2. Iste'dod va ijodiy qobiliyatlar. Ijodiy shaxs sifatlari Ijodiy salohiyat va ruxiy sog‘lomlik. Ijodkor shaxs xususiyati


Download 33.28 Kb.
bet1/2
Sana23.09.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1686114
  1   2
Bog'liq
2 Iste\'dod va ijodiy qobiliyatlar Ijodiy shaxs sifatlari


2. Iste'dod va ijodiy qobiliyatlar. Ijodiy shaxs sifatlari


1.Ijodiy salohiyat va ruxiy sog‘lomlik.
2. Ijodkor shaxs xususiyati
3. Muammoni izlash.

Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’doddir. Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasidir. Iste’dodlarning uyg‘onishi ijtimoiy shart sharoitlarga bog‘liqdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti «xammani tijoratchi kilib yubormoqda».


Alohida olingan, yakka qobiliyatni garchi u taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo‘lsa xam iste’dod bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Xotira, aklning epchilligi, qo‘llash ko‘lamining kengligi iste’dodga yo‘l ochadi. Bu singari sifatlarni mashxur odamlar faoliyati misolida ko‘ramiz.
Iste’dod strukturasi oqibat natijada mazkur faoliyat shaxs oldiga ko‘ygan talablar xarakteri bilan belgilanadi. Bu umumiy va maxsus qobiliyatlar bilan bog‘liq. Bir qator iste’dodli bolalarni o‘rganish natijasida ba’zi bir juda muhim qobiliyatlarni aniqlashga erishildi. Bunday qobiliyatlar yig‘indisi aqliy iste’dod tuzilmasini tashkil etadi. SHunday yo‘l bilan ajratganda shaxsni birinchi xususiyati ziyraklik, yig‘noklik, doimo jiddiy tayyorlikdir. Ikkinchi xususiyat birinchi xususiyat bilan bog‘lik - mehnatga tayyorligi, mehnatga moyilligi, mehnatga extiyojdir. Uchinchi xususiyati intellektual faoliyatga bevosita bog‘liqdir: bu tafakkur xususiyatlari, fikrlash jarayonlarining tezligi, aqlining sistemaliligi, tahlil va umumlashtirish imkoniyatlarining ko‘pligi, aqliy faoliyatning yuksak maxsuldorligidir.
Iste’dod qator darajalariga ega bo‘lib, maxsus iste’dod faoliyat turlari bilan, maxorat ro‘yobga chiqish tezligi, chaqqonligi bilan belgilanadi. Ilxomlanish - faoliyat davomida qo‘l keladigan izchillik tizimiga ega bo‘lish bilan harakatlanadi va xokazo.
Ijod jarayonini o‘rganish san’at va ilmiy faoliyatini o‘rganish bilan chegaralanmaydi. Bugungi kunda ijod mehnatning ajralmas qismi degan nuqtai nazar tarqalib bormokda. Ijodga taalluqli barcha masalalar bir asosiy masala atrofida jipslashadi. Bu ijodkor, yaratuvchi shaxs masalasi.
Ijodiy saloxiyat va ruxiy sog‘lomlik. Xar bir inson o‘z ijodiy qobiliyatlariga ega. Ijodiy potensialdan foydalanish insonni ruxan engil qiladi. Ba’zi afsonalarda geniallik va ruxiy barqarorlik, hayotdan qoniqmaslik va nimanidir kutish (frustratsiya) bir obrazda gavdalanishi bejiz emas. Psixonevrologlarning fikriga ko‘ra, xar qanday psixoterapiyadan maqsad, nevrozni bemorning ijodiy kuchini uyg‘otish yo‘li bilan davolashdir. Ijodiy qobiliyatlarni tarbiyalash xulq-atvorni ishlab chiqish (shakllantirish) psixoterapevtik muolajasiga tenglashtiriladi, bu nevrotik sub’ektlarning (ruxan ezilgan odamlarning) ular uchun qiyin bo‘lgan vaziyatlarni engishlariga yordam beradi. Xayotiy vazifalarni echish strategiyasini ishlab chiqish mashg‘ulotlari inson ruxiy barqarorligini oshiradi. Bunda, muhimi, olingan bilimlar emas, balki taktikani o‘zgartirishga sabab bo‘luvchi va shu bilan birga, xulk-atvorni normallashtiruvchi aql egiluvchanligidir. Demak, «ijodiy iqtidorli shaxs» va «ruxan sog‘lom odam» tushunchalari bir-biriga juda yaqin.
Ijodiy iqtidorli odamlar odatda yuqori intellektga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri, intellekt va talant o‘rtasida bevosita bog‘liqlik yo‘q. «Intellekt darajasining chegarasi» mavjud bo‘lib, u 120 IK ga teng. Undan past bo‘lsa, ijodiy qobiliyatlardan foydalanib bo‘lmaydi. IK ning 120 dan oshib ketishi xam inson ijodiy imkoniyatlariga qo‘shimcha samara bermaydi.

Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling