Dastur xotirasi doimiy xotira, dastur kodi va konstantani saqlash uchun
ishlatiladi. Bu xotira dasturni bajarish jarayonida mahlumotlarni o’zgartirmaydi.
Mahlumotlar xotirasi dastur bajarish jarayonida o’zgaruvchanlarni saqlash
uchun kerak bo’ladi.
Mikrokontroller registrlari - ichki protsessor registri va qurilma periferiyasini
boshqarish registrini o’z ichiga oladi.
Dasturlarni saqlash uchun odatta: ROM (niqobli PZU), ‘ROM (bir martta
dasturlanuvchi PZU), E’ROM (elektr dasturlanuvchi PZU ) yoki EE’ROM ( elektr
yoziluvchi va o’chiriluvchi PZU, Flash-xotira mikrosxemasi) qo’llaniladi.
Demak, DS18B20 mikroprotsessorli termostat qurilmasi uchun avval
mikrokontroller tanlash kerak. Bu vazifani bajarish uchun eng ko’p tarqalgan ‘IC 16
rusumdagi mikrokontrollerlardan biri ‘IC 16F873A ni tanlaymiz. Bu mikrokontroller
komandalar tizimi 33 ta komandadan iborat bo’lib, ancha murakkab algoritmlarni
ham realizatsiya qilish imkoniyatiga ega.
5 razryadi A porti va 8 razryadli V va S portlari mavjud. Bu portlarni
indikatorni boshqarish uchun ishlatishimiz mumkin. Ichki TMR0 taymer yordamida
vaqtni sanash funktsiyasini amalga oshirish mumkin. Yuqorida 2.6 – rasmda
‘IC16F873A mikrokontroller blogining pritsipialg’ sxemada belgilanishi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |