantirishning ishonchli va xavfsiz usullarini aniqlash 
maqsadida izlanishlar olib bormoqdalar va hozirgi kunda og‘riqsizlantirish 
usullarini o‘rganadigan alohida fan ham mavjud bo‘lib, bu anesteziologiya 
fanidir. Hozirgi kunda anesteziologiya fani og‘riqsizlantirish usullarini 
takomillashtirish yo‘lida izlanishlarni davom ettirib, umumiy og‘riqsizlantirish 
vaqtida tanada salbiy ta‘sir va keyingi asoratlarni kamaytirishga alohida e‘tibor 
berilmoqda. 
Anesteziologiya – og‘riqsizlantirish to‘g‘risidagi fan bo‘lib, operatsiya 
jarohatining bemor tanasiga nojo‘ya ta‘siridan himoya qilish usullarini 
o‘rganadi. Zamonaviy nuqtai nazardan, anesteziologiya – tanani jarrohlik 
jarohati va uning oqibatlaridan himoya qilish, jarrohlik aralashuvi vaqtida 
hayotiy funksiyalarni nazorat qilish va boshqarishdir. Jarrohlik amaliyoti odam 
organizmi uchun nafaqat og‘riqli, balki ma‘lum bir darajada agressiv omil ham 


369 
hisoblanib, buning natijasida organizmda kompensatsiya-adaptiv reaksiyalar 
kompleksini ham keltirib chiqaradi. 
Anesteziyaning asosiy turlari. 
Umumiy og‟riqsizlantirish (anesteziya) – sun‘iy tarzda markaziy asab 
tizimining faoliyatini susaytirish bo‘lib, bunda bemor chuqur uyqu holatida 
bo‘ladi va bu jarayon qayta orqaga qaytarilishi mumkin. Narkozda kishi hech 
narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman 
yo‘qoladi, reflekslarning ayrim turlari ham yo‘qoladi. 
Mahalliy og‟riqsizlantirish – inson organizmining ma‘lum bir qismini, 
kishi ongi yoki es-hushini saqlab qolgan holda, sun‘iy ravishda og‘riq 
sezuvchanligini yo‘qotishdir. 
Anesteziyaga tayyorgarlik.Bemor anestezilog ko‘rikdan o‘tkazilib, 
quyidagilar aniqlanishi shart: 

bemor umumiy ahvolini baholash; 

anesteziya o‘tkazilishiga nojuya ta‘sir qiluvchi omillarni bemor anamnezidan 
so‘rab aniqlash; 

klinik va laborator ma‘lumotlarini baholash; 

jarrohlik va anesteziya xavfini aniqlash; 

anesteziya usulini tanlash; 

premedikatsiya xarakterini aniqlash. 
Premedikatsiya – narkozning kishi organizmiga operatsiya paytida va 
operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlarini kamaytirish maqsadida dori 
preparatlarini kiritishdir. 
Premedikatsiya vazifalari: 
• bemor hissiy qo‘zg‘alishlarini pasaytirish; 
• neyrovegetativ stabilizatsiya; 
• bemor organizmining tashqi ta‘sirotlarga reaksiyasini kamaytirish; 
• anestetiklarning ta‘siri uchun qulay sharoit yaratish; 
• narkozda ishlatiladigan dorilargp allergik reaksiyalarning oldini olish; 


370 
• so‘lak bezlari sekretsiyasini kamaytirish. 
Anestetik moddalarni tanaga kiritish yo‘li bo‘yicha umumiy og‘riqsizlantirish 
turlari: 
1. Nafas yo‟llari orqali (ingalyatsion) (anestetik moddalar bemorning nafas 
olish sistemasiga bug‘ shaklida kiritiladi va alveolalar orqali qonga tarqaladi): 
a) maskali; 
b) traxeya ichi. 
2. Tomir orqali. 
3. Kombinatsiyalashgan (odatda narkozning ilk bosqichlarida anestetiklar tomir 
orqali tanaga kiritilsa, so‘nggi bosqichlarida esa nafas yo‘llari orqali kiritiladi). 
Umumiy og‘riqsizlantirishning asoratlari: 
Laringit, traxeobronxit. 
• Nafas yo‘llari obsruksiyasi – tilni burish, tish yoki protezlarning nafas olish 
yo‘llariga kirishi). 
• O‘pka atelektazi. 
• Zotiljam 
• Yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilishlar: kollaps, taxikardiya, yurak 
ritmini buzilishi va hatto fibrilatsiyaga yoki yurak faoliyatining to‘xtashi. 
• Intubatsiyadagi 
shikastlanishlar 
(halqum, 
hiqildoq 
va 
traxeya 
shikastlanishlari). 
• Oshqozon-ichak traktining motor faoliyatidagi buzilishlar: ko‘ngil aynishi, 
qusish, regurgitatsiya, aspiratsiya, ichak parezi. 
• Siydikning tutilishi. 
• Gipotermiya. 
• Miya shishi. 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling