O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING METROLOGIK XIZMATLARI


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING METROLOGIK XIZMATLARI 
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya 
xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlaridan tarkib topadi. 
«O‘zstandart» agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat 
metrologiya xizmati organlari kiradi. 
Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va 
nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiradi. 
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda 
o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va 
metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi. 
Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat 
metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi. 
Nazorat savollari: 
1. Metrologiya bo‘yicha asosiy tushunchalarga izoh bering. 
2. O‘lchash vositasi nima? 
3. Davlat metrologiya tekshiruv va nazorati obyektlari va sohalarini sanang. 
2 - AMALIY MASHG‘ULOT 
GAZNI HISOBGA OLISH ASBOBLARINI TEKSHIRUVDAN O‘TKAZISH 
TARTIBINI TAHLIL QILISH 
(2 soat) 
Reja: 
1. Umumiy qoidalar. 
2. Gazni hisobga olish asboblarini tekshiruvdan o‘tkazish uchun yechib olish. 



3. Gazni hisobga olish asbobini tekshiruvdan o‘tkazish uchun topshirish
tekshiruvdan o‘tkazish va ta’mirlash. 
4. Tekshiruvdan o‘tkazilgan gazni hisobga olish asbobini o‘rnatish. 
5. Xulosa. 
Tayanch so‘zlar: gazni hisobga olish asbobi, davriy tekshiruv, navbatdan 
tashqari tekshiruv, ekspert tekshiruvi, dalolatnoma, sertifikat. 
Zamonaviy pedagogik texnologiya elementlaridan, masalan interaktiv 
metodini qo‘llab dars o‘tiladi. 
Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi 
(kodoskop, proyektor, plakat va hokazo). 
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar. 
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling