O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi aliser navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#219394
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
sopol

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

40 


III-BOB. BRONZA DAVRI JAMOALARINING DAFN MAROSIMLARI VA 

ULARNI  EVOLYUSIYASI 

3.1.  O’troq  Dehqonchilik  madaniyati  jamoalarida  dafn  marosimlari  va 

ularning evolyusiyasi 

O’lkamizda  islom  dinidan  oldin  amalda  bo’lgan  otashparastlik  va 

zardushtiylik diniga e’tiqod qiluvchi ajdodlarimizning o’ziga xos dafn marosimlari 

kishi  e’tiborini  jalb  etadi.  Dafn  marosimlari  misolida  o’sha  davr  odamlarining 

umumiy  yashash  sharoiti,  ularning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  diniy  mafkurasi  qanday 

bo’lganligini ko’rish mumkin. Jamiyatdagi turli guruhlarning qarashlari va qayg’u-

alamlari ularning qabrlarida namoyon bo’lgan diniy marosimlari orqali ifodalanadi. 

Bronza davridan e’tiboran zardushtiylik dini chorvadorlar orasida ildiz otib, 

quyosh  eng  muqaddas,  oliy  ibtido  sifatida  qadrlangan.  Bu  davr  aholisi  tog’ 

tepalarida, ko’l bo’ylarida, quyosh yaxshi ko’rinadigan joylarda quyoshga sig’inib, 

yaylovga  boy  yerni  so’rashgan

76

.  Bronza  davrida  vujudga  kelgan  o’troq 



dehqonchilik  vohalari  aholisining  diniy  qarashlari  dastlabki  davrda  dasht  aholisi 

diniy  qarashlari  bilan  ko’p  jihatdan  o’xshash  bo’lsada,  o’troq  aholining  keyingi 

tarixiy  taraqqiyotida  cho’l  aholisidan  keskin  farq  qila  boshlaydi,  din  jamiyatni 

boshqarishning  ustuvor  omiliga  aylanadi.  Tabiiyki  o’troq  dehqon  hayotida  yer, 

suv,  havo,  olov  (quyosh)  muhim  o’ringa  ega.  Tabiat  unsurlariga  e’tiqod  qilish 

dehqonlar jamoasida tobora uyg’unlashib, aniq tizimga kirib boradi

77

.  


 Qabrlardan  topilgan  bronza  kurakchadan  Sopollitepada,  Ilk  Tulxor 

qabristonida  va  Zomonbobo  qabristoni  topilmalari  bilan  qiyoslanadi.  Murg’ob 

vohasi,  janubiy  Tojikistondagi  Nurek,  Tandiryo’l,  Toxirboy-3  va  Zarkamar 

qabristonida  o’tkazilgan  izlanishlar  natijasida  topilgan  ashyolar,  sopol  buyumlar 

Mo’lali  bosqichi  sopol  buyumlaridan  farq  qilmaydi

78

.  Nurek  va  Tandiryo’lning 



davriy  sanasi  mil.avv.  II  ming  yillikning  ikkinchi  yarmi  bilan  belgilangan

79



Toxirboy-3  yodgorligi  sopollari  ustiga  solingan  zigzak  belgilar  Mo’lali  sopol 

                                                      

76

  Эсанов  М.  Авесто  жамиятининг  археологик  материалларда  акс  этиши.  (Қадимги    Бақтрия  ва 



Марғиѐнанинг бронза даври моддий маданият ѐдгорликлари мисолида) // т.ф.н. диссер. Т.: 2007, – Б. 63. 

77

 Эсанов М. Авесто жамиятининг археологик материалларда акс этиши. .... – Б. 60. 



78

 Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ... – С. 42-43.  

79

Литвинский Б.А., Антонова Е.В., Виноградова Н.М., Раскопки могильники Тандирйул // АО, 1975г. – М., 



1976. – 567-568; Пьянкова А.Т. Могильник эпохи бронзы Тигровая Балка // СА, 1974, – № 3, – С. 542-543. 


 

41 


idishlarida  ham  uchraydi.  Bundan  tashqari,  yana  Janubiy  Turkmanistondan, 

Eronning  Kaytarex  qabristoni  (mil.avv.  II  ming  yillik  oxirlari)  sopollariga 

o’xshashligi  aniqlangan.  Mo’lali  bosqichidan  topilgan  ikkita  silindrli  idish  Eron 

Seistoni – Shaxri-Soxta manzilgohi 413-qabr sopollari bilan qiyoslanadi

80



Shunday qilib, Mo’lali bosqichi kulolchilik mahsulotlari O’rta Osiyo, Eron va 



Afg’oniston yodgorliklari bilan bir davrga tegishli bo’lib, bular Bo’ston-3, Mo’lali, 

NuRek,  Tandiryo’l  va  Zarkamardir.  Ularning  sanasi  mil.avv.  XI  –  X  asrlar  bilan 

belgilangan.  


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling