O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

1 – AMALIY MASHG‘ULOT 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “METROLOGIYA” 
TO‘G‘RISIDAGI QONUNI VA UNDAGI TUSHUNCHALAR TAHLILI
(2 soat) 
 
Reja: 
 
1. Umumiy qoidalar. 
2. O‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash. 
3. O‘zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari. 
4. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati 
5. Xulosa. 
Tayanch so‘zlar: metrologiya, o‘lchash vositasi, davlat etaloni, davlat 
metrologik nazorati, metrologik xizmat, metrologik ta’minot va boshqalar. 
Zamonaviy pedagogik texnologik elementlaridan, masalan interaktiv 
metodini qo‘llab dars o‘tiladi. 
Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi 
(kodoskop, proyektor, plakat va hokazo). 
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar. 
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi. 
1. UMUMIY QOIDALAR 
Qonun 5ta bo‘lim, 21 moddadan iborat bo‘lib, 1993 yil 28 dekabrda qabul 
qilingan. 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi: 
«metrologiya» — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash 
usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi 
fan; 
«yagona o‘lchov birligi» — o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan 
birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan 
o‘lchov holati; 
«o‘lchov vositasi» — o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan 
metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi; 
«birlik etaloni» — o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish 
maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi; 
«davlat etaloni» — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan 
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof 
etilgan etalon; 



«metrologik xizmati» — davlat organlari va yuridik shaxslarning 
metrologik xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlari yagona birlikda 
bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati; 
«davlat metrologik nazorati» — metrologik qoidalarga rioya etilishini 
tekshirish maqsadida davlat metrologik xizmati organlari amalga oshiradigan 
faoliyat; 
«o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» — o‘lchov vositalarining 
belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash 
maqsadida davlat metrologik xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, 
tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui; 
«o‘lchov vositalarini kalibrlash» — metrologik jihatlarning haqiqiy 
qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda 
tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi (markazi) bajaradigan operatsiyalar 
majmui; 
«o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — yagona 
namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona 
namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq 
etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologik xizmati 
tomonidan e’tirof etilishi; 
«metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya 
qilish» — metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning belgilangan 
akkreditatsiya qilish sohasida o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha 
ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi; 
«yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, o‘lchov vositalarini 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling