O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

3-o‘quvchi: 
Marsga to‘p otquchi – sen, 
Zuhroni uyg‘otguvchi – sen, 
Uyquda qotguvchi – sen, 
Uyg‘on o‘zing, uyg‘on o‘zing. 
4-o‘quvchi: 
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak. 
Shunday ekan manmanlik nechun, 
Kibr-u havo nimaga kerak? 
Kamtarin bo‘l hatto bir qadam 
O‘tma g‘urur ostonasidan. 
Piyolani inson shuning-chun 
O‘par doim peshonasidan. 
“Kichik esse” metodini qo‘llash uchun Erkin Vohidovning she’rlaridan birining 
video yoki audio variyanti taqdim etiladi va ushbu she’r yuzasidan har bir o‘quvchi 
o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib, fikr va qarashlarini ijodiy yondashib, kichik esse 
tarzida yozib beradi.
Umuman bugungi kunda hamkorlik ta’limini adabiyot o‘qitishning deyarli 
barcha tizimlarida qo‘llash mumkin. Chunki adabiyot ta’limi qaysidir ma’noda 
fikrlar rang-barangligiga tayanadi. Undagi mohiyat o‘zaro tahlil va fikr almashinish 
jarayonida, muloqotlarda, suhbatlarda o‘zini namoyon qiladi. Adabiyot ta’limida 
shu kabi texnologik yondashuv darsda o‘quvchi ijodkor hayoti va ijodiy faoliyatini 
o‘rganadi va ushbu bilimlarini mustahkamlaydi hamda she’riy asarni mustaqil tarzda 
tahlil qilish kompetensiyasi shakllanadi, qolaversa, ijodiy fikrlash ko‘nikmalari 
shakllanadi. Adabiyot o‘qitishda tashkil qilingan kichik guruhlarga aynan mavzuga 
mos nom tanlashga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Hamkorlikda amalga 
oshirilgan ta’lim nafaqat oson va qiziqarli, balki samarali hamdir. 


23 
2.2. Adabiyot ta’limida muommoli o‘qitishning o‘quvchi shaxsini 
shakllantirishdagi ahamiyati. 
Xozirgi ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu 
muammoli o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda 
ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy faol shaxs 
tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli 
o‘qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli o‘qitishning mohiyati 
muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil 
o‘zlashtirishdan iborat. Adabiyot ta’limida muammoli texnologiyalarning 
qo‘llanishi o‘quvchining erkin fikrlashi, badiiy asar mazmun mohiyatini chuqur 
anglab yetishi, adabiy tushunchalarni, yozuvchi va uning hayoti ijodiga bog‘liq 
jarayonlarni to‘liq o‘zlashtirishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli 
ta’lim texnologiyasi adabiyot ta’limida amaliy jihatdan hali o‘z o‘zini to‘liq 
namoyon qilgani yo‘q. Bugungi kunda adabiyot ta’limida muammoli 
texnologiyalarni qo‘llash borasidagi metodik ko‘rsatmalar nisbatan kamdir. Biz 
ushbu texnologiyani “Oq kema” qissasi misolida tatbiq etishga harakat qilamiz.
Ramziy obrazlarga boy bo‘lgan “Oq kema” qissasi 7-sinf adabiyot darsligida 
o‘quvchilarga taqdim etilgan, eng qiziqarli va eng ta’sirchan asarlardan biri desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Adib Chingiz Aytmatov tomonidan yaratilgan ushbu asar 
bola qalbidagi beg‘uborlik, mehrga tashnalikni va ezgulikni kuylaydi. Qissa 
qahramoni hayotda mehr ko‘rmagan, uning bobosidan boshqa suyanadigan odami, 
yaxshilik qilish mumkin bo‘lgan kishisi yo‘q. Shu bois u hayotda ko‘rmaganlarini 
xayolda yaratib, izlaganlarini ramzlardan topishga urinadi.
15
Ibrohim Haqqul qissa 
haqida taassurotlarini aytar ekan shunday deydi: “Hayotni to‘g‘riroq mushohada 
qilishga kirishgan chog‘larimni hali-hamon eslayman. O‘shanda nechundir dilda 
ismsiz g‘ussa, kundan kunga uzlatga undovchi bir yolg‘izlik qad rostlay boshlagan. 
Chingiz Aytmatovning “Oq kema”sidagi bolakayga o‘xshab o‘ksik nigoh ila atrof-
muhitga qaraganlarim, kazo-kazo kimsalarning chiroyli, balandparvoz, biroq mag‘zi 
15
Yo‘ldoshev Q va b. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik - majmua. – T., 2017. 


24 
bo‘m-bo‘sh gaplaridan tamoman bezgan kunlarim va holatlarimni aslo 
unutolmayman…”.
16
“Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasida o‘rtaga 
tashlangan falsafiy muammolar: ertak va hayot, hayot va nafosat, inson va tabiat, 
moziy va kelajak, zulm va shafqat, ezgulik va yovuzlik, insonparvarlik va 
vahshiylik, yozuvchi va voqelik – bularning hammasi adibning o‘tkir qalami orqali 
kishilarning yuksak axloqiy ideallari nuri-la munavvar etilgan. Bu qissa juda katta 
badiiy emotsional kuchga ega bo‘lib, Ch.Aytmatov ijodida yana bir yangi sahifa 
ochdi”,- deydi Komil Yashin.
17
 
Uzviyashtirilgan davlat dasturi bo‘yicha Ushbu asar uchun 3 soat o‘quv soati 
ajratilsan bo‘lib, bunda dastur bo‘yicha o‘quvchilar ushbu mavzudan quyidagilarni 
egallashlari talab qilib belgilangan: 16-18-mavzu. Ch. Aytmatov. “Oq kema” 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling