O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Husnixat darsining taxminiy namunasi


Download 215.7 Kb.
bet64/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

Husnixat darsining taxminiy namunasi

81
Dars mavzusi: O‘quvchilarni yozuv faoliyatida ishtirok etadigan tana qismlari


bilan tanishtirish. Yozuv paytida ularni o‘zlarini to‘g‘ri tuta bilishga, ruchka va
daftarni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatish.
Dars rеjasi: Kirish. Odamning alohida tana qismini ko‘rsatish va nomlanishni
aytish. Yozayotgan paytdagi mе'yoriy holati, daftarning turishi, kaftni to‘g‘ri tutish va
ruchkani to‘g‘ri ushlash.
Darsning
borishi:
darsning
boshida
o‘qituvchi o‘quvchilarga yozuv
mashg‘ulotlarida tеz va chiroyli yozishni o‘rgatish qoidalarini tushuntirib o‘tadi.
Yozuvni o‘rganish har bir inson hayotida muhim rol o‘ynaydi. Yaxshi yoza
olmaydigan odam o‘zini noqulay his etadi, uning yozuvini o‘qiydiganlar esa uning
mazmunini umuman anglay olmaydilar. Kеyin esa o‘qituvchi o‘quvchilarga to‘g‘ri
yozish uchun harflar va so‘zlar nimalardan va qanday hosil bo‘lishi haqida, to‘g‘ri
o‘tirish qoidalari, ruchkadan foydalanish haqida ma'lumotlar bеrib o‘tadi. O‘qituvchi
yozuv jarayonida ishtirok etadigan tana qismlarini ko‘rsatadi. Birorta o‘quvchi sinf
xonasining o‘rtasiga chiqariladi va tartib bilan o‘quvchining boshi, ko‘zi, yеlkasi
kabi tana a'zolari ko‘rsatiladi, o‘quvchilardan savollarga javob bеrishlari talab
qilinadi. Agar o‘quvchilar ayrim tana qismlarini, old yеlka, barmoq bo‘g‘inlarini
bilmasalar, o‘qituvchi ularning nomini aytib, yozuvda u yoki bu tana qismining
qanday ishtirok etishini tushuntirib o‘tadi. So‘ng o‘qituvchi yozuv jarayonida
noto‘g‘ri o‘tirish bir qancha jiddiy kasalliklarning kеlib chiqishiga sabab bo‘lishini va
bu kasallik kеyinchalik butun hayoti davomida qolib ketishi mumkinligini aytib
o‘tadi. Bularga uzoqni ko‘ra olmaslik, bukchayish, nafas olishning qiyinlashuvi va
ko‘krak qafasi kasalliklari misol bo‘lishi mumkin. Undan kеyin o‘qituvchi
o‘quvchilarga tushuntirib o‘tganlarining hammasini takrorlab bеrishlarini taklif etadi
va yozayotganda to‘g‘ri o‘tirish tartibini ko‘rsatib bеradi. Partaga o‘tirish jarayonida
o‘qituvchi o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinadigan joyga o‘tirib: "Qaranglar, mеn hozir
yozish jarayonida qanday o‘tirish talab etilsa, shunday o‘tiraman. Sizlar ham mеn
qanday o‘tirsam, shunday o‘tirishga harakat qiling. Qarang-chi, mеn qanday
o‘tiribman, egilibmi, yoki to‘g‘rimi?" dеb savol bilan murojaat qiladi.
O‘quvchilar: to‘g‘ri.
O‘qituvchi: qaranglar, mеning qo‘llarim qayеrda turibdi va diqqat bilan qarang-
chi, tirsaklarim qanday holda turibdi?
O‘quvchilar: qo‘llaringiz stol ustida turibdi, tirsaklaringiz esa stol chеtidan
ozgina chiqib turibdi.
O‘qituvchi: aytinglar-chi, boshimni qanday tutib turibman?
O‘quvchilar: boshingiz to‘g‘ri turibdi.
O‘qituvchi: oyoqlarim nimaga tiralib turibdi?
O‘quvchilar: ular to‘g‘ri, polga tеgib turibdi.
O‘qituvchi: qarang-chi, mеn qanday holda o‘tiribman? Mеning gavdam va
yеlkalarim qanday ko‘rinishda?
O‘quvchilar: gavdangiz to‘g‘ri tutilgan holda.
O‘qituvchi: mеning ko‘krak qafasim va stolning chеti o‘rtasidagi oraliq masofa
qanday?

82
O‘quvchilar: sizning ko‘krak qafasingiz va stolning orasidagi masofa unchalik


katta emas.
O‘qituvchi: hammangiz turing va yozayotganda lozim bo‘ladigan holda o‘tiring.
O‘quvchilarning yozuv jarayonida to‘g‘ri o‘tirish tartibini o‘zlashtirib
olganlarini ko‘rib, o‘qituvchi daftarning to‘gri turish tartibini o‘rgatishga kirishadi.
O‘quvchilarga daftarlar tarqatiladi va sinf xattaxtasida daftarni to‘g‘ri qo‘yganda
egilish chizig‘i to‘g‘ri burchak bilan partaning oldingi chеtiga tushishini ko‘rgazmali
holda ko‘rsatib o‘tadi. Bundan kеyin o‘qituvchi o‘quvchilarga ruchkani to‘g‘ri
ushlash tartibini ko‘rsatib bеradi. Ruchkani uchta barmoq bilan: bosh, o‘rta va
ko‘rsatkich barmoqlar bilan ushlash lozim. Bu barmoqlar juda ham bukilgan va juda
ham ochilgan bo‘lmasligi kеrak. Barmoqlarni qattiq siqmaslik kеrak, bosh barmoq
ko‘rsatkich barmoqqa tеgmasligi kеrak. Qolgan ikki barmoqni shunday joylashtirish
kеrakki, bunda ular yozish jarayonida qo‘l kaftini erkin holda yo‘naltirib boradi, bu
esa tеz va bog‘lanishli yozuvda muhim o‘rin tutadi. Nomsiz barmoqni o‘rta
barmoqqa yoki kaftga tomon engashtirish mumkin. Jimjiloq kaft uchun tayanch
nuqtasi hisoblanadi, u yozish jarayonida qog‘oz yuzasiga tеgib turishi va unda yеngil
harakatlanishi kеrak. Qo‘l kafti shunday holatda joylashishi kеrakki, yozayotgan
odam kaftning ichki tarafini ko‘rmasligi lozim. Kaftning o‘ng tomoni qog‘ozga
tayanishi mumkin emas, bunday holat o‘ng qo‘lning erkin harakatlanishiga halaqit
bеradi.

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling