O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”
1-guruh
2-guruh Shoxdor ona bug‘uning ezgulik qilib bolalarni boqib olganini oqlaydi. Shoxdor ona bug‘uning ko‘ngilchanglik qilib odamlarga ortiqcha ishonganini qoralaydi. Ona bug‘u gunohsiz ikki go‘dakni jar yoqasidan qutqarib qoldi. Ammo uning bolalarini odamlar o‘ldirishgan edi. U odamlarning qilgan ishini kechirmasligi kerak edi. Shoxdor ona bug‘u yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarishni xohladi. Lekin Shoxdor ona bug‘uning o‘ziga bu narsa qaytmadi-ku! Shoxdor ona bug‘uning yaxshiligi o‘ziga yomonlik bo‘lib qaytib keldi. Vaqtlar o‘tib u saqlab qolgan qabila odamlari o‘zlaricha g‘aroyib odat chiqarishdi. Odatga ko‘ra kimda- kim vafot etsa, ular o‘zlarining bug‘u avlodidan ekanini bildirib qo‘yish 21 Abdullayeva M. “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish texnaologiyalari va loyihalashtirish” fanidan ma’ruzalar matni. – T., 2017 27 uchun qabr tepasiga bug‘u shoxini ilib qo‘yishadigan bo‘lishdi. Oqibatda qancha bug‘ularga qiron keldi. To‘g‘ri, lekin shoxdor ona bug‘u tufayli butun bir qabila tirik qoldi. Odamlarning hammasi ham yomon bo‘lmaydi. Uning ustiga, xatolikni bug‘u emas odamlar qilishdi. Baribir bug‘u o‘z qilgan ishidan afsuslandi.Qissadagi ertak so‘ngida ona bug‘uning o‘z avlodlarini olib Issiqko‘ldan ketib qolganligi va odamlardan qattiq ranjib, “…bu yerlarga boshqa qaytib kelmayman”,- degan so‘zlari keltirilgan. Shoxdor ona bug‘uning yaxshiligi necha-necha asrlar o‘tsada odamlarning yodida qoldi . Lekin qissadagi Mo‘min chol eng vijdonli kishi bo‘la turub ham, hatto ona bug‘u haqida shuncha to‘lib- toshib gapirib ham, baribir bug‘uning so‘yilishida o‘zi qatnashdi. Mo‘min cholga O‘rozqul tazyiq o‘tkazgandi. Uning ustiga farzandsiz qizi bug‘uning so‘yilishidan umidvor bo‘lib otasini qo‘ymay qistagan edi. Aslida esa Mo‘min cholning qalbida ona bug‘uga bo‘lgan ehtirom va muhabbat mavjud edi. Shuning uchun ham u qissa so‘ngida o‘z qilgan ishidan, o‘z-o‘zidan xafa bo‘lib hatto gapira olmay qoldi.O‘zini yo‘qotdi. Xalqimizda “Yaxshilikni qilgin-u 28 daryoga ot. Baliq bilmasa, holiq biladi”-degan naql bor. Ona bug‘uning yaxshiligini balki odamlar unutib yuborishgandir, lekin unga boshqa tomondan ezgu nom qaytdi. Ona bug‘u chin ma’noda ezgulik timsoliga aylandi. Ya’ni demoqchimizki, dunyoni ezgulik qutqaradi, ezgulik baribir g‘olib. O‘qituvchi: Ko‘rib turganingizdek “Debat” usuli qissada keltirilgan ertakning mazmun mohiyatini ochib berishga va fikrlarning o‘sib borishiga xizmat qiladi. Debat natijalariga e’tibor bersak, 1-guruh g‘olib keldi. Ya’ni yaxshilikni bilishsa ham bilishmasa ham qilish kerak, ezgulik baribir birgina insonning ko‘nglida bo‘lsa ham g‘olib keladi. Bu dunyoni ezgulik qutqaradi, degan qarorga kelindi. Ushbu metod orqali 2- guruhning fikrlari ham qaysidir ma’noda asosli bo‘lganiga guvoh bo‘ldik. Aslida “Debat”ning maqsadi g‘olib kelish emas. Yuqorida keltirilganidek, o‘quvchining o‘z bildirgan fikrida qat’iyligini o‘stirish, aniq dalillar asosida fikrlashga o‘rgatishdir. Bugungi kunda adabiy ta’limda debat o‘tkazishning turli ko‘rinishlari mavjud. Debatlar yozma va og‘zaki shaklda bo‘lishi mumkin. Yozma debatlarning afzallik tomoni sinfda ortiqcha shovqin bo‘lishining oldini oladi. Qolaversa, yozma debatlar o‘qituvchi uchun ham jamoa, ham individual tarzda baholashga qulaylik yaratadi. Aynan adabiyot ta’limida yozma debatning eng ko‘p qo‘llaniluvchi turiga “Kichik esse” metodini misol keltirishimiz mumkin. “Kichik esse” ning boshqa debatlardan farqi shundaki, unda o‘quvchi individual tarzda o‘z muammosini yoritib beradi. Undagi ko‘rsatilgan sabablar ham yechimlar ham faqat birgina o‘quvchining o‘ziga tegishli bo‘ladi. Bugungi kunda aynan “Kichik esse” 29 tartibidagi ta’limiy metodlar jahon miqyosida ham juda keng qo‘llanilmoqda. Masalan, “Problem solution” usuli mohiyatan “Kichik esse”ga o‘xshashdir. Muammoli o‘qitish texnologiyasida muammoli vaziyatni hal etishning turli darajalari mavjud. Jumladan, 1)o‘qituvchi muommoni qo‘yadi va o‘zi yechadi; 2)o‘qituvchi muommoni qo‘yadi va uning yechimini o‘quvchilar bilan birgalikda topadi; 3)o‘quvchilar o‘zlari muommoni qo‘yadilar va uning yechimini topadilar.Biz yuqorida qo‘llagan texnologiyada muommo o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladi va uning yechimi o‘quvchilar bilan birgalikda hal qilinadi. Lekin bugun jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quv materialidan o‘quvchilarning o‘zlari muommoni topib, o‘zlari uning yechimini aniqlasinlar, chunki bunday usul bugungi talab qilinayotgan yetuk intellektni shakllantirishda eng samarali yo‘l bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni bunda o‘quvchi berilgan o‘quv materiali yuzasidan yana ham chuqurroq mulohaza yuritishi talab etiladi. Bu esa o‘quvchilarda mustaqil o‘zlashtirish va erkin fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Biz bugun shunday ta’lim texnologiyasiga “Keys stadi”ni misol keltirishimiz mumkin. ”Keys stadi” inglizcha sase – aniq vaziyat,stadi – ta’lim so‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlardan o‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. 22 Bugungi kunda keyslar turi juda ko‘p. Biz esa aynan “Oq kema” qissasini o‘qitishda jadvalli keysni qo‘llab ko‘ramiz. Keysni o‘tkazish uchun guruhlar oldindan o‘quv materialiga tayyorgarlik ko‘rishlari talab etiladi. Avvalo, sinfda o‘quvchilar kichik guruhlarga birlashtiriladi va ularga “Keys stadi” jadvali tasvirlangan tarqatmalar taqdim qilinadi. “Keys stadi” 22 Abdullayeva M. “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanidan ma’ruzalar matni. – T., 2017. 30 Muammoli vaziyat Muammoli vaziyat sabablari Muammoli vaziyatning yechimi So‘ngra har bir guruhga o‘quv materialidan o‘zlari alohida bir muammo deb topgan vaziyatlarini aniqlashlari, uning sabablari va yechimini belgilashlari topshiriladi. O‘qituvchi ushbu topshiriq uchun 3 daqiqa vaqt belgilaydi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach har bir guruh o‘zining ishlab chiqqan keysini namoyish qiladi. Masalan, guruhlar shunday keyslarni ishlab chiqishdi: 1-guruh: Muammoli vaziyat Muammoli vaziyat sabablari Muammoli vaziyatning yechimi Bola nega tengdoshlari bilan emas doimo yolg‘iz edi? Bola uchun oilaviy muhit to‘g‘ri shakllantirilmagan edi. U doim mehrga tashna va faqat o‘z orzulari bilan band edi. Bu esa unda odamovilikni yuzaga keltirgan edi. Unga yetarlicha e’tibor berilmadi va tengdoshlari bilan muloqot qilishi uchun kattalar tomonidan sharoit yaratilmagan edi. Bolaga yetarlicha mehr ko‘rsatish lozim. Bola har qanday holatda tengdoshlari bilan bo‘lishi kerak. Chinakam do‘stlik haqida bolaga uqtirilib tushuncha berib borish lozim. 2-guruh: 31 Muammoli vaziyat Muammoli vaziyat sabablari Muammoli vaziyatning yechimi Momin cholni nega hurmat qilishmaydi, u bilan hisoblashishmaydi? U o‘ta darajada mulozamat ko‘rsatardi. O‘zi katta yoshli bo‘lsada, barchaga birdek hatto o‘zidan kichiklarga ham xizmat qilardi. Ortiqcha kamtarinlik va mulozamati uchun o‘z hurmatini yo‘qotib qo‘ygandi. Inson jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun, avvalo, o‘z xurmatini ham bilishi kerak. 3-guruh: Muammoli vaziyat Muammoli vaziyat sabablari Muammoli vaziyatning yechimi Bola nega baliq bo‘lib suzib ketish uchun o‘zini Issiqko‘l bag‘riga tashladi. Bola kattalardan adolat, ezgulik va mehr topmadi. Eng ishongan birdan- bir mehribon kishisi Mo‘min chol ham uni aldadi. Shoxdor ona bug‘u haqida o‘zi berilib gapirardi-yu lekin bug‘uning so‘yilishida o‘zi qatnashdi. Bolaga hech bir kishi boladek munosabatda bo‘lmasdi. Boladek o‘yin kulgu Bola uchun chin dildan mehr ko‘rsatish lozim. Har qanday bolaning baxtiyor, shod-u xurram bo‘lishi va kam-u ko‘stsiz ulg‘ayishi uchun chinakam oila muhiti zarur. 32 qilishiga tengdoshlari bilan qo‘shilib sho‘xliklar qilishiga zamin yaratilmagan edi. Shundan so‘ng har bir guruh o‘z keyslarini, ularda o‘quv materialidan topgan muammolarini, uning sabablarini va ushbu muammoga yechim deb hisoblagan o‘z fikrlarini asar matnidan dalillar keltirgan holda bayon etadilar. O‘qituvchi fikrlarni umumlashtiradi hamda har bir guruhda yaratilgan keyslarni mazmun mohiyatidan, bildirilgan fikrlarning va dalillarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanidan kelib chiqib baholaydi. Ushbu texnologiya orqali o‘quvchilar asarda berilgan haqiqatlarni hayot haqiqatlari bilan bog‘lagan holda anglashga harakat qiladilar. “Keys stadi”ni qo‘llash borasida ham turli yondashishlar mavjud. Ushbu “Keys stadi”ni nafaqat guruhlarda balki individual tarzda ham amalga oshirish mumkin. “Oq kema” qissasini o‘qitishda dars so‘ngida quyidagicha muammoli savol berilishi mumkin: “Bola nima uchun oq kemaga intildi?”. Ushbu muammoni o‘quvchilar o‘rtasida hal etilishi uchun “Qarorlar shajarasi” metodidan foydalanish mumkin. Buning uchun, avvalo, “Qarorlar shajarasi” ni aks ettiruvchi jadval doskaga chiziladi yoki tayyor chizilgan batmen qog‘ozdan foydalaniladi. “Qarorlar shajarasi” Muammo 1-guruh 2-guruh 3-guruh Qaror 33 So‘ngra o‘quvchilar 3 ta kichik guruhlarga birlashtiriladi. O‘qituvchi muammoni barcha guruhlarga birdek taqdim etadi va guruhlar o‘zaro fikrlashib bir qarorga kelishlari uchun muayyan vaqt belgilaydi. Vaqt nihoyasiga yetgach har bir guruh o‘z qarorlarini aytadi va o‘qituvchi ularni “Qarorlar shajarasi”ga yozib qo‘yadi. Aytaylik o‘quvchilar ushbu muammo yuzasida quyidagicha qarorlarni aytishdi: 1-guruh: Bola otasini o‘sha kemada deb o‘ylardi va bunga ishonardi. 2-guruh: Oq kema bola uchun juda qiziqarli va ajoyib edi. 3-guruh: Oq kema uzoqlarga olib keta oladigan, sirli –sexrli hayot va ezgulik timsoli edi. Shundan so‘ng o‘qituvchi guruhlardan ushbu bildirgan qarorlarini dalillovchi jihatlarni asar matnidan aynan keltirishlarini so‘raydi. 1-guruh: Qissada: “Bola bir kuni Qoravultog‘dan turib ko‘m-ko‘k Issiqko‘llik matrosni – xuddi shu oq kemada suzayotir degan qarorga kelgandi. Bola o‘zi bunga ishonar chunki shunday bo‘lishini juda-juda istardi”,– degan mulohazalar keltiriladi. Bola ota-onasiz mehrga tashna o‘sganligi tufayli oq kemaga intilgan. 2-guruh: Biz birinchi guruhning bildirgan mulohazalariga biroz qarshimiz. Adib fikr so‘nggida “Chunki shunday bo‘lishini juda-juda istardi” degan xulosani bermoqda. Qissada bolaning otasini o‘sha yerda deb o‘ylaganidan tashqari oq kemaning tashqi ko‘rinishi va qiziqarliligi xususida ham fikr aytilgan. Bundan tashqari bola durbinini olib oq kemani ko‘rganda “Ana u!” deya xursand bo‘lib ketadi va hayratlanadi. Adib ushbu kemani trubalari qator tizilgan, o‘zi kuchli va chiroyli ekanini tasvirlaydi. 3-guruh: Bola baliqqa aylanib suzishni va kemaga yetib olishini orzu qiladi. Negaki u bu yerlarda kattalarning shafqatsizligi va mehrsizligini ko‘radi. Bug‘u fojeasini eslang. Bola bu voqeadan juda ta’sirlanadi va barcha qiynoqlardan qutulish uchun oq kemaga intiladi. 34 Shundan so‘ng o‘qituvchi bildirilgan fikrlar va dalillarni umumlashtirib yakuniy to‘g‘ri qarorni aytadi. “Bola uchun oq kema to‘kislik, mehr-u oqibat, diydor ramzi edi. Shuning uchun bola oq kemaga intildi”. Ushbu qo‘llanilgan muammoli texnologiya nafaqat qissa mazmunini tushunishga, balki izchil va dalillar asosida erkin fikr va mulohaza bildirish ko‘nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. Maktabda adabiy ta’limning vazifasi o‘quvchining badiiy asar g‘oyaviy mazmunini tushunishi va o‘zlashtirishiga erishish bilan chegaralanmaydi, balki shu orqali ularni mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk kishilar etib tarbiyalashni nazarda tutadi. Yangilanayotgan ijtimoiy - estetik tafakkur sharoitida umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitish borasida ro‘y berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar ilmiy metodik jihatdan samarador bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir. 23 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, adabiyot o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini ta’minlash bilan birga o‘quvchining faolligini oshiruvchi, uni mustaqil va asosli fikrlashga o‘rgatuvchi muhim omildir. Adabiyot ta’limida muammoli o‘qitish o‘quvchining shaxsiy sifatlarini tarbiyalshga yordam beradi. Bugun jahon ta’lim tizimida, ayniqsa iqtisod ta’limida keng qo‘llanilayotgan ushbu texnologiyalarni adabiyot ta’limiga joriy qilish, uning amaliy ko‘rinishlarini ishlab chiqish adabiyot o‘qitish metodikasi oldida turgan muhim vazifalardandir. Zero, adabiy pedagogik ijodkorlik adabiyot darslarining estetik yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi. 24 Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling