O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

2. HISOBGA OLISH ASBOBLARINI DAVRIY QIYOSLASHDAN 
O‘TKAZISH ISHLARINI TASHKIL QILISH 
Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish ishlari elektr 
ta’minoti korxonasi tomonidan tashkil etiladi. Bunda kelgusi yil uchun hisobga 
olish asboblarini qiyoslashdan o‘tkazish ishlari bo‘yicha reja-jadval ishlab 
chiqiladi va har yili 20 dekabrga qadar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 
tomonidan tasdiqlanadi. 


13 
Hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugashidan 
kamida bir oy oldin elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga imzo 
qo‘ydirgan holda xabarnoma taqdim etiladi. Xabarnoma ikki nusxada tuziladi. 
Uning bir nusxasi iste’molchiga beriladi, iste’molchi tomonidan imzolangan 
ikkinchi nusxasi esa, elektr ta’minoti korxonasida qoldiriladi. 
Xabarnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim: 
hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugaydigan vaqt; 
hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish uchun belgilangan tarif 
bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summa; 
hisobga olish asbobini yechib olish uchun elektr ta’minoti korxonasi xodimi 
boradigan kun; 
xabarnoma borayotgan elektr ta’minoti korxonasining rekvizitlari; 
boshqa zarur ma’lumotlar. 
Xabarnomaga qiyoslashdan o‘tkazish uchun belgilangan tarif bo‘yicha 
to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatilgan to‘lov hujjati ilova qilinadi. 
Xabarnomani keltirgan shaxs iste’molchini yashash joyida topmasa, 
xabarnoma u bilan birga ishaydigan katta yoshdagi oila a’zolarining biriga yoki u 
bilan bir xonadonda istiqomat qiluvchi voyaga yetgan shaxsga, ular ham bo‘lmasa 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga topshiriladi. Bunday hollarda 
xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida o‘zining familiyasi, 
ismi va otasining ismini, shuningdek xabarnoma yuborilgan iste’molchining 
kimekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, o‘g‘li, qizi va hokazo) ko‘rsatishi shart. 
Xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan darhol 
iste’molchiga topshirishi shart. 
Iste’molchi vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, xabarnomani keltirgan 
shaxs uning ikkinchi nusxasiga iste’molchi qayerga ketganligi va qachon kelishi 
kutilayotganligi to‘g‘risida yozib qo‘yadi. Bu ma’lumotlar tegishli fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim. 
Qiyoslashdan o‘tkazish uchun to‘lov iste’molchi tomonidan qiyoslashdan 
o‘tkazish ishlari boshlangunga qadar amalga oshirilishi lozim. 
Kam ta’minlangan iste’molchilar, ularning kam ta’minlanganligini 
tasdiqlovchi hujjatga asosan, hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish uchun 
to‘lanishi lozim bo‘lgan summani 6 oy ichida to‘lashi mumkin. Bunda 
qiyoslashdan o‘tkazish uchun to‘lov elektr ta’minoti korxonasi va iste’molchi 
o‘rtasida qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga 
asosan qiyoslashdan o‘tkazish elektr ta’minoti korxonasi mablag‘lari hisobidan 
amalga oshiriladi. 
Iste’molchining hisobga olish asbobini yechib olish (demontaj qilish), 
qiyoslashdan o‘tgan hisobga olish asbobini iste’molchiga yetkazib berish, hisobga 
olish asbobini joyiga o‘rnatish (montaj qilish) elektr ta’minoti korxonasining 
shtatdagi elektr otexnik xodimi (bundan buyon matnda vakolatli xodim deb 
yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 
Qiyoslashdan o‘tkazish ishlari hisobga olish asbobi yechib olingandan so‘ng 
15 kun ichida yakunlanishi lozim. 


14 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling