O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


TEKSHIRUVDAN O‘TKAZILGAN GAZNI HISOBGA OLISH


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

4. TEKSHIRUVDAN O‘TKAZILGAN GAZNI HISOBGA OLISH 
ASBOBINI O‘RNATISH 
Iste’molchi tekshiruvdan o‘tkazilgan gazni hisobga olish asbobini o‘rnatish 
uchun tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi. 
Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi ariza qabul qilingandan so‘ng 
ikki kun ichida gazni hisobga olish asbobini o‘rnatib berishi lozim. Tegishli 
hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi gazni hisobga olish asbobini 
o‘rnatishdan oldin uning tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqidagi sertifikatning 
mavjudligi va plombalarining butligini tekshiradi. 
Iste’molchi tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisiga 
gazni hisobga olish asbobining tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqidagi sertifikat 
nusxasini taqdim qilishi lozim. 
Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi mutaxassisi gazni hisobga olish 
asbobini o‘rnatgandan so‘ng, iste’molchini gaz tarmog‘iga ulash shtuserlarini 
plombalaydi va ikki nusxada Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma 
tuzadi hamda dalolatnomaning bir nusxasini iste’molchiga beradi. 
Gazni hisobga olish asbobi o‘rnatilgandan so‘ng, gazni hisobga olish asbobi 
ro‘yxatga olinadi va foydalanilgan gaz gazni hisobga olish asbobining 
ko‘rsatkichiga muvofiq hisoblanadi. 
5. XULOSA 
 
O‘qituvchi talabalarga mavzu bo‘yicha berilgan ma’lumotlar, o‘quv 
mashg‘uloti vaqtida zamonaviy pedagogik interfaol texnologiyalar shaklida tahlil 
qilish asosida ushbu mavzu bo‘yicha zarur bilim va malakaga ega bo‘lishlari uchun
xulosalarni bayon qiladi.
Nazorat savollari: 
1. Gazni hisobga olish asboblari nima maqsadda tekshiriladi? 
2. Gazni hisobga olish asboblarini tekshirishning qanday turlari bor? 
3. Asboblarni tekshirish xuquqi qaysi idoralarga berilgan? 
4. Asboblarni tekshirish uchun yechib olishdan o‘rnatishgacha bo‘lgan jarayonni 
tushuntiring. 


11 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling