Ona tili
Mavzu: Ikkinchi darajali bo'laklar 126-128- mashqlar.
Maqsad: a) O'quvchilarning ikkinchi darajali bo'laklar haqidagi bilimlarini mustahkamlash gapda ega va kesimdan tashqari ikkinchi darajali bo'laklar ham bo'lishini anglab olishlariga erishish.
b) O’quvchilargda mavzu orqali Vatanga muhabbat tuyg’usini tarbiyalash.
d) Oquvchilarning husnixat malakalarini, og’zaki va yozma nutqini boyligini o’stirish.
Dars turi : Mustahkamlash darsi
Dars uslubi: Aralash, savol- javob, tushuntirish.
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatma va rasmlar.
D A R S N I N G B O R I S H I
1.Darsni tashkil etish. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish. Sinf o’quvchilarining davomatini aniqlash .
2.O’tilgan mavzuni so’rash. Uyga vazifalarni tekshirish
Gapda qanday bo'laklar bo'ladi?
Ikkinchi darajali bo'laklar qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
Husnixat mashqi
Eh jannatmakon Vatanim! Men seni sevaman! Shunday Vatanda yashashning o'zi bir baxt.
3.Yangi mavzu bayoni :
126-mashq . O'qing. Gaplarni ko'chirib, gap bo'laklarini aniqlash va tahlil qilish.
Kuchli shamol qo'zg'aldi.
Nima qo'zg'aldi?- shamol (ega) qo'zgaldi
Shamol nima qildi?-shaamol qo'zg'aldi (kesim)
Qanday shamol? – kuchli (I.D.B.) shamol.
Dam olish daqiqasi
127-mashq Nuqtalar o'rniga mos so'zlarni tanlab , matnni to,ldiring.
(Qanday?) Horg'in quyosh botdi. (Qayerni?) Atrofni qorong'ulik bosdi. (Qayerda?) Osmonda to'lin oy ko'rindi. (Qanaqa?) To'lin oy (nimani?) kechani yoritdi
4.Darsni mustahkamlash:
IKKINCHI DARAJALI BO’LAK GAPDA NIMA UCHUN KERAK?
IKKINCHI DARAJALI BO’LAK GAPDA QAYSI BO’LAKLARGA BO’G’LANADI?
5.Darsning yakuni.
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’barlantirish va baholash.
6.Uyga vazifa : 128- mashq
Do'stlaringiz bilan baham: |