O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

4. HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN 
O‘TKAZISH UCHUN DAVLAT METROLOGIYA XIZMATI ORGANIGA 
TOPSHIRISH 
Vakolatli xodim hisobga olish asbobini, u yechib olingandan so‘ng uch ish 
kuni ichida davlat metrologiya xizmati organiga uning yechib olinganligi haqidagi 
dalolatnoma bilan birgalikda taqdim etadi. 
Hisobga olish asbobida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, hisobga olish 
asbobining turi va zavod raqami aniq bo‘lmasa yoki u shikastlangan holatda bo‘lsa, 


15 
davlat metrologiya xizmati organi uni qiyoslashdan o‘tkazish uchun qabul qilishni 
rad etishga haqli. 
Hisobga olish asbobini qabul qilib olgan davlat metrologiya xizmati organi 
xodimi uning qabul qilganligini tegishli jurnalda qayd etadi. 
Hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish uchun qabul qilish rad etilgan 
taqdirda, bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va davlat metrologiya xizmati 
organi xodimi hamda vakolatli xodim tomonidan imzolanadi. Bunda 
dalolatnomaning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchisi esa, davlat 
metrologiya xizmati organida qoladi. 
Hisobga olish asbobi qiyoslashdan o‘tkazish uchun qabul qilinganda, 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan davlat metrologiya xizmati organi 
o‘rtasida hisobga olish asboblarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma 
tuziladi. 
5. HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN 
O‘TKAZISH VA TA’MIRLASH 
Davlat metrologiya xizmati organi tomonidan hisobga olish asbobi uch ish 
kuni ichida qiyoslashdan o‘tkaziladi. 
Qiyoslashdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra hisobga olish asbobi ishlatishga 
yaroqli deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi hisobga 
olish asbobi qiyoslashdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi sertifikat rasmiylashtiradi 
hamda vakolatli xodimga topshiradi. 
Hisobga olish asbobining hisoblash mexanizmi va rostlash elementlariga 
ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida hisobga olish asbobining 
kojuxlari mahkamlangan joy davlat metrologiya xizmati organi tomonidan 
plombalanadi. 
Qiyoslashdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra hisobga olish asbobi keyinchalik 
foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi 
xodimi vakolatli xodimga hisobga olish asbobi foydalanishga yaroqsizligi haqida 
xabarnoma beradi. Xabarnomada hisobga olish asbobining yaroqsiz holga kelish 
sabablari, shuningdek hisobga olish asbobini ta’mirlash mumkinligi yoki uni 
ta’mirlash imkoni mavjud emasligi ko‘rsatiladi. 
Davlat metrologiya xizmati organi xodimi tomonidan berilgan xabarnomaga 
asosan hisobga olish asbobini ta’mirlash mumkin bo‘lsa, vakolatli xodim 
iste’molchini bu haqda xabardor qiladi va uni shartnoma asosida ta’mirlash 
tashkilotiga topshiradi. 
Hisobga olish asbobi ta’mirlangandan so‘ng, u ta’mirlanganligi haqida ikki 
nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, 
ikkinchi nusxasi esa, ta’mirlash tashkilotida qoldiriladi. 
Hisobga olish asbobi ta’mirlangandan so‘ng, u vakolatli xodim tomonidan 
qiyoslashdan o‘tkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshirilishi 
shart. 


16 
Hisobga olish asbobini qayta qiyoslashdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan 
taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi shu kunning o‘zida hisobga 
olish asbobining qiyoslashdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtirib, 
hisobga olish asbobining kojuxlari mahkamlangan joyini plombalaydi. 
Hisobga olish asbobi qayta qiyoslashdan o‘tkazilganda ham foydalanishga 
yaroqsiz deb topilgan hollarda, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga 
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalarining davlat 
reyestriga kiritilgan va elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat 
qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan boshqa hisobga 
olish asbobi o‘rnatib beriladi. 
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan elektr 
energiyasini hisobga olish asbobini buzish holatlari iste’molchining aybi bilan 
sodir etilganda, hisobga olish asbobini almashtirish, qiyoslashdan o‘tkazish, 
ta’mirlash, o‘rnatish xarajatlari va ko‘rsatilgan xizmatlar haqi iste’molchi 
tomonidan to‘lanadi. 
Hisobga olish asbobini ekspert qiyoslashdan o‘tkazishda manfaatdor 
shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling