O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Barmog‘in o‘pgandim suygan qizimning


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Barmog‘in o‘pgandim suygan qizimning,
Qo‘li yonib ketdi gurillab, mana. 
10
Muhammad Yusuf. Ulug‘imsan Vatanim. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2010. B. 86.


15 
tarzida mo‘‘jiza ko‘rsatishga qodir. Faqat yomonlik emas, ezgulik ham yuqumli. 
Shu sabab shoirning: Charsillab yuragi yondi bearmon” tarzidagi ta’kidi 
she’rxonda shubha uyg‘otmaydi. Bu she’rga ro‘zg‘oriy reallik o‘lchovlari bilan 
yondashib bo‘lmaydi. Uning o‘quvchisi ham “bir g‘alati” bo‘lmog‘i lozim. 
Yonmoq – yitmoq emas. U tozarmoqdir. Shu bois yorning: 
Yarmi yonib bo‘lgan ko‘ylagi bir yeng, 
Ishqning bayrog‘iga aylandi alvon. 
satrlarida muhabbat olovining hayotbaxsh tafti aks ettirilgan deyish mumkin. Lirik 
qahramon uchun yonish orzu. Shuning uchun ham: Olov – tan, olov – jon, olov – 
his-havas” tasvirida afsus emas, qoniqish tuyg‘usi ustuvor. Qalb olovining 
o‘chishi uni mana bunday anduhli holatga soladi.:
Ayiq bosgan gulday ezildi ko‘nglim,
Yovvoyi o‘rdakka berdim sevgimni!..
Qoldim kulko‘rpamda to‘shagim tuproq, 
 Yumalab yotaman ilonlar bilan.
Ularga ishondim bir yordan ko‘proq,
Ilon chaqar, ammo gapirmas yolg‘on
misralari tasvirning zalvori, estetik yukning og‘irligi, inson ruhiy fojiasining 
ko‘rsatilishi jihatidan tengsiz qudratga egadir. Yolg‘on gap, yolg‘on his qahramon 
uchun ilon zahridan ham yomon ekanligi nechog‘liq haqqoniy va shafqatsizlik 
bilan tasvirlanganiga e’tibor qilish kerak. Otashin tuyg‘ular olovi ichidan o‘tgan 
qahramon juda murakkab shaxs. Chin odamni jo‘nlashtirib bo‘lmaydi. Jo‘nlik 
qiyofasizlikdir. Shu bois qahramonning:
Kiyiklar qonini keladi ichgim,

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling