O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 215.7 Kb.
|
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang
49.
Munshaot – maktublar 50. Muqattaot – bayt va ruboiylar ko‘chirib yozish 51. Murakkabot – harflarni bir-biriga qo‘shib yozish 52. Musavvir – rassom 53. Muzahhib – kitobga oltin suvi bilan bеzak bеruvchi usta 54. Namunaga qarab ko‘chirib yozish usuli – “Husnixat” kitobi, “Husnixat” daftari yoki “Yozuv daftari” dagi namunalarga qarab ko‘chirib yozish 55. Namunaga qarab yozish usuli – harflarning shaklini namuna qilib ko‘rsatish va yozdirish 56. Nusxa ko‘chirish usuli – harf surati ustidan yozish 57. Ochiq bo‘g‘in – unli bilan tugagan bo‘g‘in 58. Og‘zaki nutq – tilning tabiiy ko‘rinishi 59. Oltilik silsilasi – suls, nasx, muhaqqaq, rayhoniy, tavqe’, riqo‘ yozuvlari 60. Oromiy yozuvning qadimiy osori – Bar-Xadod( shimoliy Suriya) va Zokir (Xamadon) katibalari 61. Piktografiya ( piktus – tasvir, grafiya - yozaman) Aks-tasvir yozuvi 62. Qalamqat – qamish qalamning uchini kеsish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka 63. Qog‘ozrеz – qog‘oz quyuvchi usta 64. Rayhoniy va nasx xati – qissa va xabarlarda ishlatilgan yozuv turi 65. Riqo‘– maktublarda ishlatilgan yozuv turi 66. Sahhof – muqovalovchi 67. Saidrasul Saidazizov – O‘rta Osiyoda birinchi marta o‘zbek tilida tovush usulida xat-savod o‘rgatish ishiga kirishib, tovush usulida “Ustodi avval” kitobini yaratgan uslubchi olim 68. Sanoq-ohang (ritmik) usuli – o‘qituvchi sanog‘i ostida harf va uning unsurlarini yozish 69. Sarxat – harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib yozish 120
Sillabografiya – (yun. syllabe boʻg‘in), boʻgʻinli yozuv — grafik belgilari (sillabogrammalar) boʻgʻin hosil qiluvchi fonemalar va fonema qoʻshilmalari bilan bogʻliq boʻlgan yozuv turi; umumiy yozuv tarixida Syo. soʻz yozuvi (ideografik yoki logografik yozuv) dan keyin, mil. av. 3—2ming yilliklar oraligʻida, shumer tilida paydo boʻlgan va fonografiya rivojidagi birinchi bosqich hisoblanadi. Ikki dare orasidagi bir qancha mixxat yozuvlari, krit va gʻarbiy som yozuvlari "undosh+har qanday unli" birikmasi tarzidagi boʻgʻin ifodalovchi belgilarga ega boʻlgan 71. Suls – ilmiy asarlar va xat yo‘l-yo‘riqlarida ishlatilgan yozuv turi 72. Sulton Ali Mashhadiy – “qiblat-ul kuttob” (kitoblar qiblasi) va “sultonul – xattot-ayn”(xattotlar sultoni) kabi faxriy laqablar bilan mashhur bo‘lgan xattot 73. Sulton Ali Mashhadiy – XIV-XVI asrlarda yashab ijod etgan istе’dodli san'atkor – nafis kitoblarning ijodkori 74. Ta’limiy shartlar – o‘qituvchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shartlar majmuasi 75. Tasavvur orqali yozish usuli – o‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf va uning bog‘lanishlarini o‘quvchilarning ruchkada havoda harakatlantirib ko‘rsataishi 76. Tavqе' – buyruq va farmonlarda ishlatilgan yozuv turi 77. Uchinchi guruh yozuvlari – hind xatlari 78. Undosh – tovush yoki harf turi 79. Unli – tovush yoki harf turi 80. Vokal yozuvlari – har bir asosiy alomat (harf) unli va undosh ovozni bildiradi. 81. Xafiy – kunduzi yoziladigan yozuv, xat 82. Xattot – kalligraf, nafis xat ustasi 83. Xattotlar sultoni – Sulton Ali Mashhadiy 84. Xattotlik – yozuv san’ati sohasi 85. Xattotlik (kalligrafiya) – chiroyli va to‘g‘ri yozish san’ati, kitob ko‘chirish kasbi 86. Xorazmiy – XIV-XVI asrlarda yashab ijod etgan istе’dodli san'atkor – nafis kitoblarning ijodkori 87. Xushnavislar – xattotlar 88. Xushnavislik – xattotlik san’ati 89. Xushnavislik qoidalari – o‘n ikkilik qoidasi deb nomlanar va bilar: sul, tarkib, kursi, suud, nuzul, nisbat, davr, sath, quvvat, za’f, safo va nishon 90. Yopiq bo‘g‘in – undosh tovush bilan tugagan bo‘g‘in 91. Yozma nutq – tabiiy nutqning yozuvdagi ifodasi 121
Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus bеlgilar yig‘indisi 93. Yozuv – harflardan iborat bo‘lib, harflar tilning eng kichik birligi bo‘lgan nutq tovushlarining yozuvdagi shartli belgisi Download 215.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling