O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

1. UMUMIY QOIDALAR 
O‘zbekiston Respublikasida gazni hisobga olish asboblarining tekshiruv 
tartibi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 
va O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft’ 
mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 
qo‘shma qarori “GAZNI HISOBGA OLISH ASBOBLARINI TEKSHIRUVDAN 
O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”, 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-iyulda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2604 bilan tartibga solinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan 
gazni hisobga olish asboblari davlat metrologiya tekshiruvidan o‘tkaziladi. 
Iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan gazni hisobga olish asboblari: 
davriy tekshiruvdan — gazni hisobga olish asboblarini tekshiruvdan 
o‘tkazishning amal qilish muddati tugaganda; 
navbatdan tashqari tekshiruvdan — gazni hisobga olish asboblarining 
tekshiruvdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta 
sozlash ishlarini o‘tkazish zarurati vujudga kelganda; 
ekspert tekshiruvidan — gazni hisobga olish asboblarining sozligi yoki 
ularning qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo‘yicha munozarali savollar 
tug‘ilganda o‘tkaziladi. 
Gazni hisobga olish asboblari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan 
o‘tkaziladi: 
jismoniy shaxslar — 8 yilda 1 marta; 
yuridik shaxslar —4 yilda 1 marta. 
Foydalanilmagan gazni hisobga olish asboblarining davriy tekshiruvdan 
o‘tkazish muddatlari o‘tib ketgan taqdirda, ulardan belgilangan tartibda 
tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng foydalanish mumkin. 



Gazni hisobga olish asboblarini tekshiruvdan o‘tkazish davlat metrologiya 
xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling