Sirlanmagan sopol idishlar
Download 15.55 Kb.
|
Sirlanmagan sopol idishlar 4- mavzu
Sirlanmagan sopol idishlar O’rta Osiyo miqyosida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlarda qadimgi sopol buyumlar hunarmandchiligi to’g’risida ma’lumotlar qo’lga kiritilgan. Faktlarga murojaat etsak ular quyidagicha: Umuman olganda O’rta Osiyoda dastlabki sopol idishlar paydo bo’lishi Joyitun madaniyati sopol manbalari asosida mil.avv. VII ming yillik oxiri VI ming yillik bilan belgilanadi. A.P.Okladnikov Jabal g’ori 5- madaniy qatlamidan topilgan sopol idish parchalarini mil.avv. V ming yil bilan yoshlaydi: G.Ye. Markov tomonidan Dam-Dam-Chashma 2 yodgorligi madaniy qatlamidan topilgan sopol idish parchalari mil.avv. VI ming yillik oxiri bilan belgilangan. Lekin, bu ikkala yodgorliklar sopol idishlari to’g’risida soha tadqiqotchilari o’rtasida radiouglerod analizlari yo’qligi hamda ular yuqori madaniy qatlamdan siljib tushgan bo’lishi mumkinligi haqida salbiy fikrlar ham yo’q emas. O’rta Osiyo qadimgi sopollari to’g’risida A.V.Vinogradov tomonidan Qizilqum hududi, Daryosoy vohasidan Uchaщi-131 yodgorligidan (Mil.avv VI ming yillik 2-yarmi) topilgan sopol idishlarni O’rta Osiyo miqyosidagi qadimgi sopollar bo’lgan Joyitun sopollari bilan xronologik jihatdan bir qatorga qo’yish mumkin. F.Brunet, M.Xo’janazarov tomonidan so’nggi yillar maboynida Oyoqagitma, yodgorligi tadqiqotida qo’lga kiritilga sopol idishlar parchasi ham neolit davri ilk bosqichi - mil.avv. VII-VI ming yilliklar bilan sanalanmoqda. O’rta Osiyoga qo’shni hududlar Pokiston, Hindiston, Afg’oniston hamda Sharqiy Osiyoning Xitoy, Yaponiya hududlari qadimgi sopollari haqida V.A.Ranov tomonidan keltirilgan ma’lumotlar ham ahamiyat kasb etadi[1]. Sopol buyumlar sirtini pardozlash , ularga naqshlar solish ibtidoiy odamlar, xususan ixtisoslashgan kasb egalari bo’lmish usta kulollarning ma’naviy kechinmalari maxsuli hisoblanadi. Sopol idishlar sirtiga solingan naqshlar o’z motivlari bilan turlichadir. Naqshlarni sopol idishlar sirtiga solinishi bir tomondan idishlar ko’rinishi nafosatini bildirsa, ikkinchi tomondan ular syujeti, motivlari mazmun- ma’nosi ma’naviy madaniyatning namunasidir. Ta’kidlash joizki, idishlarga naqshlar solinishi ham ma’lum kasbiy mahoratni hamda o’ziga xos texnologik uslubni talab etadi. Har qanday idish sirti naqsh solinishidan oldin pardozlanib, silliqlanadi. Idishning sirtiga ishlov berilishi o’ziga xos texnologiyaga ega. Mutaxassislar ko’rsatishicha, idish sirti silliqlangach maxsus qilingan suyuq loy bilan suvalib, idishda maxsus qatlam hosil qilinadi va u pardozlanadi. Bu ishlar dastlab qo’lda bajarilgan. O’rta Osiyo miqyosida arxeologik tadqiqotlarda qo’lga kiritilgan dastlabki, qadimgi sopol idishlar olovda pishirilmasdan oldin idish loyi hali nisbatan ho’lroq bo’lgan paytda naqshlar solinganligi aniqlangan. Ushbu naqshlar uchli yog’och yoki uchli suyak yordamida tirnash yoki bosib tushirish yoki maxsus qolipda bosib tushirilish kabi usullarda solingan. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, Yaqin Sharq hududi usta kulollari idish sirtini maxsus tayyorlangan suyuq holatdagi loy bilan suvashgan va idish olovda pishirilgandan so’ng uning sirti qayta ishlanib, pardozlanib bir xil rang berilgan ( ko’pincha qizil, qora ) va shu rang ustiga bo’yoqda naqsh chizishgan. Soha mutaxassislari sopol idishlar naqshlari asosida ibtidoiy jamoalar madaniyati o’ziga xoslik xususiyatlarini aniqlashgan. Bu esa o’z navbatida ma’lum sarhadlarda yashagan jamoalarning alohida , mustaqil etnik guruh bo’lishganligi hamda mazkur jamoalarning qo’shni jamoalar bilan o’zaro madaniy aloqada bo’lishganligiga ilmiy asos beradi. Aniqrog’i, ma’lum etnik jarayonlar sodir bo’lganligini haqida mulohaza va mushohada yuritish imkonini beradi. Sopol ishlab chiqarish hunarmandchiligi kishilik tarixi taraqqiyotida ishlab chiqarish iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tom ma’noda o’ziga xos “neolit inqilobi”ning tadrijiy, tarixiy mahsulidir. Bu jarayon ham uz-o’zidan birdaniga sodir bo’lmasdan kelib chiqish tarixiy shart-sharoitlari, tarixiy ildizlari va tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda texnologiyasiga ega. Bu haqda Sayko E.V., V.Fersarvis, Ye.M. Peщyerova, M.K.Rahimov, A.I. Avgustinik, M.G. Vorobyeva, Yu.A. Zadneprovskiy, S.B.Lunina, S.P.Tolstov, V.M.Masson, A.V.Vinogradov, V.I.Sarianidi, I.S.Masimov kabi soha mutaxassislari tadqiqotlarida ma’lumotlar uchraydi. Xususan, E.V.Saykoning O’rta Osiyo tarixiy taraqqiyoti bosqichlari rivojida sopol ishlab chiqarilishi texnologiyasi va texnikasi borasida amalga oshirgan tadqiqoti muhim hisoblanadi. U O’rta Osiyo sopol ishlab chiqarish iqtisodiyotining rivojlanishini 7 ta yirik bosqichga ajratadi ( mil.avv. VI ming yillikdan to milodiy XV asrgacha bo’lgan tarixiy davrni)[2]. Sopol ishlab chiqarishi shakllanishi va rivojlanishi o’z tarixiy shart-sharoitlariga ega. Bu jarayon dastavval ibtidoiy odamlar kunlik turmush tarzi, kunlik mashg’ulotlari bilan bog’liq. Aniqrog’i, kunlik mashg’ulotlari paytida, ayniqsa uy sharoitidagi mashg’ulotida ixtisoslashgan mehnat jarayoni yuzaga keladi. Sopol idishlar yasalish darajasiga yetguncha ham odamlar olov, gulxan yordamida turli loydan yasalgan buyumlarni kuydirishib yasashgan. Vaqt o’tishi bilan ma’lum bilim ko’nikmasi asosida tajribaga tayangan holda sopolchilikka yo’naltirilgan maxsus ixtisoslashgan kasb egalari yetishib chiqa boshlaganlar. Sopol hunarmandchiligi shakllanashi va rivojida E.V.Sayko 4 ta texnologik jarayonni ajratadi: 1. Loyni tayyorlash; 2. Idishni yasash; 3. Idish sirtiga ishlov berish; 4. Idishni pishirish jarayoni. Shuningdek, sopol hunarmandchiligini 1. Uy sharoitida sopol ishlab chiqarish. Bunda sopol ishlab chiqarilishi, uning bazasini barqaror faoliyati bo’lmaydi; 2. Sopol ishlab chiqarilishida jamoatchilik sharoiti. Bunda jamoat mehnatidan kasbiy nuqtai nazaridan ixtisoslashgan ustalar mehnati umum jamoa mehnatidan ajralib chiqa boshlaydi. 3. Sopol hunarmandchiligi. Bunda ishlab chiqarishi jihatidan kuchli bo’lgan yirik ustoxonalar faoliyat ko’rsatadi. Sopol hunarmandchiligi ishlab chiqarish birlashmalari paydo bo’ladi. Ma’lumki, sopol buyumlar dastlab qo’lda ishlangan. Loy tasmalaridan inson qo’li bilan sopol idishlar yasalgan. Vaqt o’tishi bilan kishilik tarixi taraqqiyoti keyingi bosqichlari mobaynida sopol kulolchiligida ikkita muhim texnik vosita, texnologiya yuzaga kelgan: 1. Sopol idishlar pishiriladigan pechlar. 2. Sopol idishlar yasaladigan dastgohlar. Bu texnologik yangiliklar sopol idishlarni barqaror, bir zaylda ishlab chiqarish hamda ular sifatini oshirish imkonini yaratgan. Eng muhimi sopol idishlar turlari ko’paygan va ularning xarid quvvati oshgan. Shu tariqa sopol ishlab chiqarilishi jamiyat hayotida, mehnat taqsimotida mustaqil hunarmandchilik sohasi yo’nalishi sifatida faoliyat ko’rsata borgan. Sopol ishlab chiqarish iqtisodiyoti o’z rivojida yangi, sifat jihatidan yuqori darajasiga erishgan, texnik progress ro’y bergan. Tadqiqotchi V.Ferservis ma’lumoticha qo’lda sopol buyumlari yasashdan to dastgohlarda yasashgacha o’tgan vaqt 2 ming yilni tashkil etgan, hind sivilizasiyasida esa bu vaqt muddati biroz kamroq bo’lgan. Xullas, sopol ishlab chiqarilishi hunarmandchiligi shakllanishida asosiy faktor – odamlar bir qismining kasbiy ixtisoslashuvi hisoblanadi. Ixtisoslashuv tarixiy-ishlab chiqarish, ishlab chiqarish iqtisodiyoti rivoji barqarorligini hamda ishlab chiqarish rivojining tarixiy taraqqiyot bosqichlari misolida effektivligini ta’minlaydi. Sopol idishlarning o’zi va mehnat qurollarining standartlashuvlari ro’y berdi. Bu borada yangidan yangi bilim ko’nikmalari va ishlab chiqarish tajribalari yuzaga kela bordi. Xususan, sopol idishlarni pishirishda vaqt o’tishi bilan turli progressiv texnologiyalar qo’llanilgan. Masalan, dastlab mil.avv. VI-V ming yilliklarda sopol idishlarni pishirishda maxsus ixtisoslashgan moslamalar qo’llanilmagan; mil.avv. V-III ming yilliklarda gorizontal holatda olovga ega bo’lgan maxsus pechlarda sopol idishlar pishirila boshlangan; O’rta Osiyo miqyosida mil.avv. IV-III ming yilliklarda sopol idishlar pishirishda muntazam ravishda pechlar qo’llanila boshlangan; Mil.avv. III ming yillik oxiridan sopol idishlar pishirishda ikki yarusli pechlar ishlatila boshlangan. Ta’kidlash joizki sopol idishlar yasashda keyingi tarixiy taraqqiyot bosqichlarida idishni bir necha marotaba pishirish, masalan, idishga sir berishdan oldin va sir bergandan so’ng pishirib olish usullari qo’llanilgan. Shuningdek, idishga qarama qarshi holatda olov berib pishirish texnologiyalari ham qo’llanilgan. Download 15.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling