O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

3 - AMALIY MASHG‘ULOT 
 
MAISHIY ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA 
OLISH ASBOBLARINI QIYOSLASHDAN O‘TKAZISH TARTIBINI 
O‘RGANISH 
(2 soat) 
Reja: 
1. Umumiy qoidalar. 
2. Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish. 
3. Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olish. 
4. Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun davlat 
metrologiya xizmati organiga topshirish. 
5. Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish va ta’mirlash. 
6. Qiyoslashdan o‘tkazilgan hisobga olish asbobini joyiga o‘rnatish. 
7. Xulosa. 
Tayanch so‘zlar: elektr energiyasini hisobga olish asboblari, maishiy 
iste’molchi, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, elektr ta’minoti korxonasi, 
qiyoslashdan o‘tkazish ishlari. 
Zamonaviy pedagogik texnologik elementlaridan, masalan interaktiv 
metodni qo‘llab dars o‘tiladi.
Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi 
(kodoskop, proektor, plakat va hokazo). 
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar. 
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi. 
1. UMUMIY QOIDALAR 
Respublikada maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish 
asboblarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi elektr energetikada nazorat bo‘yicha 
davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 1-dekabrda 2736-son bilan davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan xujjatga muvofiq olib boriladi. 
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: 
maishiy iste’molchi (iste’molchi) — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi 
(bosh ishonchnoma asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi nomidan 
shartnoma tuzuvchi elektr ta’minoti korxonasi) bilan elektr ta’minoti shartnomasini 
tuzgan va elektrenergiyasidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan jismoniy 
shaxs; 


12 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling