O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


hududiy elektr tarmoqlari korxonasi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

hududiy elektr tarmoqlari korxonasi — viloyat, shahar, iqtisodiy zona 
(sanoat zonasi) doirasida elektr ta’minoti shartnomasi asosida iste’molchilarga 
elektrenergiyasini taqsimlash va sotish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs; 
elektr ta’minoti korxonasi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasining 
tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektrenergiyasini 
taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi bo‘linmasi; 
qiyoslashdan o‘tkazish ishlari — elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 
iste’molchining hisobga olish asbobini yechib olish (demontaj qilish), uni 
qiyoslashdan o‘tkazish, qiyoslashdan o‘tgan hisobga olish asbobini iste’molchiga 
etkazib berish, hisobga olish asbobini joyiga o‘rnatish (montaj qilish) bo‘yicha 
bajariladigan ishlar (xizmatlar) majmui. 
Iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan O‘zbekiston Respublikasi 
O‘lchov vositalari davlat reestriga kiritilgan hisobga olish asboblari belgilangan 
tartibda qiyoslashdan o‘tkazilishi shart. 
Iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan hisobga olish asboblari: 
davriy qiyoslashdan — hisobga olish asboblarini qiyoslashlararo interval 
muddati tugaganda; 
navbatdan tashqari qiyoslashdanhisobga olish asboblarining 
qiyoslashdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta 
sozlash ishlarini o‘tkazish zarurati vujudga kelganda; 
ekspert qiyoslashdan — hisobga olish asboblarining sozligi yoki ularning 
qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo‘yicha munozarali savollar 
tug‘ilganda o‘tkaziladi. 
Hisobga olish asboblarining qiyoslashlararo interval muddati to‘rt yilni 
tashkil qiladi. 
Elektr ta’minoti korxonasi o‘zining ma’lumotlar bazasi orqali har bir 
hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati o‘tishini kuzatib boradi 
va davriy qiyoslashdan o‘tkazishning o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun 
javobgar hisoblanadi. 
Hisobga olish asbobini navbatdan tashqari qiyoslashdan o‘tkazish elektr 
ta’minoti korxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilganda, qiyoslashdan o‘tkazish bilan 
bog‘liq barcha xarajatlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga 
oshiriladi, Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Hisobga olish asbobi ekspert tekshiruvidan surishtiruv, tergov, prokuratura 
organlari yoxud sudning qaroriga (ajrimiga) asosan o‘tkazilishi mumkin. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling