O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Tundan so‘z qarz olib, tongga tutguvchi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Tundan so‘z qarz olib, tongga tutguvchi,


17 
Sening yoningda ham seni axtarib,
Sening yoningda ham seni kutguvchi... 
 tarzidagi iqrorda aks etgan. Shoir o‘z fikrini sening ishqingda tuni bilan so‘z izlab 
she’r yozaman singari jaydari shaklda ifodalamaydi. Oshiq qalb visolning o‘zi 
bilan hech qachon qanoatlanolmasligini ham ro‘zg‘oriy yo‘sinda aytmaydi. Balki 
bu yuksak tuyg‘ularni ularga mos bir nazokat bilan aks ettirib, ruhiy holatni 
bildirishi, hissiyotga ta’sir ko‘rsatishi jihatidan tengsiz she’r vujudga kelishini 
ta’minlaydi. She’rdagi: 
 Barcha farishtalar sening qalbingda, 
 Ijarada turgan qizlar men uchun!.. 
misralarida oshiqning ma’shuqaga cheksiz ehtiromi, ishonchi avj pardalarda 
ko‘rsatilgan. U sevgilisini farishtalardan-da ortiq sanashi pardali bir tarzda 
ifodalangan. Muhammad Yusuf she’riyati kishi sezimlarini noziklashtiradi, unda 
murakkab tuyg‘ularni ilg‘ash, his etish ko‘nikmasini shakllantiradi. 

1.2. Muhammad Yusuf adabiy merosida milliy tuyg‘ular ifodasi 
 
Badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri bo‘lgan lirika azaldan
kechinma shaklida berilgan badiiy fikr bilan ish ko‘radi. Shunday ekan, biz lirik 
kechinma haqida fikr yuritar ekanmiz, uning tarkibini tashkil etgan tushunchalarni 
ham anglab olmog‘imiz lozim. Lirik kechinmaning tarkibini fikr va his tashkil 
etadi. Fikr va his munosabatlarini V.G.Belinskiy o‘zining etimologik ma’nosiga 
ko‘ra, tanimiz, jismimiz, qonimizga tegishli. His va sezgilarning o‘zaro tafovuti 
shundaki, keyingisi tanimizda biror moddiy jism ta’sirida qo‘zg‘olgan jismoniy 
sezgi. Shu sababli ham qandaydir hisob-kitob yoki quruq mulohazalar bilan 
mashg‘ul bo‘lgan odam hissyotidan to‘lqinlanib, larzaga tusharkan, qo‘lini 
ko‘kragi yoki yuragiga mahkam bosib oladi. Chunki ko‘kragida nafasi bo‘g‘iladi, 
chunki ko‘kragi qisadi, kengayadi, yonadi va sovqotadi, chunki yuragi orziqadi, 
titraydi, depsinib uradi; shuning uchun ham u chekinadi va qaltiraydi, qo‘llarini 


18 
ko‘taradi, butun tanini boshdan-oyoq qaynoq ter qoplaydi, sochlari tikka turib 
ketadi. Binobarin, asar fikrchan, biroq hissiyotdan mahrum bo‘lishi mumkinligi 
juda tushunarli; bunday holda, o‘sha asarda poeziya bo‘larmikin? Aksincha, asarda 
his bor ekan, fikr bo‘lishi muqarrarligi ham juda tushunarli bir hol. Tabiiyki, his 
teran bo‘lgan joyda fikr ham teran bo‘ladi va aksincha..,. deb izoxlaydi. Xalk 
shoiri Muhammad Yusuf ijodida lirik “men” kechinma va poetik fikrni 
birlashtirishga xizmat qiladi. Navoiyning:

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling