O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Urganch - 2015 Ushbu ishchi dastur UzROUMTV tomonidan 28.08.2013 yil tasdiqlanib, 28. 08.2013 yilda № BD 1.12 – 319-sonli buyruq raqami bilan ro’yxatga olingan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Tuzuvchi: 21 O’qituvchi: Xodjayeva Gulshoda Baxadirovna Taqrizchi: Dots.Jumaniyazov .Z.A Ishchi dastur Filololgiya fakulteti “ Fakultetlararo chet tillari ” kafedrasining 2015 yil “ 27 ” avgustdagi majlisida (Bayonnoma №1) muxokama qilindi va fakultet ilmiy kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya qilindi. Fakultetlararo chet tillari kafedrasi mudiri: dots. Ermetova J.I Ishchi dastur Filologiya fakulteti ilmiy kengashining 2015 yil “28 ” avgustdagi majlisida (Bayonnoma №1) ko’rib chiqildi va Universitet ilmiy kengashida tasdiqlash uchun tavsiya qilindi. Filologiya fakulteti ilmiy kengashi raisi: dots. Jumaniyazov Z.A. Ishchi o’quv dasturi Urganch Davlat Universiteti Ilmiy kengashining 2015 yil “29” avgustdagi majlisida ko’rib chiqildi (Bayonnoma №1) va tasdiqlandi. Kelishildi : O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: Boyjonov I. 22 K I R I SH Mazkur dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi PQ-1875-sonli, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Chet tillar bo’yicha ta`limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar” to’g`risidagi 124-sonli qarorlari hamda Evropa Kengashining “CHet tilini egallash umumevropa kompetentsiyalari: o’rganish, o’qitish va baholash” to’g`risidagi umume`tirof etilgan xalqaro me`yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) ga muvofiq qayta ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining “Chet tillar bo’yicha ta`limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar” ga ko’ra oliy ta`lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to’rt yillik tahsillari nihoyasida o’rgangan chet tili bo’yicha B2 darajani egallashlari lozim. Ushbu dastur “Chet tili” fanini ikki bosqichga bo’lingan holda o’qitishni nazarda tutadi: - umumiy bosqich (umumiy chet tili o’rganiladi). - kasbga yo’naltirilgan bosqich (chet tili maxsus maqsadlarda o’rgatiladi). Har bir kurs uchun ajratilgan o’quv soatlari teng, ya`ni 50%dan taqsimlanadi. Kurslar bir-biridan mavzusi, leksik tizimi, o’quv matnlari, nutq faoliyatlari xususiyati va mavqeiga qarab malakalarni rivojlantirish bo’yicha farqlansada, o’quv jarayoni uchun umumiy bo’lgan grammatik mavzular, o’xshash sintaktik hodisalar, nutq ko’nikma va malakalarini egallashda o’zaro uzviy bog`liq va uzluksiz holda o’rgatiladi. Chet tilini o’rgatish ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqib, “Chet tili maxsus maqsadlar uchun” tamoyillariga va kommunikativ, integrativ kompetentlik yondashuvlariga asoslanadi. Kommunikativ faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv - ta`limning rivojlantiruvchi, funktsional va kommunikativ xususiyatlariga ega bo’lib, ta`lim jarayonida bilish faolligini oshirishga ko’maklashadi. Ta`lim jarayonida mazkur yondashuv talabalarda refleksiya, o’z-o’zini rivojlantirish, namoyon etishga ko’maklashadi; chet tili ta`limini madaniyatlararo muloqot sifatida tashkil etishga; dars jarayonida o’qituvchi talabalarning o’zaro teng huquqli ishtirokchi sifatida o’zini namoyon etishlarini ta`minlaydi; ta`limning interaktiv shakllarini qo’llash; talabalarda yangi til malakalari, sotsio-madaniy bilimlar, amaliy malakaviy ko’nikmalarni mustaqil egallashni rivojlantirish. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv - chet tilini o’qitishda nafaqat ilmiy bilimlar berish, balki ta`lim jarayonining ishtirokchilari (talabalar, o’qituvchilar, ota-onalar) munosabatlarining faol shakllariga asoslanish; talaba xarakteri va uning o’zini rivojlantirish usullarini o’rganish; individuallikni shakllantirish uchun talabaga qulay shart-sharoitlar yaratish; madaniyatimizda shakllangan shaxsning psixik rivojlantirish me`yorlari haqidagi tasavvurlarni o’zgartirish (gorizantal emas, balki vertikal, ya`ni 23 talaba rivojlanish dinamikasini uning oldingi holati bilan taqqoslash orqali amalga oshirishni, boshqalar bilan emas, balki uni o’zi bilan taqqoslash). Integrativ yondashuv – turli fanlardan olingan bilimlar, ko’nikma, malaka va tajribani hisobga olish, tayanish, integratsiya qilish, chet tilida kommunikativ, kasbiy kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni baravar rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta`limda kompetentlik yondashuv - muayyan natijalarga erishish va muhim kompetentsiyalarni egallashga qaratiladi. Kompetentsiya bo’lajak kasbiy faoliyatga qarab shakllanib boradi. Bunday sharoitda ta`lim jarayoni yangi mazmunga ega bo’ladi, u o’rganish va o’rgatish jarayoniga aylanadi, ya`ni kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kompententlikni mustaqil o’qib o’rganish, ijtimoiy-mehnat, madaniy, maishiy hamda madaniy hordiq sohalarda chet tilini qo’llashga erishiladi. Fanning maqsad va vazifalari Chet tili fanining maqsadi talabalarning ko’p madaniyatli dunyoda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetentsiya (uning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsio-lingvistik, pragmatik va boshqa kompetentsiyalari)ni shakllantirishdan iborat. Kompetentsiya – kommunikatsiya (muloqot) ishtirokchilari tomonidan ta`limning aniq maqsadlariga qaratilgan nutq faoliyatini rivojlantirishga imkon beradigan bilim, ko’nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig`indisini ifodalaydi. Chet tili kommunikativ kompetentsiyasi – o’rganilayotgan chet tilida so’zlashuvchilar bilan muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi, shuningdek, talabalarning tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, o’z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglash, uni muloqot jarayonida taqdim eta olishini nazarda tutadi. Mazkur o’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalariga talabalarda quyidagi kompetentsiyalarni rivojlantirish kiradi: Lingvistik kompetentsiya o’rganilayotgan til sohiblari bilan muloqot qilish uchun til materiallari (fonetika, leksika, grammatika)ni etarli darajada bilish va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirish, o’qish va yozuv)da qo’llay bilishni nazarda tutadi. Ijtimoiy-lingvistik kompetentsiya so’zlovchining biron bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash ko’nikma va malakalarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy-madaniy kompetentsiya autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o’zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy- madaniy xususiyatlarini tili o’rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish kompetentsiyasidir. Ijtimoiy kompetentsiya - ijtimoiy-lingvistik va sotsio-madaniy kompetentsiyalarni o’z ichiga oladi. U hozirgi ko’p madaniyatli dunyoda ta`lim oluvchilarda chet tilini o’rganish muhimligi tushunchasi, chet tilida muloqot qilish, o’z ustida mustaqil ishlash va ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida foydalanish ehtiyojini shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolik, vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda, chet tili orqali madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish istagi va xohishida namoyon bo’ladi. Pragmatik kompetentsiya quyidagilardan iborat: Diskursiv kompetentsiya (diskurs – og`zaki yoki yozma nutq matni) matnni to’g`ri talqin qilish va tuzish, shuningdek, shunga mos nutqiy muloqot turini tanlash uchun og`zaki va yozma (stilistik hamda tarkibiy qismlarini bilib olishni nazarda tutgan) matnlar tuzish ko’nikma va malakalaridan iborat. Strategik (kompensator) kompetentsiya chet tili muhitida nutqiy hamda ijtimoiy muloqot tajribasidagi kamchilik va nuqsonlarni ayrim verbal/noverbal vositalar 24 yordamida to’ldirish, kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo’lganda takroran so’rash, uzr so’rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan uddaburonlik bilan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi. O’quv - bilish kompetentsiyasi ta`lim oluvchining mustaqil bilim olish faoliyatida chet tillar va madaniyatlarni o’rganishning kompetentsiyalar yig`indisi bo’lib, zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan foydalanish bilan bog`liq bo’lgan mantiqiy, metodologik va umumta`lim vazifalarni o’z ichiga oladi. Chet tilini o’qitish didaktik, metodik, lingvistik tamoyillarni hamda zamonaviy ta`lim texnologiyalarini qo’llash asosida amalga oshiriladi. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar “Chet tillar bo’yicha ta`limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar”da oliy ta`lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo’lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to’rt yillik tahsillari nihoyasida o’rgangan chet tili bo’yicha V2 darajani egallashlari shart. Unga ko’ra bitiruvchi talabalar V2 darajani ta`minlovchi quyidagi kommunikativ kompetentsiyalarni egallashlari lozim. Lingvistik kompetentsiya: Tinglab tushunish uzoq davom etgan suhbat va murakkab dalillar keltirilgan matnni tushunish va idrok etish; maruza, suhbat, mukammal yo’riqnomalar, akademik va kasbiy prezentatsiyalar, savol-javoblar asosiy mazmunini tushuna olish; reklama, elon va malumotnomalarni tushunish; murakkab autentik nutqni tanish va notanish kontekstda tushuna olish; til sohiblari suhbatlari va bahs- munozaralarini tushuna olish; radio va internet materiallari, intervyularni (suhbat) to’liq darajada tushuna olish. Gapirish Dialog - biznesdagi hamkori bilan muzokara olib borish; - aniq masalalar bo’yicha axborot olish; - uzoq muddatli muzokaralarda til sohibi bilan qatnashish, ularni qo’llab- quvvatlash, kerak bo’lsa muzokaralarni boshqarish; - kundalik mavzularda bahs-munozara, muzokaralarda faol qatnashish; - ixtisoslik (kasb) bo’yicha intervyu, suhbatlarda qatnashish; - fikrni aniqlashtirish, qaytadan tuzish va bahs- munozara rivojiga o’z hissasini qo’shish; - muzokaralar olib borish jarayonida muammolarni echimini ustalik bilan hal etish; - vaziyatga qarab savollar berish va javob qaytarish. Monolog - alohida mavzu bo’yicha qilingan prezentatsiyalar o’tkazish; - ixtisosligi bo’yicha asbob-uskunalarni aniq va ravshan tasvirlash; - alohida mavzu bo’yicha og`zaki maruza tuzish; - maqola, maruza, bahs-munozaralarni aniq va ravshan qilib umumlashtirish; - aniq tizimga asoslangan holda qo’shimcha, etarli bo’lgan holda va tanish mavzu bo’yicha o’z fikrini ifoda qila olish. O’qish 25 - tanish va notanish mavzu bo’yicha tuzilgan matnlardan asosiy / kerakli bo’lgan axborotni, shaxsiy va mutaxassislik bo’yicha korrespondentsiyalarni (xat-xabarlarni) tushunish; - diagramma, sxema, chizmalarni qisqacha tarifini tushunish; - murakkab bo’lgan malumotlarni idrok etish; - maxsus, murakkab bo’lgan yozma yo’riqnoma va qo’llanmalarni tushunish; - kasbga oid maqola va maruzalardan kerakli axborotni ajratib olish; - kerak yoki nokerakligini aniqlash maqsadida matnni u yoki bu qismini sinchiklab o’qish, konferentsiya dasturlarini o’qib tushunish. Yozuv. - maxsus malumotlarni (til yuzasidan bo’lgan xatlarni, malumotlarni, elektron xatlarni) yoza olish; - esse va maruzalarni yoza olish; - aniq mantiqqa ega bo’lgan ilmiy maqolalar va ilmiy tadqiqot ishlarni yoza olish; - yozma takliflar, hisobot va rezyumelar tuza olish; - bitiruv malakaviy ishlarni zarur bo’lganda yoza olish. Til kompetentsiyasi Leksik kompetentsiya - kasbiy leksika va terminlarni ishlata olish; - kommunikativ vaziyatlarda mavzuga oid bo’lgan leksikani ishlata olish; - internatsional so’zlarni tushunish va qo’llay olish. Grammatik kompetentsiya - murakkab grammatik va sintaktik qurilmalarni kommunikativ vaziyatlarda qo’llay olish; - bog`lovchi so’zlarni to’g`ri qo’llash; - mutaxassislikka oid matnlarni uning mazmunini tushunish maqsadida matnni tahlil qilishi talab etiladi. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar “Chet tili” fanini o’qitishda ta`limning quyidagi ilg`or va zamonaviy texnologiya va metodlaridan foydalaniladi: - pedagogik mahorat texnologiyasi (YU.N.Kulyutkin, E.B.Spasskaya); - bilimdonlar bahsi; - mavqeingizni egallang – shiorlar asosidagi bahs; - ta`limning faol uslublari: “Keys-uslubi” (Garvard universiteti biznes maktabi), ishbop o’yinlar. Ijodiy topshiriqlarni guruh bilan hal qilish uslublaridan: - delfi uslubi – taklif qilingan echimdan statistik uslub asosida besh kamchilikni aniqlash va ulardan eng yaxshisini tanlab, baholash, kamchiliklar sababini aniqlash; - qora quti uslubi – masalani tahlil qilish, ijodiy bahs orqali kamchiliklar sababini aniqlash; - kundaliklar uslubi – guruh a`zolarining yon daftarchalaridagi yozuvlarni tahlili va ularda berilgan taklif-mulohazalarni muhokama qilish, umumiy fikr ishlab chiqish; - “To’g`ridan-to’g`ri jamoaviy aqliy hujum” (Dj.Donald Fillips) – 20-60 kishilik katta auditoriyada yangi fikrlarni, samaradorlikni oshirish ish yoki mashq mini- guruhlarda olib boriladi va fikrlar jamoada muhokama qilinadi; 26 - “Aqliy hujum” – (E.A.Aleksandrov i G.YA.Bush) – guruh qatnashchilari ijodiy g`oyalarini jamoa, g`oyalari bilan qarshi g`oyalar yordamida faollashtirish, ularni qo’llashni baholash; - senektika uslubi (U.Gordon) – muammoni ifodalashga o’rgatish, uning qismlarini aniqlash, muammoni echishdagi o’xshashliklarni topish. Kreativlikni o’stirish, oddiy hodisalarning g`ayri-tabiiy tomonlarini topish, ijodiy qobiliyatlarini aniqlash; - «ARIZ – TRIZ» (G.S.Altshuller va uning maktabi, TRIZ - kashfiyot topshiriklari texnologiyalarini rivojlantirish) – o’rganilayotgan tizim rivojlanishi qonuniyatlariga bo’ysundirilgan mantiqiy operatsiyalar tizimi 40 usuldan iborat: “qo’shilish”, “matryoshka”, “qarama-qarshi”, “zararni foydaga aylantirish” va boshqalar. ASOSIY QISM Nutq mavzulari: Kundalik mavzu (o’zi haqida, oilasi haqida, bo’sh vaqtni o’tkazishi va hokazo). Ijtimoiy mavzu (atrof-muhit, maishiy va kasbiy yo’nalishda ijtimoiy munosabat). Ta`lim mavzusi (o’quv muassasasi, o’quv qurollari va unga munosabat, ixtisoslik fanlarining hozirda o’qitilishi va hokazo) Ijtimoiy madaniy (O’zbekiston Respublikasi va tili o’rganilayotgan mamlakatning tarixiy, geografik, iqlimiy, madaniy, maishiy xususiyatlari). Kasbga yo’naltirilgan mavzu (o’rganilayotgan ixtisoslik tarixi, yo’nalishlari, sohaning buyuk namoyondalari, dolzarb muammolari, kasbiy etika va hokazo). Umumiy bosqich Nutq kompetentsiyasi Bosqichning asosiy maqsadi: - uzluksiz ta`lim tizimining avvalgi bosqichlari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari)da talabalar xorijiy tilda egallagan malaka va ko’nikmalarini korrektsiya qilish va tenglashtirish; - talabalarni nutq faoliyati turlari bo’yicha kasbiy muloqotga tayyorlashdan iborat; Tinglab tushunish: ma`ruza, taqdimot va munozaralar, radio va televidenie eshittirishlari, yangiliklar, intervyular, hujjatli film va shu kabi og`zaki matnlar; reklama va e`lonlar; til sohiblari nutq yozuvlari (badiiy, hujjatli filmlar, ommaviy chiqish va hokazo); til sohiblarining ijtimoiy mavzulardagi o’zaro suhbati; tinglangan axborotning asosiy maqsadi, to’liq mazmunini tinglab tushunish malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish. Gapirish: Dialog nutq ijtimoiy mavzularda suhbat va norasmiy dialog; kasbiy yoki boshqa mavzularda rasmiy va norasmiy munozaralar; munozarani boshqarish, intervyu, muzokaralar va telefon orqali muloqot olib borish. Monolog nutq ixtisoslikka oid mavzularda ma`ruza tayyorlash va o’qish; munozara, dalil va isbotlarni olg`a surish, fikrni asoslab berish; reklama va maxsus mavzularda taqdimot tayyorlash hamda chiqish qilish; ma`lumotlarni umumlashtirish, maqolalar yozish, muhokama qilish. 27 O’qish tanishuv o’qish, ko’z yugurtirib o’qish va sinchiklab o’qish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish; xat-xabar, yozishmalar va elektron pochtani o’qish; maxsus materiallarni o’zida aks ettirgan autentik matnlarni o’qish; maxsus so’z va terminlarga ega matnlarni, ilmiy va kasbga oid adabiyotlarni, elektron manbalar va matbuot materiallarini o’qish. Yozma nutq turli yozishmalar, xat-xabarlar va maxsus dokladlar (eslatma CVs va hokazo) yozish; esse, bayon, rezyume, tadqiqot ishi (maqolalar, bitiruv malakaviy ishlar) yozish. Kasbga yo’naltirilgan bosqich Kasbga yo’naltirilgan bosqichning asosiy maqsadi: - nutq turlari bo’yicha kasbiy sohada chet tilini amaliy egallash; - talabani ijodiy shaxs sifatida rivojlantirish; - soha bo’yicha adabiyotlarni tarjima qilish malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish; Tinglab tushunish: kasbga yo’naltirilgan autentik materiallarni bir marta eshitib asosiy mazmunini tushunish va zarur axborotni olish; kundalik voqealar haqida yangiliklar, reportajlarni tushunish, film qahramonlari nutqini tushunish. Gapirish: Dialogik nutq - til sohiblari bilan erkin muloqotda bo’lish va kasbiy mavzulara o’z fikr va mulohazalarini isbotlab berish; - suhbatni boshlash va tugatishni bilish, suhbatdoshiga taklif va maslahat berish, savollariga javob berish, axborot almashish, muhokama qilinayotgan dalillarni aniqlashtirish, o’qigan yoki eshitganlarini muhokama qilish; - matn asosiy mazmunini ifodalovchi leksik va sintaktik qurilmalarga asoslanib gapirib berish; - assotsiativ tafakkurga asoslanib mulohaza, tanqid, baholash dalillar bilan isbotlash orqali o’z nutqini tuzish; - ritorik xarakterga ega dialog nutq malakalarini takomillashtirish; - kasbiy muloqotlar, konferentsiya, simpozium, uchrashuv va munozaralarda qatnashish uchun nutq faoliyati, ko’nikma va malakalarini takomillashtirish. Monologik nutq: - dolzarb muammo yuzasida barcha “Tarafdor” va “Qarshi” dalillarni keltirgan holda o’z fikrini bayon qilish; - tinglagan va o’qigan matn mazmunini gapirish; - mazmunga baho berish; - o’rganilgan mavzular bo’yicha axborot berish - o’qigan matnni tahlil qilish va sharhlash; - o’qigan yoki tinglagan matnni qisqacha mazmunini bayon etish; - o’rganilgan mavzuda chiqish qilish; - ijtimoiy –siyosiy matnlarni o’qib sharhlab berish. O’qish: Tanishuv o’qish 28 matnni lug`atsiz, berilgan savol yoki umumiy mazmunini tushunish maqsadida o’qish; matn: 10 % gacha notanish so’z bo’lgan ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, maxsus badiiy matnlar; matn mazmunini chet tilida yoki ona tilida so’zlab berish, paragraflarni nomlash, test topshirish. Sinchiklab (o’rganib) o’qish matnni asosiy axborotni ajratib olgan holda mazmunini to’liq va aniq tushunib o’qish. O’qish tezligi, hajmi: lug`atdan foydalanib 1600 bosma belgili matnni 1,0 akademik soatda o’qish. matn: maxsus, ilmiy ommabop 12% gacha notanish so’zga ega bo’ladi. Ko’z yugurtirib o’qish: - matn mazmuni xususiyatlarini aniqlash; - zarur axborotni matndan topish; - so’z (matn) ma`no mazmunini kontekst asosida fahmlab olish; - matndagi birlamchi (asosiy) ikkinchi darajali axborotni ajratish; - matn kalit so’zlarini ajrata olish; - matn qismlariga sarlavha qo’yish. Yozma nutq Yozma nutq bo’yicha: - kasbga yo’naltirilgan bosqichda shakllangan malakalarni takomillashtirish; - referat, annotatsiya yozish texnikasini takomillashtirish; - hujjatlarni rasmiylashtirishni bilish (tuzilishi, uslubi, xujjat tili) va u asosida hujjatlarni namunaga qarab, sxemaga ko’ra, klishe va frazalarni qo’llab, axborotni hisobga olib, ish yuritish vaziyatlari talablariga mos ravishda rasmiylashtirish; - berilgan mavzuda bayon, esse, rezyume tuzish,sohaga oid adabiyotlar bo’yicha referat yozish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling