O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


IX. Yangi mavzu: Muhammad Yusufning Vatan mavzusidagi she’lari


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

IX. Yangi mavzu: Muhammad Yusufning Vatan mavzusidagi she’lari: 
1. Ko‘hna tol beshikdan
Boshlangan olam 
Senga iddaolar 
Qilmay sevaman. 
Bir kuni singlim, deb,
Bir kuni onam- 
Vatan 
Kimligingni 
Bilmay sevaman. 
Menga yering suyuk
Osmoning suyuk 
Boqsam, teng 
To‘rtala 
Tomoning suyuk. 
Tovonimga kirgan
Tikoning suyuk- 
Kaftdan 
Zirapchang ham 
Yulmay sevaman (“Izhor” she’ri) 
2. Odam bilan ulg‘ayar makon 
Dunyolarga doston bo‘ladi. 


57 
Erkli elning go‘dagi sulton 
Sultoni mard o‘g‘lon bo‘ladi. 
Dahri dun hammadan qoladi, 
Bizdan ozod Vatan qoladi. 
(“Shior” she’ri) 
Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
 
 
 
Yangi dars: “Shaxsga yo`naltirilgan” pedagogik texnalogiyalar asosida 
tashkil etiladi.
 
She’rning badiiy san’at turlarini ayting.She’rda qanday she’riy san’at 
turlari qo`llanilgan? Badiiy san’at jozibasini toping.
She’rda nima uchun aynan shu badiiy san’at turlari qo`llanilgan? 
 
 
(Slayd orqali badiiy she’riy san’at turlari beriladi) 
 
1. Ko`chim 
 
2. Tashbeh 
 
3. O`xshatish 
 
4. Metanimya 
 
5. Mubolag`a 
 
6. Xitob 
 
7. Murabba 
 
O`quvchilar qo`shimcha adabiyotlar orqali o`z fikrlarini shakllantirib 
boradi.
1. Muhammad Yusuf hayoti va ijodining e’tiboriga loyiq jihati to`g`risida 
ma’lumot bering. 
2. Muhammad Yusufning istiqlol yillaridagi ijodi to`g`risida mulohaza 
yuritining.Uning she’rlari asosida aytiladigan qaysi qo`shiqlarni bilasiz? (ekranda 
qo`shiqchilarning surati va bitta qo`shig`i beriladi).


58 
3. Biz baxtli bo`lamiz” she’rida lirik qahramon o`z suyuklisiga qarata 
“Rayhon hidlaringni yo`llarimga sep” deydi. Shu misrada nazarda tutilgan 
hayotiy holatni so`zlab bering.
4. Menga bir tabassum

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling