Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet70/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

21. Tajriba - ob’ektlar va hodisalarni oʻrganishning shunday usuliga aytiladiki, bunda biz ularning tabiiy holatiga va rivojiga aralashamiz, ular uchun sun’iy sharoitlar yaratamiz, qismlarga ajratib boshqa ob’ektlar va hodislar bilan bogʻlanishlar hosil qilib tadqiq etamiz.
22. Taqqoslash – oʻrganilayotgan ob’ektlarning oʻxshashlik va farqlarini fikran ajratishdan iborat.
23.Taqqoslashni qoʻllashga talablar-
1.Biri-biri bilan ma’lum bogʻlanish va aloqalarga ega ob’ektlarni taqqoslash lozim, ya’ni ma’noga ega boʻlishi talab etiladi.
2.Taqqoslash reja asosida amalga oshirilishi kerak, ya’ni taqqoslash oʻtkazilayotgan bosqichlar, xossalar aniq belgilanishi zarur.
3. Matematik ob’ektlarni bir xil xossalari boʻyicha taqqoslash toʻla boʻlishi, ya’ni oxirigacha etkazilishi lozim.
24. Analogiya-taqqoslanayotgan ob’ektlarning xususiy xossalari (belgi-lari) oʻxshashligiga asoslangan tasdiq boʻlib tahlil qilish natijasida hosil qilinadi.
25. Analiz va sintez tadqiqot usullari- matematika oʻqitishda turli shakllarda namoyon boʻladi: masalalar echish usuli, teoremalarni isbotlash usuli, matematik tushunchalar xossalarini oʻrganish usuli va xokazo.
26. Analiz ikki xil shaklda “filtr” shaklida- masalani echayotgan kishi tasodifiy ravishda echish usulini izlab birin-ketin mavjud usullarni qoʻllab koʻradi.
27. Analiz sintez orqali qoʻllanilishi- aylanaga tashqi chizilgan teng tomonli uchburchak perimetri bu uchburchakka ichki chizilgan teng tomonli uchburchak perimetridan ikki marta katta ekanligini isbotlashni qaralsa. Avvalo AOC uchburchak qaraladi va A1C1 bu uchburchak oʻrta chizigʻi ekanligi ibotlanadi, soʻngra esa xuddi shunday ichki chizilgan uchburchak tomonlari yarmiga teng ekanligi isbotlanadi.Demak, bulardan tashqi chizilgan uchburchak perimetri ichki chizilgan uchburchak perimetridan ikki marta katta ekanligi kelib chiqadi.
28.Umumlashtirish- ob’ektlar toʻplamiga tegishli va bu ob’ektlarni birlashtiruvchi birorta xossa fikran ajratiladi.
29. Umumlashtirishda- a) ob’ekt biror oʻzgarmasni oʻzgaruvchi bilan almashtirish( uchburchakni koʻpburchak bilan); b) oʻrganilayotgan ob’ektga qoʻyilgan cheklashni olib tashlash( masalan, birinchi chorakdagi burchakni ixtiyoriy burchak bilan) usullari qoʻllaniladi.
30. Maxsuslashtirish - oʻrganilayotgan ob’ekt xossalari toʻplamidan birorta xossa fikran ajratishdan iborat..

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling