O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Metrologiya va standartlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN O‘TKAZISH VA TA’MIRLASH
4. HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN
O‘TKAZISH UCHUN DAVLAT METROLOGIYA XIZMATI ORGANIGA TOPSHIRISH Vakolatli xodim hisobga olish asbobini, u yechib olingandan so‘ng uch ish kuni ichida davlat metrologiya xizmati organiga uning yechib olinganligi haqidagi dalolatnoma bilan birgalikda taqdim etadi. Hisobga olish asbobida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, hisobga olish asbobining turi va zavod raqami aniq bo‘lmasa yoki u shikastlangan holatda bo‘lsa, 15 davlat metrologiya xizmati organi uni qiyoslashdan o‘tkazish uchun qabul qilishni rad etishga haqli. Hisobga olish asbobini qabul qilib olgan davlat metrologiya xizmati organi xodimi uning qabul qilganligini tegishli jurnalda qayd etadi. Hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish uchun qabul qilish rad etilgan taqdirda, bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va davlat metrologiya xizmati organi xodimi hamda vakolatli xodim tomonidan imzolanadi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchisi esa, davlat metrologiya xizmati organida qoladi. Hisobga olish asbobi qiyoslashdan o‘tkazish uchun qabul qilinganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan davlat metrologiya xizmati organi o‘rtasida hisobga olish asboblarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuziladi. 5. HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN O‘TKAZISH VA TA’MIRLASH Davlat metrologiya xizmati organi tomonidan hisobga olish asbobi uch ish kuni ichida qiyoslashdan o‘tkaziladi. Qiyoslashdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra hisobga olish asbobi ishlatishga yaroqli deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi hisobga olish asbobi qiyoslashdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi sertifikat rasmiylashtiradi hamda vakolatli xodimga topshiradi. Hisobga olish asbobining hisoblash mexanizmi va rostlash elementlariga ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida hisobga olish asbobining kojuxlari mahkamlangan joy davlat metrologiya xizmati organi tomonidan plombalanadi. Qiyoslashdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra hisobga olish asbobi keyinchalik foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi vakolatli xodimga hisobga olish asbobi foydalanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma beradi. Xabarnomada hisobga olish asbobining yaroqsiz holga kelish sabablari, shuningdek hisobga olish asbobini ta’mirlash mumkinligi yoki uni ta’mirlash imkoni mavjud emasligi ko‘rsatiladi. Davlat metrologiya xizmati organi xodimi tomonidan berilgan xabarnomaga asosan hisobga olish asbobini ta’mirlash mumkin bo‘lsa, vakolatli xodim iste’molchini bu haqda xabardor qiladi va uni shartnoma asosida ta’mirlash tashkilotiga topshiradi. Hisobga olish asbobi ta’mirlangandan so‘ng, u ta’mirlanganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, ta’mirlash tashkilotida qoldiriladi. Hisobga olish asbobi ta’mirlangandan so‘ng, u vakolatli xodim tomonidan qiyoslashdan o‘tkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshirilishi shart. 16 Hisobga olish asbobini qayta qiyoslashdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi shu kunning o‘zida hisobga olish asbobining qiyoslashdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtirib, hisobga olish asbobining kojuxlari mahkamlangan joyini plombalaydi. Hisobga olish asbobi qayta qiyoslashdan o‘tkazilganda ham foydalanishga yaroqsiz deb topilgan hollarda, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalarining davlat reyestriga kiritilgan va elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan boshqa hisobga olish asbobi o‘rnatib beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan elektr energiyasini hisobga olish asbobini buzish holatlari iste’molchining aybi bilan sodir etilganda, hisobga olish asbobini almashtirish, qiyoslashdan o‘tkazish, ta’mirlash, o‘rnatish xarajatlari va ko‘rsatilgan xizmatlar haqi iste’molchi tomonidan to‘lanadi. Hisobga olish asbobini ekspert qiyoslashdan o‘tkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling