O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana27.04.2020
Hajmi1.28 Mb.
#101639
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ozbek davlatchiligi tarixi


 
 
 
21-mavzu. Mustaqil O‘zbekistonda davlat hokimiyatlari bo`linishi.  
Reja 
1. Oliy Majlis – qonun chiqaruvchi hokimiyat. 
2. Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati  
3. Davlat boshqaruvida sudlarning roli 
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar.  Hokimiyatlar  bo‘linishi,  qonun  chiqaruvchi 
hokimiyat,  ijro  etuvchi  hokimiyat,  sud  hokimiyati,  Oliy  majlis-parlament, 
Qonunchilik  palatasi,  Senat,  Qo‘mitalar,  Doimiy  komissiyalar,  Spiker,  Vazirlar 
Mahkamasi,  Hukumat,  Bosh  Vazir,  Vazirlar  Mahkamasining  vakolatlari, 
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Vazirliklar. 
 
Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan ma’lumki, huquqiy 
davlat qurishni maqsad qilib qo‘ygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatini tashkil 
etish  hokimiyatlar  bo‘linishi  nazariyasiga  asoslanishi  kerak.  CHunki  bunday 
prinsip  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan  suiste’mollikni  oldini  olishning  ishonchli 

vositasi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Huquqiy  davlat  va  erkin  fuqarolik  jamiyati 
qurayotgan  O‘zbekiston  ham  o‘z  davlat  organlari  idoralari  tizimini  hokimiyatlar 
bo‘linishi asosida tashkil etgan. 
 
Huquqiy  davlatning  muhim  tamoyillaridan  bo‘lgan  hokimiyatlar  bo‘linishi 
nazariyasi  O‘zbekiston  Konstitutsiyasining  11  moddasida  “O‘zbekiston 
Respublikasi  davlat  hokimiyatining  tizimi  –  hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi, 
ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo‘linish  prinsiplariga  asoslanadi”,  deb 
mustahkamlab  qo‘yilgan.  Hokimiyatlarga  bo‘linish  prinsipining  amalga 
oshirilishida  “bir-birini  tiyib  turish  va  o‘zaro  muvozanatda  ushlash”  tizimining 
samarali  ishlashi  juda  muhim  bo‘lib,  bu  tizimning  xuquqiy  asoslari  Asosiy 
Qonunda  mustahkamlangan.  Unda  hokimiyatning  har  bir  tarmog‘i  vakolatiga 
kiruvchi  masalalar  doirasi  aniq  chegaralanib,  ko‘rsatib  berilgan.  Qonun 
chiqaruvchi  hokimiyatni  –  Oliy  majlis,  ijro  etuvchi  hokimiyatni  –  Vazirlar 
mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi. 
 
Ta’kidlash  lozimki,  ilmiy  doiralar  va  kundalik  hayotda  ommaviy  axborot 
vositalari  haqida  ba’zan  mustaqil  to‘rtinchi  hokimiyat  tarmog‘i  sifatida  fikr 
yuritiladi.  Ammo,  ommaviy  axborot  vositalarini  bunday  ifoda  etish  qandaydir 
rasmiy hokimiyatni bildirmaydi. SHunga qaramasdan, ommaviy axborot vositalari 
jamoatchilik  fikrini  shakllantirishda  o‘ta  muhim  rol  o‘ynaydi  va  ulkan  ahamiyat 
kasb etadi.  
 
O‘zbekiston  Respublikasidagi  davlat idoralari  davlat  hokimiyatini  amalga 
oshirishning  yagona  tizimini  tashkil  etadi.  O‘zbekiston  fuqarolari  davlat  ishlarini 
boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan, saylovlar va o‘z vakillari 
orqali davlat organlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Konstitutsiyaga 
muvofiq  (99  modda),  “Viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlar(tumanga  bo‘ysunuvchi 
shaharlar,  shuningdek,  shahar  tarkibiga  kiruvchi  tumanlardan  tashqari)  hokimlar 
boshchilik  qiladigan xalq  deputatlari  kengashlari  hokimiyatning  vakillik  organlari 
bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli 
masalalarni hal etadilar”. 
 
Oliy  majlis  va  uning  faoliyati.  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisiga 
saylov  to‘g‘risidagi”  Qonun    loyihasi  1993  yil  4  sentyabrda  matbuotda  e’lon 
qilindi.  Respublikadagi  ko‘plab  etakchi  olimlar,  huquqshunoslar,  mutaxassislar 
uning  muhokamasida  ishtirok  etdilar.  Natijada  mazkur  Qonun  loyihasiga  bir 
qancha  o‘zgartirishlar  kiritildi.  1993  yil  28  dekabrdagi  Oliy  kengashning  o‘n 
to‘rtinchi sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov to‘g‘risida”gi 
Qonunni qabul qildi. Oliy majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda bo‘lib 
o‘tdi. Birinchi turda 205 ta deputat, qolgan ikki turda (1995 yil 8 va 22 yanvar) 45 
ta deputat (jami 250 ta) saylandi. 
 
Oliy  majlis  -  O‘zbekiston  Respublikasining  oliy  vakillik  va  qonun 
chiqaruvchi  organi  hisoblanadi.  U  ikki  palatadan  iborat  bo‘lib,  quyi  palata  –
Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb nomlanadi. Qonunchilik palatasi 
saylov  okruglari  bo‘yicha  ko‘ppartiyaviylik  asosida  saylanadigan  120  nafar 
deputatdan  iborat.  Qonunchilik  palatasini  ishi  palata  barcha  deputatlarning 
professional  doimiy  faoliyat  ko‘rsatishiga  asoslanadi.  Qonunchilik  palatasining 
vakolat  muddati  –  besh  yil.  Vakolat  muddati  tugagach,  u  yangi  Qonunchilik 

palatasi ishi boshlaguniga qadar  o‘z  faoliyatini  davom  ettirib turadi.    O‘zbekiston 
Respublikasining  saylov  kuniga  qadar  25  yoshga  to‘lgan  hamda  kamida  besh  yil 
O‘zbekiston  hududida  muqim  yashayotgan  Respublika  fuqarosi  Qonunchilik 
palatasining deputati bo‘lishi mumkin. 
 
Senat  –  hududiy  vakillik  palatasi  hisoblanib,  senatorlar  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati 
vakillik  organlari deputatlarining  tegishli  qo‘shma  majlislarida  mazkur deputatlar 
orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
va  Toshkent  shahridan  teng  miqdorda  –  6  kishidan  saylanadi.  YUqori  palataning 
16  nafar  a’zosi  fan,  san’at,  adabiyot,  ishlab  chiqarish  sohasida  hamda  davlat  va 
jamiyat  faoliyatining  boshqa  tarmoqlarida  katta  tajribaga  ega  bo‘lgan  hamda 
alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tayinlanadi.  
 
Oliy majlis tarkibida 12 ta qo‘mita va 4 ta doimiy komissiya mavjud. 
           Qo‘mitalar:  
1.  Byudjet, bank va moliya masalalari. 
2.  Qonunchilik va sud – huquq masalalari. 
3.  Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar. 
4.  Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat. 
5.  Sanoat, qurilish, transport va aloqa. 
6.  Iqtisodiyotni isloh qilish va tadbirkorlik masalalari. 
7.  Ijtimoiy masalalar va bandlik. 
8.  Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari. 
9.  Atrof – muhit va tabiatni muhofaza qilish. 
10. Matbuot va axborot. 
11. Mudofaa va xavfsizlik. 
12. Demokratik  institutlar,  nodavlat  tashkilotlar  va  fuqarolarning  o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari. 
    Doimiy komissiyalar: 
1. 
Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti. 
2. 
Oila va ayollar muammolari. 
3. 
YOshlar ishlari. 
4. 
Normativ – huquqiy atamalar. 
      Parlamentning vakolatlari quyidagi tarzda uch guruhga ajratiladi: 
Birinchi  guruh,
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik    palatasi 
va Senatining birgalikdagi vakolatlari bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: 
 1.O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasini 
qabul 
qilish, 
unga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; 
 2.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlarini 
qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;  
  
3.O‘zbekiston  Respublikasining  referendumini  o‘tkazish  to‘g‘risida  va  uni 
o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;  
   4.O‘zbekiston  Respublikasi  ichki  va  tashqi  siyosatining  asosiy  yunalishlarini 
belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 

  5.O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga 
binoan 
O‘zbekiston 
Respublikasining  hokimiyat  tarmoqlari  tizimini  hamda  qonun  chiqaruvchi,  ijro 
etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash;  
  6.O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va 
ularning  O‘zbekiston  Respublikasi  tarkibidan  chiqishi  haqidagi  qarorlarni 
tasdiqlash; 
  7. Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yuli bilan tartibga solish; 
  8. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish; 
  9.  O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy-hududiy  tuzilishi  masalalarini 
qonun yuli bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish; 
 
  10.Tumanlar,  shaharlar.  viloyatlarni  tashkil  etish,  tugatish,  ularning  nomini 
hamda chegaralarini o‘zgartirish; 
  11.O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  taqdimiga  binoan 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish; 
   12.Davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish; 
  13.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va 
boshqa  davlat  boshqaruv  organlarini  tuzish  hamda  tugatish  to‘g‘risidagi 
farmonlarini tasdiqlash; 
  14.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; 
  15.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  O‘zbekiston
 
Respublikasi  Bosh  vaziri,  uning  birinchi  o‘rinbosari  va  o‘rinbosarlarining 
nomzodlarini  ko‘rib  chiqish  va  tasdiqlash.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  a’zolari  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  taqdimiga 
binoan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi; 
   16.O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari  bo‘yicha  vakili 
va uning o‘rinbosarini saylash; 
   17.O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish; 
  18.O‘bekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum 
qilinganida yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma 
majburiyatlarini  bajarish  zarurati  tug‘ilganida  urush  holati  e’lon  qilish 
to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash; 
     19.O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
umumiy 
yoki 
qisman 
safarbarlik  e’lon  qilish,  favqulodda  holat  joriy  etish,  uning  amal 
qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;   
 
20.O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalarini  ratifikatsiya  va 
denonsatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 
21.O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  nazarda  tutilgan  boshqa 
vakolatlarni amalga oshirish. 
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar qoida tariqasida, 
avval  Qonunchilik  palatasida,  so‘ngra  Senatda  ko‘rib  chiqiladi  (O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, 78-modda). 
Ikkinchi  guruh,  Qonunchilik  palatasining  quyidagi  mutlaq  vakolatlarini 
qamrab oladi: 
1.Qonunchilik  palatasining  Spikeri  va  uning  o‘rinbosarlarini  qo‘mitalarning 
raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 

2.O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh prokurorining taqdimiga binoan  Qonunchilik 
palatasi  deputatini  dahlsizlik  huquqidan  mahrum  etish  to‘g‘risidagi  masalalarni 
hal etish; 
Z.Reglamentni  hamda  o‘z  faoliyatini  tashkil  etish  va  palataning  ichki  tartib-
qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish; 
4.Siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  hayot  sohasidagi  u  yoki  bu  masalalar  yuzasidan, 
shuningdek,  davlat  ichki  va  tashqi  siyosati  masalalari  yuzasidan  Qonunchilik 
palatasining  qarorlarini  qabul  qilish  (O‘zbekistan  Respublikasi  Konstitutsiyasi, 
79-modda). 
Uchinchi  guruh,  Oliy  Majlis  Senatining  quyidagi  mutlaq  vakolatlarini  o‘zida 
mujassam etgan: 
1.Senat  Raisi  va  uning  o‘rinbosarlarini,  qo‘mitalarning  raislari  va  ularning 
o‘rinbosarlarini saylash; 
2.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudini saylash; 
3.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy Sudini saylash; 
4.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy xo‘jalik sudini saylash; 
5.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  O‘zbekiston 
Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasining  raisi  va  uning 
o‘rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; 
6.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 
prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish 
to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 
7.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy 
xavfsizlik  xizmati  raisini  tayinlash  va  uni  lavozimidan  ozod  etish  to‘g‘risidagi 
farmonlarini tasdiqlash; 
    
8.O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  O‘zbekiston 
Respublikasining  chet  davlatlardagi  diplomatik  va  boshqa  vakillarini  tayinlash 
hamda lavozimidan ozod etish;  
     9.O‘zbekistan  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va lavozimidan ozod 
etish; 
     10.O‘zbekistan  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  amnistiya 
to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish; 
    11.O‘zbekistan  Respublikasi  Bosh  prokurorining  taqdimiga  binoan  Senat 
a’zosini dahlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; 
    12.O‘zbekistan  Respublikasi  Bosh  prokurorining,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  raisining,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; 
    13.  Reglamentni  hamda  o‘z  faoliyatini  tashkil  etish  va  palataning  tartib-
qoidalari bilan bog‘lik masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish; 

     14.Siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  hayot  sohasidagi  u  yoki  bu  masalalar 
yuzasidan,  shuningdek,  davlat  ichki  va  tashqi  siyosati  masalalari  yuzasidan  Senat 
qarorlarini qabul qilish (O‘zbekiston Respublikasining Qonstitutsiyasi, 80-modda). 
      O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  mansabdor 
shaxslarni Senat tomonidan saylash, tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish 
tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
umumiy  va  har  ikki  palataning  alohida  ish  tartiblari  mamlakatimizning  Asosiy 
qonuni,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Reglamenti,  O‘zbekistan 
Respublikasining  qonun  hujjatlarini  tayyorlash  to‘g‘risidagi  qonuni,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  qo‘mitalari  va  komissiyalari  to‘g‘risidagi  nizomi 
bilan belgilanadi. 
Qo‘mitalar  va  komissiyalarning  hal  qilishi  lozim  bo‘lgan  masalalarining  
ko‘lami  juda  keng  bo‘lib,  Oliy  Majlis  mamlakatimiz  hayotiga  doir  bo‘lgan, 
xalqimizni tashvishlantiradigan barcha masalalar bilan shug‘ullanadi. 
Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati.O‘zbekiston Respublikasida hukumat 
“Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi  to‘g‘risidagi”  Qonunga  binoan,  u  O‘zbekiston  Respublikasida 
iqtisodiyotning,  ijtimoiy  va  ma’naviy  sohaning  samarali  faoliyatiga  rahbarlikni, 
O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  Oliy  Majlisning  qororlari,  Prezident 
farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari  ijrosini  ta’minlovchi  ijro  etuvchi 
hokimiyatdir. 
 
Hukumat  –  davlat  boshqaruvining  oliy  organi  bo‘lib,  davlat  boshqaruv 
shaklining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday davlatning oliy ijroya organi 
hisoblanadi.  Hukumat  Konstitutsiya  va  qonunlar  asosida  mamlakatning  ichki  va 
tashqi siyosatini amalga oshiradi, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, 
davlat  boshqaruvining  boshqa  organlari  hamda  Qurolli  kuchlarga  umumiy 
raxbarlik qiladi. Hukumatning shakllanish tartibi, mazkur davlatda mavjud bo‘lgan 
boshqaruv  shakliga  bog‘liq  holda  o‘rnatiladi  hamda  turli  davlatlarda  turlicha 
nomlanadi. Misol uchun, AQSHda – Ma’muriyat, Angliyada va Turkmanistonda – 
Ministrlar Kabineti, Fransiya va Italiyada – Ministrlar Kengashi, Xitoyda  - Davlat 
Kengashi, Rossiya va Tojikistonda – Hukumat, YAponiyada – Kabinet va hok. 
O‘zbekistonda  Vazirlar  Mahkamasi  Prezident,  Oliy  majlis  va  sudlar  bilan  bir 
qatorda  hokimiyatni  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo‘lish 
asosida amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga 
va  o‘zi  tashkil  etadigan  xo‘jalik  boshqaruvi  tuzilmalariga  boshchilik  qiladi, 
ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta’minlaydi. Vazirlar mahkamasi qonun bilan 
belgilab  qo‘yilgan  o‘z  tarkibiga  ega.  Unga  ko‘ra,  Vazirlar  Mahkamasi  tarkibiga 
Bosh vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlari,  davlat  qo‘mitalarining  raislari,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi 
organlarining raxbarlari kiradi. 
Konstitutsiyaga  binoan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  Vazirlar 
mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va ungi rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi 
uchun  shaxsan  javobgar  bo‘ladi,  Vazirlar  Mahkamasining  majlislariga  raislik 
qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. 

Vazirlar  Mahkamasining  tarkibi  Prezident  tomonidan  shakillantiriladi. 
Prezident  Bosh  vazir  nomzodini  ko‘rib  chiqish  va  tasdiqlash  uchun  Oliy  majlis 
palatalariga  taqdim  etadi.Ushbu  masala  avval  Qonunchilik  palatasida,  so‘ngra 
Senatda  ko‘rib  chiqiladi.  Bosh  vazirni  lavozimidan  ozod  qilish  Prezident 
vakolatiga  kiradi.  Vazirlar  mahkamasining  a’zolari  Bosh  vazir  taqdimiga  ko‘ra, 
Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida 
Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining 
rayosati faoliyat ko‘rsatadi. 
Vazirlar Mahkamasining ijro hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etishiga doir 
vakolatlariga quyidagilar kiradi: 
1. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  Vazirlar  Mahkamasining 
a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun Prezidentga taqdim etadi. 
2. 
Vazirlar  Mahkamasi  Respublika  qonunlari,  Oliy  Majlis  qarorlari, 
Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. 
3. 
O‘zbekistonning  butun  hududidagi  barcha  organlar,  korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi 
majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
Vazirlar  Mahkamasi  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlari  sifatida  quyidagi 
faoliyat sohalarini keltirish mumkin: 
-  ma’muriy-siyosiy sohasidagi faoliyat; 
-  iqtisodiyot sohasidagi faoliyat; 
-  ijtimoiy-madaniy sohasidagi faoliyat; 
Ma’muriy – siyosiy sohadagi vakolatlar: 
1.  Respublika boshqaruv tuzilmasini takomillashtiradi. 
2.  Respublika  vazirliklari,  davlat  qo‘mitalari,  idoralari,  davlat  va  xo‘jalik 
boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida 
takliflar ishlab chiqadi. 
3.  Vazirliklar, 
davlat  qo‘mitalari,  idoralar  hamda  davlat  va  xo‘jalik 
boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi. 
4.  Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat byudjetida bo‘lgan davlat 
boshqaruvi  boshqa  organlarining  markaziy  apparati  xodimlarining  soni  va  ularga 
sarflanadigan mablag‘lar miqdorini belgilaydi. 
5.  Vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  raislarining  o‘rinbosarlarini,  bosh  boshqarmalar 
hamda  davlat  boshqaruvi  boshqa  organlarining  rahbarlari  va  ularning 
o‘rinbosarlarini lavoziga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. 
6.  Xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  raxbarlarining  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari, 
idoralari  hay’atlari  a’zolarini,  shuningdek,  Hukumat  tomonidan  tashkil  etiladigan 
xo‘jalik boshqaruvi organlari a’zolarini tasdiqlaydi. 
7.  O‘zbekistonning  davlat  xavfsizligi  va  mudofaa  qudratini  oshirish,  davlat 
chegaralarini qo‘riqlashni  ta’minlash,  davlat  manfaatlarini   himoya  qilish,  jamoat 
tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish 
chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi. 
8.  Davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda 
o‘tkazish  hamda  Respublika  va  xalqaro  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yirik  ekologik 
dasturlarni  amalga  oshirish  borasidagi  ishlarni  muvofiqlashtiradi,  katta  avariyalar 

va  falokatlarning,  shuningdek,  tabiiy  ofatlarning  oqibatlarini  tugatish  chora-
tadbirlarini ko‘radi. 
9.  O‘zbekistonning  xorijiy  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlardagi  vakilligini 
ta’minlaydi,  hukumatlararo  shartnoma  va  bitimlar  tuzadi  hamda  ularni  bajarish 
chora-tadbirlarini ko‘radi. 
 
Iqtisodiy sohadagi vakolatlar: 
1.  Iqtisodiy 
jarayonlarni 
boshqarish, 
mulkchilikning 
barcha 
shakllarini 
uyg‘unlashtirish  va  ularning  tengligi,  iqtisodiyotni  monopoliyalashtirishdan 
chiqarish, bozor iqtisodiyotining hukuqiy mexanizmini ro‘yobga chiqarish asosida 
erkin tadbirkorlik uchun shart- sharoitlar yaratish. 
2.  Xo‘jalik  yuritishning  yangi  shakllari-konsernlar,  konsorsiumlar,  tarmoqlararo 
birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa ana shunday tashkilotlarni barpo  etishga 
va  mustahkamlashga  ko‘maklashadi,  xalq  xo‘jaligi  va  aholi  talablarini 
qondirishdan kelib chiqib, ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi. 
3.  O‘zbekistonda  pul  va  kredit  tizimini  mustahkamlash  chora-tadbirlarini  amalga 
oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash 
miqdorining  belgilangan  kafolatlarini  va  ijtimoiy  ta’minot  darajasini  ta’minlash 
chora – tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 
4.  Respublika byudjetini, shuningdek, mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy rivojlantirish 
istiqbollarini  va  eng  muhim  dasturlarini  ishlab  chiqadi  hamda  ularning  ijrosini 
tashkil etadi. 
Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling