O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 O‘LCHAM BIRLIKLARI, ULARNI QAYTA HOSIL QILISH VA


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

2. O‘LCHAM BIRLIKLARI, ULARNI QAYTA HOSIL QILISH VA 
QO‘LLASH 
 
O‘lcham birliklari; 
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI) ning o‘lcham 
birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. O‘lcham birliklarining 
nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari «O‘zstandart» agentligining 
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro o‘lchamlar tizimiga 
kiritilmagan o‘lchamlarni qo‘llashga ruxsat berishi mumkin. 
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida kontrakt shartlariga 
muvofiq o‘lchamlarning o‘zga birliklari ham ishlatilishi mumkin. 
O‘lchamlar birliklarining etalonlari; 
O‘lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta 
tayyorlanadi. 
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibini «O‘zstandart» 
agentligi belgilaydi. 
O‘lchov vositalari va sinov vositalari 
Foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositalari va sinov vositalari o‘lchov 
natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini 
ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim. 



Texnika vositalarini o‘lchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish 
mezonlarini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi. 
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari; 
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari o‘lchov natijalarining xatoliklarini 
baholashini o‘z ichiga olishi va o‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida 
belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda 
attestatsiya qilingan o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda 
amalga oshirilishi lozim. 
O‘lchovlarning bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik 
attestatsiya qilish tartibini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling